Klassik kimyo davrida O’zbekistonda VIII asrga ta’luqli kimyo laboratoriyasi qayerdan topilgan ?
*a) Buxoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan.
b) Xorazm yaqinidagi Xanqa manzilgohidan.
c) Samarqanddan
d) Toshkentdan
1852 yilda ingliz kimyogari E. Franklend fanga qanday tushunchani kiritdi ?
*a) valentlik
b) Atom
c) massa
d) nanometr
Organik kimyo qachondan jadal rivojlana boshladi?
*a) XIX asr ning 70-yillaridan boshlab
b) XIX asr ning 50-yillaridan boshlab
c) XX asr boshlaridan boshlab
d) XIV asr ning 70-yillaridan boshlab
Hozirgacha radioaktiv izotoplardan qanchasi olingan?
*a)1500 dan ortig’i
b) 1000 ga yaqini
c) 2000 ga yaqini
d) 2000 dan ortig’i
Radioaktiv moddalarning xossalarini o’rganadigan, ularni ajratib olish, yig’ish va tozalash usullarini ishlab chiqadigan fanning nomi?
*a) Radiokimyo
b) Elektrokimyo
c) Sterokimyo
d) Termokimyo
Toshkentda – nechanchi yilda kimyo laboratoriyasi tashkil etilgan. Keyin shu yerda ko’mirni gazlashtiruvchi moslama qurib ishga tushiriladi?
*a)1869
b) 1969
c) 1961
d) 1913
O’zbekistonda kimyo fanining rivojidagi yangi bosqichni ko’rsating.
*a) 1918-yil Toshkentda Turkiston universitetining tashkil etilishi va uning tarkibida kimyo fakultetining ochilishi
b) 1920-yil Turkiston Respublikasi Markaziy xalq xo’jaligi kengashida sanoat bilan bog’langan kimyo bo’limi tashkil qilinib, unda laboratoriya ochilishi.
c) 1921-yil ilmiy-tekshirish institutlari Kengashi tashkil etilishi.
d) 1927-yil O’zbekiston sanoat-iqtisod ilmiy-tekshirish instituti (keyinroq O’zbekiston mahalliy sanoat ilmiy-tekshirish instituti) tashkil qilinadi.