Kimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning mustaqil sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota i. ch. boʻyicha dastlabki zavodlar 1740 y.da Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 y.da Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan.Toʻqimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab chiqaradigan zavodlar qurildi. Bunday korxonalar — soda zavodlari Fransiyada 1793 y.da (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823 y.da (Liverpul), Germaniyada 1843 y.da (Elba boʻyidagi Shyonebek sh.da), Rossiyada 1864 y.da (Barnaul)da qurildi. 19-asr oʻrtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya (1892)da sunʼiy oʻgitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay boshladi. AQShda K.s. Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi, lekin 1913 y.ga kelib kimyoviy mahsulotlar i.ch. hajmi boʻyicha jahonda 1-oʻringa chiqib oldi.
1958—65 y.larda Olmaliq konmetallurgiya kti qoshida sulfat kislotasi zavodi, Pop rezina oyoq kiyimlari zavodi, Yangiyoʻl gidroliz zavodi qurildi. 1965 y.da respublikada birinchi marta Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodida gʻoʻza bargini toʻkishda ishlatiladigan magnit xlorat defolianti ishlab chikarila boshladi. Jizzaxda plastmassa quvurlar zavodi (1972), 1973 y.da Olmaliqda ammofos ishlab chiqaradigan yirik korxonaning 1-navbati ishga tushirildi.20-asrning 90-y.lari boshiga kelib Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim oʻrinni egʻallagan K.s. barpo etildi. 1990 y.da 1762 ming t mineral oʻgʻitlar (100% oziq modda hisobi-da), 154,9 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 1735,2 ming t sintetik ammiak, 2859 ming t sulfat kislota, 52,6 ming t kimyoviy tolalar va iplar, 226,2 ming t sintetik yuvish vositalari va sovun (yogʻ kislotalari 40% hisobida) va b. mahsulotlar ishlab chikarildi.1991 y.da respublika K.s. korxonalari negizida "Oʻzkimyosanoat" konserni tashkil etildi. 1994 y. yanvarda konsern "Oʻzkimyosanoat" uyushmasiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 y. 13 martdagi "Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qaroriga muvofiq, "Oʻzkimyosanoat" ochiq aksionerlik jamiyati (AJ) shaklidagi davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Respublika hukumati tomonidan Oʻzbekiston K.s. korxonalarini yalpi rivojlantirishning 23 investitsiya loyihalaridan ibo-rat dasturi ishlab chiqildi va maʼqullandi, K.s. korxonalarini rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. "Oʻzkimyosanoat" kompaniyasi tarkibida 34 ta korxona, shu jumladan, 4 qoʻshma korxona ishlaydi (shulardan 22 tasi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)ga aylantirilgan) (2002). Ularning 20 dan koʻprogʻi yirik zamonaviy korxonalardir.
Mineral oʻgʻitlar i.ch. respublika K.s.ning asosiy tarmoqlaridan biri. Respublikada q.x. uchun zarur boʻlgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, samarador murakkab azotli va fosforli oʻgʻitlarni i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. "Elektrkimyosanoat" AJ (Chirchiq), Fargʻona "Azot" i.ch. birlashmasi asosiy turdagi azotli oʻgʻitlar, "Qoʻqon superfosfat zavodi" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq "Ammofos" AJda ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammfos kabi fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Respublika K.s. korxonalari bir yidda 2,8 mln. t azotli, 1,25 mln. t fosforli oʻgʻitlar i.ch. quvvatlariga ega. K.yeda mineral oʻgʻitlar i.ch. hajmi respublika q.x. ehtiyojlarini toʻla taʼminlashi bilan birga ularning bir qismi chetga ham chiqariladi.Sulfat kislotasi K.s. tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir.
Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.da keng qoʻllaniladi. Chirchiq "Elektrkimyosanoat" AJda kaprolaktam (1980 y.dan, yillik quvvati 70 ming t), Fargʻona kimyoviy tolalar zavodi (1959)da atsetat iplar, "Navoiyazot" AJda akril tolalari (1974 y.dan; yillik quvvati 23 ming t dan koʻproq), Fargʻona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida sellyuloza atsetati (yillik quvvati 42 ming t) ishlab chiqariladi. Fargʻona furan birikmalari zavodi (1946)da sellyuloza mustaqilligini taʼminlash boʻyicha paxta lintidan sellyuloza i.ch. ga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilgan. Fargʻona kimyoviy tolalar zavodida kaprolaktamni qayta ishlab, kapron va iplar tayyorlashga imkon beradigan quvvatlar bor.K.s.da gidroliz korxonalari Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardan qurila boshladi. Fargʻona furan birikmalari (1946), Yangiyoʻl biokimyo (1952), Andijon gidroliz (1953) zavodlarida asosiy xom ashyo — chigit shulxasi, sholi qobigʻidan texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari (hamirturush), furil spirti, ksilit, laprol va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. 90-y.lar boshidan bu korxonalarda gʻalladan oziqovqat (etil) spirti i.ch. oʻzlashtirildi: "Andijon biokimyo zavodi" AJ (sobiq gidroliz zavodi) da yillik quvvati 915 ming dal (1994), "Qoʻqonspirt" AJda 1800 ming dal (1995) va "Yangiyoʻl biokimyo zavodi" AJda 915 ming dal (1996) etil spirti ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sanoat tarmoklarini respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan spirt bilan taʼminlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming t ga yaqin karbon kislotalari ham ishlab chiqariladi. "Andijon biokimyo zavodi" AJda 1992 y.dan quruq xlorella biomassasini tayerlash yoʻlga qoʻyilgan.Rezina mahsulotlari Angren "Rezinatexnika" AJ (1975)da ishlab chiqariladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan "Rezinatexnika" AJ 1987 y.dan xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.ga oʻtdi. 1992 y.dan birlashmada yengil avtomobil shinalarini tayerlash oʻzlashtirildi. 1996 y.dan yiliga yengil avtomobillar uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi.
Respublikada plastmassa va propilen mahsulotlar ini qayta ishlovchi (Ohangaron "Santexlit", "Jizzaxplastmassa" AJ), turli markadagilok – boʻyoq mahsulotlari ("Toshkent lok-boʻyoq zavodi" AJ, 1946), mebel sanoati uchun sintetik smolalar (Fargʻona furan birikmalari zavodi), maishiy kimyo tovarlari ["Maishiy kimyo" AJ (Toshkent sh.,), 1987; Olmaliq maishiy kimyo zavodi, 1971 (hoz. Rossiyadagi "Kalina" konsernining "Pallada-Vostok" shoʻʼba korxonasi); Toshkent yogʻ-moy kti tarkibida sintetik yuvish vositalari zavodi, 1971] ishlab chikaradigan korxonalar ishlaydi.2000 y.da respublika sanoati mahsulotlari umumiy hajmida K.s. (neft kimyosi sanoati bilan birga) hissasi 6,1 % ni tashkil etdi. 832 ming t mineral oʻgʻitlar (100% ozik, modda hisobida), 15 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 14,7 ming t kimyoviy tola va iplar, 985 ming t sintetik ammiak, 823,4 ming t sulfat kislota, 287 ming t oltingugurt va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi.
O’ZBЕKISTON KIMYO SANOATINING O’ZIGA XOSLIGIKimyo sanoati og’ir sanoatning asosiy tarmog’i bo’lib, xalq xo’jaligida ahamiyati kattadir. O’zbеkiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, hozirgi zamonga mos kimyo mahsulotlarini ishlab chiqariladi, plastmassalar, sun'iy tola va sintеtik kauchuk, lak-buyoqlar, kislota va ishqorlar, dori-darmonlar, shuningdеk ko’plab kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoati mahsulotlariga bo’lgan talab kundan kunga ortmoqda, shuning uchun Rеspublikada bu sanoat tarmog’ini rivojantirishga juda katta e'tibor bеrilmoqda. Bu sanoatni rivojlantirish uchun O’zbеkistonda ham Osiyo mamlakatlari singari katta manbalarga egadir, ayniqsa gaz, nеft, gaz kondеnsatlari, elеktr quvvati, ko’mir, sanoati va qishloq xo’jaligi chiqindilari, minеral xom ashyolar hamda mеhnat rеsurslari juda ko’pdir.O’zbеkistonda bundan tashqari osh tuzi, fosforit, kaliy tuzi, ohak, gips, oltingugurt konlari, rangdor mеtallurgiya va paxtachilik sanoat chiqindilari va boshqa xom ashyolarga boydir. Shuning uchun hozirgi zamon kimyo sanoati O’zbеkistonda rivojlanishi qulay va zururdir.Hozirgi kunda O’zbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan xomashyo bazasi va shart-sharoitlar hammasi yetarli darajada mavjud bo’lgan bo’lsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo bo’ldi.O’zbekistonda eng keksa kimyoviy ishlab chiqarish korxonasi (kichik –kichik sopol buyumlari ishlab chiqarishni hisobga olmaganda) 1906-yil Farg’onada qurilgan Neftni qayta ishlash zavoddir. Ikkinchi shunday zavod Farg’onada (Melnikov nomli) 1915-yilda qurildi. Ularda asosan kerosin olinar edi va yoritish maqsadida ishlatilgan (chiroqlarda yoqilgan).
Respublikamizda qurilish materiallarining asosi bo’lgan sement ishlab chiqarishning to’ng’ich korxonasi Bekobod sement zavodidir (1926-yil), keyingi yillarda Quvasoy (1932-yil) va Angren (1949-yil) sement zavodlari, 1968-yilda Ohangaron, 1978-yilda Navoiy sement zavodlari qurilib ishga tushirildi. Natijada Respublikamizning sementga bo’lgan ehtiyoji to’la qondirildi. Bu esa O’zbekistonda qurilish ishlarining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.Ikkinchi jahon urishidan keyingi tinch qurilish yillarida, chinni sanoati barpo etildi. Eng avval Toshkent chinni zavodi (1954-yil), keyinchalik Samarqand chinni zavodi (1975-yil), Angren chinni va sopol buyumlari ishlab chiqarish kombinati (1976-yil), Quvasoy chinni va shisha buyumlari zavodlari (1979-yil), Olmaliq (1980-yil) sulfat kislota ishlab chiqarish zavodlari, ko’pgina boshqa anorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalari: Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati, Angren kimyometallurgiya zavodi, Qo’ytosh ruda kombinati, Muruntov tog’ metallurgiya kompleksi, Zarafshon gidrometallurgiya zavodi va boshqalar qurilib ishga tushirildi.
O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, ko’mir, neft, gaz, yog’och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va ko’mir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi.O’zbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m3 gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham o’zib ketdi.Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi.
Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron ishlab chiqarila boshlandi.1969-yilda Farg’ona sun’iy tola –atsetat ipagi ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Bu zavod yiliga 70-80 ming tonna atsetat ipagi ishlab chiqaradi. 1982-yilda Chirchiq elektrokimyo kombinatida kaprolaktram ishlab chiqaruvchi yirik sex ishga tushirildi. Shuningdek, 1979-81-yillarda ishga tushgan Olmaliq kimyo zavodida endilikda sintetik kir yuvish vositalari, shampunlar, mashina matolari, naftalin, loklar, bo’yoqlar, bolalar o’yinchoqlari va boshqa o’nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Namangan kimyo zavodida polietilen plyonkalari, Jizzax va Ohangaron plastmassa quvurlari ishlab chiqarilmoqda. Sho’rtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab chiqarilmoqda. Bulardan tashqari respublikamizda Farg’ona furan birikmalari kimyo zavodi (1942-y), Yangiyo’l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi (1953-y), Toshkent va Farg’onada polivinilxlor asosida sun’iy charm zavodi, Toshkent va Guliston margarin zavodlari, Toshkent farmatsevtika, Farg’ona sun’iy qorako’l zavodlari va boshqa o’nlab qorxonalar organik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalari, 3 ta qora metallurgiya sanoati korxonasi, 9 ta chinni va shisha buyumlari sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg’i sanoati korxonalari ishlab turibdi.
!O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "zararsiz va chiqindisiz yangi texnologiyalarni yaratish, xalqning turmush darajasini oshirish va xalq xo’jaligi ehtiyojlarini qondirish maqsadida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolariga katta ahamiyat berdi".II.2. O’ZBЕKISTОNDA ANОRGANIK MAHSULОTLARNIISHLAB CHIQARISH SANОATIHozirgi kunda 50000 dan ortiq individual anorganik modda ma’lum bo’lib, bulardan juda oz turi sanoat miqyosida ishlab chiqarilishiga qaramasdan, kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmining juda katta qismini tahkil etadi. Eng muhim anorganik birikmalar anorganik kislotalar, tuzlar, ishqorlar va sodalar, qurilish materiallari, mineral o’g’itlar va hokazolardir.
O’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, fo’ngitsidlar) Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida (1965-yildan, magniy xlorat defolianti), Navoiy "Elektrokimyo zavodi" AJ (1960-yildan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika qishloq xo’jalidida o’simliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda qo’llaniladigan oltingugurt kukuni Sho’rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Sho’rtan gaz komplekslarida ishlab chiqariladi.Mamlakatimiz yirik anorganik kimyo sanoatiga ega. Xom ashyoning ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari – Olmaliq «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy «Azot» ishlab chiqarish birlashmasi va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan xududlar – Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi.Tabiatda mavjud bo'lmagan moddalarni laboratoriya sharoitlarida va sanoat miqyosida sintez qilinmoqda. Kimyo sohasidagi yutuqlar yangi foydali moddalar sonini ko'paytiribgina qolmay, balki ulardan foydalanish sohasini ham kengaytiradi, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, chiqitsiz texnologiyaga o'tishga imkon beradi. Oxirgi 7 yilda О‘zR FA ilmiy mahsulotlari eksport hajmi 2,1 martaga ko’paydi.Jumladan, О‘simlik moddalari kimyosi institutida ishlab chiqarilgan sakkiz xil turdagi dorivor moddalar biopreparatlari va substansiyalari 7,6 mln AQSH dollaridan ortiqroq miqdorda eksport qilindi.О‘zbekiston Respublikasi FA chiqaradigan ikkita ilmiy jurnal – “Geliotexnika” va “Tabiiy birikmalar kimyosi” ingliz tiliga tarjima qilinadi va xorijda nashr etilib, obuna bо‘yicha tarqatiladi, shuning hisobiga valyuta kirimi (tushumi) ta’minlanadi. Umumiy va noorganik kimyo institutida o’g’itlarning yangi turlari va defoliantlar olishni original texnologiyalari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.
MINЕRAL O’G’ITLAR ISHLAB CHIQARISH SANОATIMamlakatimiz yirik anorganik kimyo sanoatiga ega. Xom ashyoning ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari – Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan xududlar – Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi.Bizga ma’lumki, yerdan uzoq foydalanish natijasida undagi ozuqa elementlari miqdori kamayib boradi. Yerning ozuqa elementlari miqdorini oshirish uchun unga o’g’itlar ko’rinishida moddalar kiritish fikri XVIII asrda paydo bo’lib, bu boradagi dastlabki izlanish va yechimlar 1840 yilda Yu.Libox tomonidan boshlangan. Hozirgi vaqtda o’g’itlar, ularni ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanish kimyo fani va sanoatning eng asosiy vazifalaridan biriga aylangan.
O‘tgan davr mobaynida kimyo sanoatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida 2012-yilda kompaniya korxonalari tomonidan 1,2 ming tonnadan ziyod azot, fosfor va kaliy mineral o‘g‘itlari ishlab chiqarildi. Bu 2011-yilning shu davri bilan taqqoslaganda ancha ko‘pdir.Yer shari yuzasining 10% ga yaqin qismiga qishloq xo’jalik ekinlari ekiladi. Ekin maydonlarining bundan kengaytirishning iloji yo’q. Ammo sayyoramiz aholisi to’xtovsiz o’sib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun hosildorlikni yanada oshirish zarur. Buning eng muhim yo’llaridan biri mineral o’g’itlardan foydalanishdir. O’g’it bu o’simliklar oziqlanishini yashilashga va tuproq unumdorligini oshirishga mo’ljallangan modda.Mineral o’g’it deb, tarkibida o’simlikni rivojllanishi va tuproq unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan element saqlovchi, barqaror va yuqori hosil olish maqsadida foydalanadigan tuzlar va boshqa anorganik, sanoat va qazilma mahsulotlarga aytiladi.O’simlik to’qimalarining hosil bo’lishi, uning o’sishi va rivojlanishida 70 dan ortiq kimyoviy element ishtirok etadi. Ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod va vodorod bo’lib, o’simlik quruq massasining 90% ni tashkil etadi; ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod va vodorod bo’lib ‘simlik ko’rik massasining 90% ni tashkil etadi; 8-9% ni o’simlik massasini esa azot fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, natriy, kalsiy tashkil etadi. Bu o’nta element makroelementlar deyiladi. Qolgan 1-2% I bor, temir, mis, marganes, rux, molibden, kobalt va boshqalardan iboratdir.
Respublikamizda azotli o’g’itlar: azotli o'g'itlar tarkibidagi azot turli birikmalar: erkin ammiak, NH4+, NO ionlari va aminoguruh -NH2 shakllarida bo'lishi, qattiq azotli o'g'itlar sifatida ammoniy nitrat, ammoniy sulfat va ammoniy fosfatlari, kalsiy nitrat, natriy nitratlar holida ular asosida olinadigan aralash va murakkab o'g'itlarni shuningdek, suyuq azotli o'g'itlar sifatida suyuq ammiak, aminlar, tuzlarning suvdagi eritmalari, karbamid, ammoniy fosfatlarini ishlab chiqaradi.Azot elementi o’simlik va hayvonot olamining asosi bo’lgan oqsil va hayot uchun zarur xlorofill moddalari tarkibiga kiradi. Azotning tuproqdagi tabiiy birikmalarini o’simlikning azotga bo’lgan ehtiyojini to’la ta’minlay olmaydi. Shu sababli, tuproqni azotli o’g’itlar bilan muntazam ravishda o’g’itlab turish kerak. Azotli o’g’itlardan natriy nitrit NaNO3, kaliy nitrat KNO3, kalsiy nitrat Ca(NO3)2, ammoniy nitrat NH4NO3, ammoniy sulfat (NH4)2SO4 va mochevina CO(NH2)2 azotning o’zimliklar o’zlashtira oladigan va suvda yaxshi eriydigan birikmalardir. Bular qattiq o’g’itlardir. Azotli suyuq o’g’itlarda azot ko’p bo’ladi. Masalan, suyuq ammiakda 82% azot bor, ammiaklarda (ammoniy tuzlarining ammoniy nitrat, kalsiy nitrat va boshqalarning ammiakdagi eritmalarida 35-45% azot bo’ladi.
Prolongirlangan (karbamiddiformaldegid) va sirti polimer moddalar bilan kopsuslangan o’g’itlar turini ishlab chiqarish va ko’paytirish;tuproq va o’g’it tarkibidagi azot elementining yo’qolishi (denitrifikasiya) ni ingibitorlar ta’sirida kamaytirtuvchilarni ishlab chiqarish;Polimikroelement azot, fosfor, kaliy, magniy, bor, rux, molibden, marganes, mis) lar saqlagan kompleks o’g’itlar ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.Respublikamizda o’g’itlar va ularni ishlab chiqarish muammolari bilan O’zabekiston respublikasi fanlar akademiyasi akademigi M.N.Nabiyev (1913-1992) boshchiligida samarador o’g’itlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi va usullarini yaratgan, o’gitlar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi buyuk o’zbek olimlardan biridir. Nabiyev rahbarligida fosfatlarni nitrat kislota bilan qayta ishlab, yangi kompleks o’g’itlar olishga muvaffaq bo’lindi. Oddiy va ikkilamchi superfosfatlar sifati ancha yaxshilandi. Uning rahbarligida ammoniylashtirish usuli bilan Qoratog’ fosfatlari asosida superfosfatlar olish texnologiyasi ishlab chiqilib, kam zaharli defoliantlar ishlab chiqildi va qishloq xo’jaligiga joriy qilindi. Ayni vaqtda O’zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutida M.N.Nabiyev boshchiligida asos solingan yirik bo’limda uning shogirdlari akademiklar S.A To’xtayev, B.M.Belgov, professor Sh.S.Namozov kimyo fanlari doktori A.Erkayev kabi taniqli olimlar va ularning shogirdlari faol izlanishlar olib borishayapti. Ularning izlanishlari samaralari Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Qo’qon mineral o’g’itlar zavodlarida qo’llanilishi tufayli ko’p tonnali mahsulotlar ishlab chiqarilyapti va respublikamiz iqtisodiga salmoqli hissa qo’shilayapti.
Viloyatimizdagi qulay investisiyaviy muhit, tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoit chekka hududlarga sanoatni olib kirishda qo’l kelyapti. Buni Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonada faoliyat boshlayotgan yangi ishlab chiqarishlar misolida ko’rish mumkin. Bizga ma’lumki, mamlakatimiz sanoatida “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati ham yetakchi bo’g’inlardan biri hisoblanadi. Bundan salkam 50 yil muqaddam cho’l bag’rilab bunyod etilgan korxona bugun ishlab chiqarayotgan 130 turdagi kimyo mahsulotlarini Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Eron, Pokiston, Turkmaniston va Baltiqbo’yi mamlakatlariga eksport qilmoqda.Mustaqillik yillarida texnik modernisaziya qilish, mahallashtirish dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinishi natijasida faoliyat turlari yanada kengaydi. Ishlab chiqarish sexlari zamonaviy texnologiyalar asosidagi uskunalar bilan jihozlandi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati ham oshdi. O’tgan yili ammiak ishlab chiqarish sexining 1-, 2-qavatlari qayta rekonstruksiya qilindi. Natijada bir sanoatda qishloq xo’jaligi uchun nihoyatda muhim bo’lgan mineral o’g’itning xomashyosi hisoblangan 39 tonna ammiak ishlab chiqarish quvvatiga erishildi. Molеkulyar holdаgi аzot аsosаn аtmosfеrаdа аzot tuproq gumuslаridа vа tirik orgаnizimlаr tаrkibidа tаrqаlgаn.Bizga ma’lumki, o’simlikning ildiz sistеmаsi аzotni NH4+ ioni vа NO3- ioni shаklidа o’zlashtirаdi. Ulаr tuproqdаgi аzot umumiy miqdorining 1% gа yaqinini tashkil etаdi. O’simliklаr аzotni tuproqqа аsosаn o’simlik bаrglаri vа boshqa qoldiqlаr shаklidа qaytarаdi, ya’ni organik аzot shаklidа. Tuproq аzoti аsosаn gumus shаklidа bo’ladi. O’simlik gumusni o’zlashtirа olmаydi. Аgаr gumusni o’zlashtirа olgаndа edi, аzot o’simliklаrgа uzoq yillаrgаchа yеtаrli bo’lаr edi. Аmmo organik аzot (gumus аzoti) ning mikroorgаnizimlаr tа’siridа minеrаllаnish jаrаyoni judа sust borаdi, shuning uchun ham tuproq minеrаl аzotgа kаmbаg’аl bo’ladi. Gumusning minеrаllаshish sхеmаsi umumiy holda quydаgichа bo’ladi. Gumus vа pаrchаlаnmаgаn oqsillаr®Аminokislotаlаr®NH3, NH4+®NO2-®NO3-.
Organik аzotning аmmiаkа аylаnishi vа аmmoniy brikmаlаri аmmonifikаsiya jаrаyoni dеyilаdi. Bundа diаminlаnish rеаksiyasi nаtijаsidа аmminogruppа аjrаlib chiqadi. Bu jаrаyon tuproqning аmmonifikаsiyalovchi mikroorgаnizimlаri tа’siridа borаdi. Аmmiаk yoki аmmoniy ionlаrining nitrаtgа аylаnish jаrаyoni nitrifikаsiya dеyilаdi. Bu jаrаyon nitrifikаsiyalovchi bаktеriyalаrning hayot fаoliyati nаtijаsidа borаdi.Аmmonifikаsiya vа nitrifikаsiya nаtijаsidа аzot tuproq tа’siridа yo’qolmаydi. bаlki organik shаkldаn аnorganik (minеrаl) shаklgа o’tadi xolos. Biroq tuproqdаgi аzot bаribir uch oqim bilаn yo’qolаdi, birinchisi mаdаniy o’simliklаr hosilining biomаssаsi tuproq аzoti yo’qolishining eng аsosiy sаbаbchisidir, ikkinchi oqim bu tuproqdаgi minеrаl shаkldаgi аzotning аtmosfеrа yonginlаri vа grunt suvlаri bilаn yuvilib kеtishidir. Uchinchi oqim bu nitrаt shаklidаgi аzotning mikrobiologik yo’l bilаn NO, N2O vа erkin N2 gаchа qaytarilishidir. Bu jаrаyon dеnitrifitkаsiya dеyilаdi. Dеnitrifikаtsiyani dеnitrifikаtsiyalovchi bаktеriyalаr gruppаsi аmаlgа oshirаdi.Yo’qolgаn tuproq аzotini o’rnini to’ldirib turuvchi mаnbа’lаr bir nеchа bo’lib, ulаrdаn аsosiylаri аvvаlo biomаssа qoldiqlаrining organik birikmаlаri. Аhamiyati jiхаtdаn ikkinchi o’rindа аtmosfеrа аzotining dukkаkli bаktеriyalаri o’zlashtirib olishidir. Dukkаk bаktеriyalаrdаn tashqari tuproqdа erkin yashovchi mikroorgаnizimlаr: аzotobаktеriyalаr bir hujayrali zаmburug’lаr vа suv o’tlаri kаbilаr ham аtmosfеrа аzotini o’zlashtirib tuproqqа to’plаydi. Bu mikroorgаnizmlаrning bаrchаsi nitrogеnаzа fеrmеntlаri vа tеmir sаqlovchi oqsil-fеrrеdoksinlаr ishtirokidа аtmosfеrа аzotini qaytarаdi, ya’ni birikmа shаklgа o’tkаzаdi.Bundan sakkiz yil muqaddam korxonada polipropilen qoplar ishlab chiqarish sexi ochildi.
Navoiyazot” OAJ ning mineral o’g’itlari ham shu qoplarga qadoqlanib, Gruziya, Bolgariya davlatlariga eksport qilinadi. Shaharning qaysi burchagida bo’lmang, janubi-sharqiy tomonda joylashgan sanoat korxonalarining ulkan minoralari, bahaybat temir quvurlari ko’zga tashlanadi. Garchi, shahardan ancha chetda bo’lsada, bu yerda yuzlab odamlar mehnat qilmoqda. “Elektrokimyozavod” qo’shma korxonasi yopiq aksionerlik jamiyatining asosiy ishlab chiqarish o’zagi ham shu yerdan boshlanadi. Bir necha gektar maydonni egallagan korxona ishlab chiqarish salohiyati bilan mamlakatimiz sanoatida yetakchi o’rinda turadi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining agrar soha va aholini uzluksiz kimyoviy vositalar bilan ta’minlashga qaratilgan qarorlari korxonani xorijiy hamkorlar bilan ishlash imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda bu yerda Shvesiyaning “Dalston”, “Germaniyaning BASV, Yaponiyaning “Sumitoma”, Xitoy Xalq Respublikasining “Juy-zin”, Rossiyaning “Avgust” haqida respublikamizning institutlari va Fanlar Akademiyasining tadqiqotlari hamda ishlanmalari o’zlashtirilgan. Qishloq xo’jaligi ekinlaridan mo’l hosil olishda ularni zararkunanda, kasallik va begona o’tlardan himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bu himoya tadbirlari vaqtida o’tkazilmasa, 30 foizgacha hosil yo’qotiladi.Dunyo ekspertlarining ma’lumotlariga qaraganda, birgina zararkunandalardan 203,7 million tonna boshoqli don, 228,4 tonna qand lavlagi, 23,4 million tonna kartoshka, 11,3 million tonna ho’l meva yo’qotilarkan. Shu jihatdan olib qaraganda, koprxona mahsulotlarining agrar sohada nechog’li muhim ahamiyat kasb etishini his etishi mushkul emas. Katoran sexi ham modernizasiya qilinib, yangi uskunalar keltirib o’rnatildi. Bu yerda o’simliklarni himoya qiluvchi o’n turdan ortiq kukun va suyuq holatdagi kimyoviy preparatlar ishlab chiqariladi.
2004-yilda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi anorganik moddalar texnologiyasi instituti bilan hamkorlikda Qizilqum fosforit kombinati chiqindisidan oddiy superfosfat o’g’iti ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Hozirgi kunda mahsulotning 70% eksportga chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan chiqindilarni qayta ishlab, murakkab mineral o’g’itga aylantirish va qadoqlab, aholiga sotishni yo’lga qo’yilmoqda. Ayni paytda ham korxonaning deyarli barcha viloyatlarda mahsulotlarni sotishga ixtisoslashgan do’konlari faoliyat ko’rsatib kelayotir.Bugungi kunda korxonada asosan o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, mineral o’g’it va xalq istemoli mollerining 50 turdan ko’proq tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, istemolchilarga yetkazib berilmoqda. 2012-yilda korxonada yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 20 milliard 780 million 834 ming so’mni tashkil etdi. Bugun olis manzilni ko’zlagan korxona kelajakning istiqbolli rejalarini belgilab olgan. Mustaqil yurtimiz taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasi salmog’i kun sayin oshib bormoqda.