Dastlabki tushunchalar va
qonunlar,
Anorganik brikmalarning muhim sinflar
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari.
I.Kimyoning asosiy tushunchalari.
Atom – kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi eng kichik zarrachasidir.
Atom – musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida aylanib yuruvchi manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.
Molekula – ayni moddani kimyoviy hossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha. M; kislorod – O2,vodorod – H2,azot – N2
Kimyoviy element –”element” so’zi tarkibiy qism degan manoni anglatadi.Yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi kimyoviy element deyiladi.Hozirgi kunda 118 ta kimyoviy element bor.
Oddiy moddalar – bir element atomlaridan tuzilgan moddalar.
M; O2;Fe,S,C,P4,H2,S8 ; C60
Murakkab moddalar – bir nechta element atomlaridan tuzilgan moddalar.
M; KCl, H2O, KMnO4, SO2
Moddaga xos xususiyatlar.
Rang,zichlik,agregat xolat (gaz,qattiq,suyuq),qaynash va suyuqlanish temperaturasi,eruvchanligi,allotropik shakl ko’rinishi,xidi kabi xususiyatlar.
Kimyoviy elementga xos xususiyatlar
Yadro zaryadi,oksidlanish darajasi,valentligi.
Modda bilan kimyoviy element farqi;
Elamant haqida gap boradi;
Kimyoviy element birirkmalar tarkibiga kirishi ham,erkin holatda ajralib chiqishi ham mumkin.
M; HgO tarkibida kislorod bor
Temir zang tarkibiga kiradi.
Oddiy modda haqida gap boradi;
Kislorod bilan nafas olamiz
Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.
Temir magnitga tortiladi
Temirdan mix yasaladi.
Dostları ilə paylaş: |