Oksidlar besh guruhga bo’linadi:
1. Asosli oksidlar - Na2O, K2O, CaO. Bu oksidlar kislotalar, kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlarni hosil qiladi.
2. Kislotali oksidlar- metallmaslarni kislorod bilan hosil qilgan birikmalari hisoblanadi. Masalan; SO2, SO3, P2O5. Bu oksidlarni kislotali deyilishiga sabab, bu oksidlar suv bilan reaksiyaga kirishib, tegishli kislotalarni hosil qiladi.
3. Amfoter oksidlar- kislotalar bilan ham asoslar bilan ham tuz hosil qiluvchi oksidlardir.Masalan: Al2O3, ZnO, Cr2O3
4. Befarq oksidlar deb tuz hosil qilmaydigan oksidlarga aytiladi. Masalan: SiO, N2O, NO.
5. Peroksidlar- bu oksidlarda kislorod atomlari bir-biri bilan o’zaro kimyoviy bog’ orqali bog’langan bo’ladi. Masalan: BaO2, Na2O2, (Na-O-O-Na), H2O2
Dostları ilə paylaş: |