Asoslar deb- metall atomi va bir yoki bir necha godroksid guruh (OH) dan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi.
Asoslar funksional guruhli moddalar toifasiga kiradi.
Gidroksoguruh bir valentli bo’lib, umumiy formulasi: Me(OH)n
Asoslarni fizik xossasi ya’ni suvda erishiga qarab ishqorlar va suvda erimaydigan asoslar , hamda kimyoviy xossalariga ko’ra amfoter asoslarga bo’linadi.
Suvda eriydigan asoslar- ishqorlar deyiladi. Misol: NaOH, KOH, Ca(OH)2.Ishqorlar teri va to’qimalarni kuydiradi va shuning uchun o’yuvchi ishqorlar ham deb yuritiladi.
Suvda erimaydigan asoslar- gidroksidlar ham deyiladi. Ularning rangi xilma- xil bo’ladi.
Masalan: Ni(OH)2- yashil, Fe(OH)3-qo’ng’ir, Cu(OH)2- havorang.
Amfoter asoslar- ham kislotali ham asos xossasiga ega bo’lgan gidroksidlardir.