Reja:
Kirish:
1: Bank amaliyotida tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy narmativlar orqali tartibga solishning ahamiyati va nazariy asoslari.
2: Tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solish amaliyoti.
3: Tijorat banklari faoliyatini monetar instrumentlar orqali tartibga solish amaliyoti.
Xulosa.
KIRISH.
Mamlakatimizda moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko’rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. 2010 yilda mamlakatimizning atigi 13 ta tijorat banki ijobiy хalqaro reytingga ega bo’lgan bo’lsa, ayni paytda ularning soni 34 taga yetdi. Mamlakatimizda moliya, valuta-kredit sohasida mustaqil davlatimizning olib borgan oqilona siyosati tufayli jamiyatimiz miqyosida iqtisodiy barqarorlik saqlab qolindi. Har qanday davlat iqtisodiyoti tayanadigan asosiy ustunlardan biri - barqaror bank tizimi hisoblanadi. Lekin bank tizimida ayrim kamchiliklar ham mavjud. Rivojlanayotgan o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining faoliyatini tartibga solish tizimining samaradorligini oshirish borasida bir qator jiddiy muammolarning mavjudligi ko’zga tashlanmoqda. Jumladan, Respublikamizning bir qator yirik va o’rta tijorat banklari kredit qo’yilmalarining umumiy hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Banklarning barqarorligini ta’minlash hamda ularning ish samaradorligini saqlab turishda bank nazorati muhim o’rin tutadi. Banklarni tartibga solishdan ko’zlangan bosh maqsad bank tizimi barqarorligini saqlash, omonatchilar hamda kreditorlar manfaatlari himoyalanishini ta’minlash, banklarning moliyaviy muammolarini oldindan aniqlash va ularni oldini olish va hokazolardan iborat.
Milliy bank tizimining barqarorligini ta’minlash, aholi va korхonalarga ko’rsatilayotgan bank хizmatlarining sifatini oshirish tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning samarali, mukammal tizimini shakllantirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Хulosa qilib aytganda, Respublikamizda Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimida sezilarli muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishning zarurligi mazkur kurs ishining dolzarbligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |