Tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solish amaliyoti.
Tijorat banklarining faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solish bir nechta iqtisodiy me’yorlarni o’z ichiga olgan nazorat shakli hisoblanadi. Respublikamizda dastlabki iqtisodiy me’yor Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ustav kapitalini eng kam miqdoriga nisbatan belgilanadigan talab hisoblanadi.
Tijorat banklarining to’lovga qobilligini va ularning balansini likvidliligini tavsiflovchi asosiy iqtisodiy me’yorlar bo’lib, kapitalning yetarlilik koeffitsienti va joriy likvidlilik koeffitsienti bo’yicha belgilangan me’yorlar hisoblanadi. Chunki ikkala me’yorning bajarilishi bankning to’lovga qobilligini saqlash imkonini beradi.