Kirish. 1 Bob


Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar eskirishini aniqlash



Yüklə 54,87 Kb.
səhifə6/9
tarix02.06.2022
ölçüsü54,87 Kb.
#116522
1   2   3   4   5   6   7   8   9
oxirgi

2.2.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar eskirishini aniqlash Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar-bular, qiymatidan qat’iy
nazar, bir yildan kam xizmat qiladigan xo'jalik inventarían, mehnat
qurollari va buyumlari; xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, har
birining (komplektning) qiymati O'zbekiston Respublikasida belgilangan
(muayyan buyumni sotib olish vaqtida) eng kam ish haqining 50 baravari miqdorigacha bo‘lgan buyumlar; qiymati va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, baliq ovlash qurollari(to‘rlar, yoyma to‘rlar, arqonlar, merejlar va shu kabilar)dir.Shuningdek, buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’iy nazar quyidagi inventar va xo‘jalik jihozlari ham kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar tarkibiga kiritiladi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (ayrim buyumlar turkum va yalpi
ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalami tayyorlash
uchun mo'jallangan maqsadli asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitar kiyim-kechaklari, maxsus poyafzallar;
d) ko‘rpa-to‘shak anjomlari;
e) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulator, stol ustiga qo‘yiladigan
jihozlar va boshqalar);
f) oshxona va ovqatlanish xonasi inventarían, shuningdek ovqatlanish
xonasi dasturxon-sochiqlari;
g) tiklanishi bo‘yicha qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan
vaqtincha qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar).
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shu jumladan ombordagilari
ham, ulami sotib olish qiymati bo‘yicha, ustama, olib kelish va hokazolar
xarajatlarisiz hisobga olinadi.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlaming hisobi uchun quyidagi
subschyotlar qo'llaniladi:
070 - «Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar»
subschyoti;
071 - «Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar»
subschyoti;072 - «Ombordagi ichki kiyimlar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyimkechaklar va poyafzallar» subschyoti;
073 - «Foydalanishdagi ichki kiyimlar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyimkechaklar va poyafzallar» subschyoti.
Budjet tashkilotlarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar
summasiga tcng miqdorda 260-«Kam baholi va tcz eskiruvchi
buyumlardagi fond» subschyotida hisobga olinadigan fond tashkil
qilinadi.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar sotib olinganda quyidagi
ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:1) Debet 0 7 0 -«Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyoti yoki Debet 072 - «Ombordagi ichki kiyimlar, ko ‘rpa-to‘shaklar, kiyim-kechaklar
va poyafzallar» subschyoti;
Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar»
subschyoti.
2) Debet 200-«Tashki!otni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha
xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214-
«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari
oluvchilarning xarajatlari» subschyoti);
Kredit 260 - «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardagi fond» subschyoti.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlami olib kelish va montaj qilish,
o‘matish, foydalanishga topshirish va undan tayinlanishiga muvofiq
foydalanish uchun kam baholi va tez eskiruvchi buyumlami ish holatiga
keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa xarajatlar hamda
to'langan va qoplanmaydigan soliq(yig‘im)lar summasiga quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha
xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214-
«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari
oluvchilarning xarajatlari» subschyotij,
Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti.Maktablarda, oliy va o'rta maxsus o‘quv yurtlarida, litseylarda, kollejlarda, kasb-hunar-texnika ta’lim o‘quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlarda foydalanishga bcrilgan har binning (komplektning) qiymati eng kam ish haqining 3 baravarigacha (qo‘llanma sotib olish paytida amaldagi eng kam ish haqi miqdori) bo‘lgan o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar va har biri(kompIekt)ning qiymati eng kam ish haqining 1 baravarigacha (buyum sotib olish paytida amaldagi eng kam ish
haqi miqdori) bo‘lgan boshqa buyumlar (o‘z tarkibida oshxona va umumiy ovqatlanish bloklari bo‘lgan tashkilotlardagi oshxona va umumiy ovqatlanish xonasi inventarlaridan tashqari) bir yo‘la hisobdan chiqarib yuboriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan hisobdan chiqarilgan, ammo
foydalanishda bo‘lgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar 441-
shakldagi «Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar
harakatining tezkor (miqdoriy) hisobini olib borish vcdomosti»da ulaming nomlari va miqdori hamdamaterial javobgar shaxslar bo‘yicha
tezkor hisobi olib borilishi kerak.
Yaroqsiz holatga kelgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlami
hisobdan chiqarish va ulami sotish qonunda belgilangan tartibda kam
baholi va tez eskiruvchi buyumlami hisobdan chiqarish dalolatnomasini
rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar to‘la eskirgandan so‘ng
tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan tegishli dalolatnoma
asosida, agar tegishli vazirlik (idora) boshqacha tartib belgilamagan
bo‘lsa, hisobdan chiqariladi.

Yüklə 54,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin