Kirish. 1 Bob


Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qayta baholash va uni hisobda aksettirish



Yüklə 46,72 Kb.
səhifə3/9
tarix31.05.2022
ölçüsü46,72 Kb.
#116462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
вшырыаыва

1.2.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qayta baholash va uni hisobda aksettirish Hukumatning qarori bo‘yicha yilning m a’lum sanasidagi holat
bo‘yicha asosiy vositalarni qayta baholash amalga oshiriladi. Hozirgi
vaqtda, budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini qayta baholash har
yili 1-yanvar holatiga (joriy yilning 1-fevraligacha) qayta baholash
o ‘tkazilayotgan davrdagi baholaming darajasidan kelib chiqib, amalga
oshiriladi.
Qayta baholash paytida asosiy vositalaming to‘liq qayta tiklash
qiymati, ya’ni agar tashkilot qayta baholash sanasida mavjud boigan
bozor narxlari va tariflari bo‘yicha ulami xuddi shunday yangi
obyektlarga to‘liq almashtirishi shart boisa, u amalga oshirishi kerak
boigan xarajatlaming to iiq qiymati belgilanadi.
M a’naviy eskirgan obyektlaming to iiq qayta tiklash qiymati,
obyektlaming m a’naviy eskirishi tegishli narxlar va tariflaming o‘zgarish
darajalari va sur’atlarida aks etishidan kelib chiqib, ulami tayyorlashga
doir mavjud xarajatlar asosida, qayta baholash sanasida mavjud boigan
narxlar va tariflar bo'yicha belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan chiqarilgan obyektlaming to iiq tiklash qiymatini
belgilash paytida ulaming aniq nusxasini tayyorlash uchun narxlar va
xarajatlami hozirgi sharoitda belgilash amalda mumkin emasligi sababli,
ushbu qiymat ilgari chiqarilgan va hozirgi obyektlaming eng muhim
foydalanish xususiyatlariga nisbatan tuzatishlar kiritilgan, ishlab turgan
xuddi shunday chiqarilayotgan obyektlaming toiiq qayta tiklash qiymati asosida o ‘rin egallash qiymati sifatida belgilanadi.
Texnik holatidan qat’iy nazar tashkilotning mulkida, uning xo'jalik
yuritishi (ishlab turgan va foydalanilmayotgan) turgan, konservatsiyadaturgan, hisobdan chiqarish uchun tayyorlab qo‘yilgan, lekin belgilangan
tartibda tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilmagan, barcha asosiy
vositalar qayta baholanishi kerak.
Asosiy fondlaming to‘liq qayta tiklash qiymati tashkilotning xohishiga
qarab, alohida obyektlar qiymatini yilning 1-yanvarida shakllangan
baholanayotgan obyektlarga aynan o‘xshash, yangi obyektlarga doir
hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha to‘g ‘ridan-to‘g‘ri
qayta hisoblash yo‘li bilan (matn davomida-«To‘g‘ridan-to‘g ‘ri qayta
baholash usuli») yoki-asosiy fondlar turlari va eskirish foizi bo‘yicha
tabaqalashtirilgan, asosiy fondlar qiymatining o ‘zgartish indekslarini
qo‘llagan holda alohida obyektlaming dastlabki (qayta tiklash) qiymatini
indekslash yo‘li bilan (matn davomida-«Indeks usuli») belgilanadi.
Bunda asosiy fondlaming bir turdagi obyektlari bo'yicha (msumlar,
turlar va hokazolar bo‘yicha) yagona usul qo'llaniladi.
Qayta baholashni tashkilot mustaqil ravishda yoki qonunchilikka
muvofiq baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan
ekspcrt mutaxassislami jalb ctish bilan amalga oshiradi.
«To‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta baholash usuli» qo‘llanilganda obyektlaming
to‘liq qayta tiklash qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun tashkilotning
xohishiga muvofiq quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqamvchi tashkilotlardan va ulaming rasmiy dilerlaridan,
tovar-xomashyo birjalari, ko'chmas mulk birjalaridan yozma
shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to‘g ‘risidagi
ma’lumotlar;
b) qayta baholash sanasiga va asosiy vositalami xarid qilish sanasiga
bo‘lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kurslari nisbati sifatida
belgilanadigan hisob-kitob koeffitsientini qo‘ llagan holda asosiy vositalaming
xarid qilish sanasida erkin amal qiluvchi valutalardagi qiymati (tasdiqlovchi
hujjat mavjud bo'lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) tegishli davlat organlarida mavjud bo'lgan narxlar darajasi
to‘g‘risidagi m a’lumotlar;
e) qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari
va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi
m a’lumotlar;f) asosiy vositalar qiymati to‘g‘risida baholovchi hisoboti.
Asosiy vositalami qayta baholashda «Indeks usuli»ni qoilash uchun
navbatdagi qayta baholash bo‘yicha tegishli indekslami 0 ‘zbekiston
Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi har yil 31 dekabrgacha ishlab
chiqadi va ommaviy axborot vositalarida rasmiy e’lon qiladi.
Yuqorida keltirilgan qayta baholash usullarini qo‘llash yo‘li bilan asosiy vositalaming balans qiymati ulami qayta tiklash qiymatigacha
ko‘payishi (kamayishi) buxgalteriya hisobida asosiy vositalaming hisobga
oluvchi subschyotlaming debeti (krediti) bo‘yicha «Asosiy vositalardagi
fond» subschyoti bilan korrespondensiyalanib qayd qilinadi.
Indekslash yo‘li bilan asosiy vositalami qayta baholanganda
buxgalteriya hisobida qayta baholash o'tkazish sanasi holati bo‘yicha
turgan asosiy vositalaming (shu jumladan eskirishi to‘liq hisoblangan
obyektlar) eskirish summasini ulami qayta tiklash qiymatiga qayta
hisoblash chog‘ida asosiy vositalar qiymatini o‘zgartirishning tegishli
indekslariga ko‘paytirish kerak bo‘ladi.
Asosiy vositalami «To‘g ‘ridan-to‘g‘ri qayta baholash usuli» bilan
qayta baholash chog‘ida buxgalteriya hisobida turgan eskirish summasi
qayta baholashdan keyingi qayta tiklash qiymatining qayta baholashgacha
bo‘lgan qiymatga nisbati bilan hisoblab chiqariladigan qayta hisoblash
koeffitsienti bo'yicha indekslanishi kerak.
Yuqorida keltirilgan tartibda hisoblab chiqarilgan eskirish summasi
bilan ko‘rsatilgan asosiy vositalar bo‘yicha qayta baholashgacha bo‘lgan
eskirish summasi o ‘rtasidagi farq «Asosiy vositalaming eskirishi»
subschyotining krediti (oshib ketgan taqdirda) yoki debeti (kamaygan
taqdirda) bo‘yicha «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti bilan
korrespondensiyalanib aks ettiriladi.
Tashkilotning balansida qayta baholashgacha turgan va 1 yanvargacha foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar balans qiymatining
qayta tiklash qiymatigacha ko‘payishi buxgalteriya hisobida quyidagi
qayd qilinadi.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar balans qiymatining ko‘-
payishiga tashkilot buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:Debet 010 013, 015-019 «Asosiy vositalar» subschyotlari;
Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalaming eskirish summasini
ko‘payishiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti.

Yüklə 46,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin