Kirish. 1 Bob


Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar harakati hisobi



Yüklə 46,72 Kb.
səhifə6/9
tarix31.05.2022
ölçüsü46,72 Kb.
#116462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
вшырыаыва

2.3.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar harakati hisobi Asosiy vositalaming butligi ustidan nazoratni ta’minlash va hisobni
tashkil qilish uchun har bir obyekt(buyum)ga, inventar raqami beriladi.
Inventar raqami obyektga biriktirilgan tamg‘aga belgilanadi yoki
obyektning o ‘ziga bo‘yoq bilan va boshqa usullar bilan belgilanadi.
Asosiy vositalaming obyektiga berilgan inventar raqami uning muayyan
budjet tashkilotida bo‘lgan butun davri davomida saqlanib qoladi.
Hisobdan chiqarilgan yoki tugatilgan obyektlaming inventar raqamlari
yangidan olingan boshqa asosiy vositalarga berilmasligi kerak.
Yumshoq inventar buyumlar maxsus muhr (shtamp) yordamida,
yuvganda o ‘chmaydigan bo‘yoq bilan markalanadi. Maxsus muhr
(shtamp)da budjet tashkilotining nomi, buyumlar foydalanishga
berilganda esa, qo'shimcha ravishda, foydalanishga berilgan yili va oyi
ham bo'lishi kerak.
Ijaraga olinganda asosiy vositalar ijarachilarda balansdan tashqaridagi
01-«Ijaraga olingan asosiy vositalar» subschyotida ijaraga beruvchilar
tomonidan ularga belgilangan inventar raqami bilan hisobga olinadi.
Asosiy vositalaming analitik hisobi AV-6 shakldagi va AV-8
shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar Kar bir
inventar obyekti (buyumi) bo‘yicha yuritiladi. Bir turdagi buyumlar
AV-9 shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi. AV-6, AV-8 va AV-9
shakllardagi inventar kartochkalar AV-10 shakldagi asosiy vositalaming
inventar kartochkalarini xatlashda ro'yxatga olinadi.
AV-6 shakldagi inventar kartochka binolami, inshootlami, uzatkich
qurilmalarini, mashinalar va uskunalami, asboblami, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo'jalik inventarlarini hamda transport
vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Asosiy vositalar muayyan
budjet tashkiloti ichida joydan-joyga ko‘chirilganda tegishli yozuvlar
mazkur kartochkaning orqa tomoniga qayd qilinadi.
AV-8 shakldagi inventar kartochka ishchi hayvonlami, mahsuldor
va zotdor mollami hisobga olish uchun hamda ko‘p yillik daraxtlami va
yemi yaxshilashga doir kapital xarajatlami hisobga olish uchun xizmat
qiladi.
AV-9 shakldagi inventar kartochka kutubxona fondlarini va
sahnaga qo‘yish jihozlarini guruhlab hisobga olish uchun m o‘ljallangan

Yüklə 46,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin