1.1. D.I.Mendeleev tоmоnidan davriy qоnunning оchilishi. Davriylik haqidagi ta’limоtning rivojlanishi
6
1.2. Davriy sistema va uning tuzilishi
13
1.3. D. I. Mendeleyevning davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy sistemasini o’qitish
20
II. Xulosa
45
III. Foydalanilgan adabiyotlar
49
KIRISH Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridanoq yoshlarimizning bilim va hunar o’rganishlariga eng muhim,birinchi galdagi dolzarb masala sifatida qaraldi.Ayniqsa, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunlar qabul qilingach, bu boradagi keng ko’lamli ishlar amalgam oshirildi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlarining vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib,uchinchi bosqichdagi o’zgarishlar davom etmoqda.Bu bosqichda o’quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish,yuqori sifat ko’rsatgichga erishish talab qilinadi.
Ma’lumki,maktab kimyo kursida uning nazariy konsepsiyalarini o’qitishga alohida ahamiyat qaratiladi.Ana shulardan biri davriy qonun va atom tuzilish nazariyasi hisoblanadi. Chunki anorganik kimyo kursining materiallari davriy qonun va atom tuzilish nazariyasi asosida o’rganiladi.Shu sababdan ham o’quvchilarning keyingi bosqichlarda kimyo fanidan chuqur bilim olishi «Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi»mavzularini qanday o’zlashtirganliklariga bo’g’liq bo’ladi.1