Tarbiya shakl (turi) lari – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyati va o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatishidir.
Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl (tur) lari, metodi va vositalaridan mohirona foydalanishga bog’liq. Shu o’rinda tarbiyachilar ta’sir etishning o’quvchi shaxsiyatiga mos turini tanlab olishlari, uning shaxsini ijobiy tomonga o’zgartirishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratishlari lozim. Tarbiya shakllari har bir o’quvchiga, har qaysi o’quvchilar jamoasiga alohida munosabatda bo’lishni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonida o’qituvchi yakka o’quvchi yoki o’quvchilar jamoasi manfaati yo’lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta’sir etish majmuasiga tarbiya shakli deyiladi.
O’quvchi yoshlarni tarbiyalashda milliy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Bular o’z navbatida, yangicha tarbiyaning o’zgacha muvofiq uslub va shakllarini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |