O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash 7-misol 70-46+27
50-13+18
97-64+19
40-13+27 Yangi mavzuga zamin tayyorlash O’quvchilarga boshqotirma beriladi B O’ Sh L I 1.Burchak turi
2.Og’irlik o’lchov birligi
3. 1 soat =60 …
4. Aql charxi-…
Dam olish daqiqasi Dam olish daqiqasida sonlar haqida maqollar aytish
Sanamay sakkiz dema Yetti o’lchab bir kes Yangi mavzu bayoni
Bu mavzuni 1-misol asosida tushintiriladi. Narsalarni teng bo`lib qo`yish bo`lish deb ataladi. Ikki nuqta(:) bo`lish belgisi. Masalan: 10:5=2 ifoda bunday o`qiladi. 10 bilan 5 ning bo`linmasi 2 ga teng.
Tengliklarning to’g’riligini ko’paytirishdan foydalanib quyidagicha tekshiriladi. 2 *5 =10 5*2=10
2-misolni bajaramiz. 6:2=3 6:3=2 8:2=4 8:4=2 10:2=5 10:5=2
Yodingizda tuting! Bo`lishdagi sonlar va ifodalarning nomini yodda tuting.
12 : 3 = 4 Bo`linuvchi Bo`luvchi Bo`linma Yangi mavzuni mustahkamlash “Kim chaqqon “ o’yini 348-mashq “Farobiy avlodlari’’guruhi 4:2=
“Beruniy avlodlari ‘’guruhi 6:3=
“Xorazmiy avlodlari ”guruhi 8:4=
Yodingizda tuting! Bo`lish sonlarni bo`layotgan vaqtimizda bo`linuvchi bo`luvchiga bo`linadi. “Aql charxi“ o’yini 3-masala Agar pomidorlar 6 kg lik yashiklarga joylansa , 5 ta yashik kerak bo’ladi . Shuncha pomidorni 10 kg lik nechta yashikka joylash mumkin ?
Yechilishi:
6 kg lik yashiklarga joylansa - 5 ta
10 kg lik yashikka joylansa - ? ta
Yechish: 1) 6*5=30 (kg ) pomidor
2)30:10=3 ( ta ) yashik
Javob: Shuncha pomidorni 1 0 kg lik 3 ta yashikka joylash mumkin .