Kirish. Asosiy qism I xalq maqollarining janr xususiyatlari I xalq iboralarining janr xususiyatlari


I.2. Xalq iboralarining janr xususiyatlari



Yüklə 82 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü82 Kb.
#140043
1   2   3   4
O`zbek xalq maqollari

I.2. Xalq iboralarining janr xususiyatlari
Xalq og’zaki ijodining barcha janrlari singari iboralar ham g’oyat muhim ahamiyatga egadir.
Iboralar maqol yoki XOI ning boshqa turlari kabi alohida bir janrdir. Bu janr ham xalqning tarixini, maishiy hayotini unda mavjud bo’lgan voqealarni, xarakterli hodisalarni, jamiyatdagi ayrim shaxslarning xulq-atvorini aks ettiradi. Iboralarda maqollarda bo’lganidek, umumlashgan xulosalar ifoda etiladi, ya’ni turmushdagi voqealarga, ayrim shaxslarning xulq-atvoriga nisbatan xulosalar chiqariladi.
Professor Shavkat Rahmatullayev iboraning ikki xil tushinilishini aytadi:
1)Tor tushunish – bunda tilshunoslikdagi frazemani nazarda tutishlarini aytadi
2) Keng tushunish – bunda ibora badiiy janrlarning ichida yuradi. Prof Sh. Rahmatullayuev iborani keng tushunishini ta’kidlaydi.
Iboralar qadimgi urf-odatlar orqali, hatto qabilachilik davridagi urf-odatlar orqali ham tug’ilib kelgan. Bunday iboralar dastlabki yaratilgan vaqtda ma’joziy ma’noga ega bo’lmagan, u keyinchalik borib majoziy ma’noni, ko’chma ma’noni kasb qilgan: “popugi pasayib qoldi” iborasining yaratilish tarixi quyidagicha: podshalar, xonlar, amirlar hukmronlik qilgan davrda bir shaxs yangi amalga tayin qilinar ekan, uning bosh kiyimiga mansabiga qarab qush patidan qilingan jig’a-popuk sanchar edilar. Katta mansabdorlar qimmatbaho oqqu qushining patidan qilingan jig’a-popukni, kichikroq mansabdorlar esa pastroq, ukkining patidan qilingan kalta jig’a-popukni bosh kiyimlariga sanchib yurar edilar. Yuqori mansabdor o’z amalidan olinib, pastroq amalga qo’yilsa, uning bosh kiyimidagi jig’a-popugi ham kaltaroq patdan bo’lar edi. buni ko’rgan kishilar o’zaro amaldorning “popugi pasayib qolibdi-ku” – der edilar. Bu hozirgi vaqtda tilimizda qo’llanib kelayotgan “popugi pasayib qoldi” iborasining yaratilish davridagi to’g’ri ma’nosidir. Ammo bu ibora hozirgi zamonamizdato’g’ri ma’noda emas, faqat majoziy ma’nodagina ishalatiladi, ya’ni oila a’zolariga, xalqqa yoki oshna-og’aynilariga do’q qilib, o’zining noo’rin noto’g’ri fikrini o’tkazmoqchi bo’lgan, yoki xalqqa o’zini yuqori ko’rsatib yurgan va bir necha kundan so’ng o’sha holatidan qaytib, shirinso’z bo’lib qolgan odamga nisbatan xalq “popugi pasayib qolibdi” iborasini ishlatadi.
O’zbek xalq iboralarida tarixiy, ijtimoiy voqealar bilan birga oilaviy hayot, odamlarning o’zaro munosabatlari, xulq-atvori, kishilarning qilmishlari ks etadi. Masalan, bir kishi o’ylamasdan bir ishni qilib qo’yadi yoki biro damning yomonligini bilmasdan, o’sha odam bilan munosabatda bo’ladi. U odam yomonlik qilib ketadi. Shunday vaqtda o’ylamay ish qilgan odamga qarat “O’zing pishirgan osh, aylanib ichasan, o’rgilib ichasan” degan iborani ishlatadilar.
Iboralar obrazli gaplardir. Bunda istiora, jonlantirish, o’xshatish kabi badiiy vositalar asosiy o’rinji egallaydi. Masalan, “ko’zini shira bosib qolibdi’ iborasi majoziy ma’noda ishlatilnsa, “safar qochdi” jonlantirish, “suvga tushgan bulka nondek” o’xshatish ma’nosida ishlatiladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, iboralarning aniq ma’nolari nutqdagina yaqqol ko’zga tashlanib turadi.
Ba’zi iboralar xalq latifalari, masallari orqali tug’ilgan. “Dumi xurjunda” iborasi Afandi latifasi orqali ommalashgan. Masalan: Afandi eshagini yuvib, tarab, bozorga sotgani olib ketayotganda, loyga botib qolib, dumi loy bo’libdi. Eshakning dumini yuvib o’tirishga erinib, shartta kesib, dumini xurjunga solibdi va bozorga jo’nab qolibdi. Xaridorlar “Afandi, eshagingizning dumi qani?” – deb so’rasalar, Afandi: “Dumi xurjunda!” – deb javob beribdi. Mana shu latifadan “Dumi xurjunda”, “ish xurjun” kabi iboralar yaratilgan. Xuddi shuningdek, “berdisini aytguncha urib o’ldiradilar” iborasi ham latifadan oilngan.
Ba’zi iboralar bir narsani ikkinchi narsaga o’xshatish orqali ham maydonga keladi. Bunday iboralar o’xshatish shaklida ishlatiladi. Masalan: suvga tushgan bulka noonday bo’shashib o’tiribdi, itdan qo’rqqan mushukdek va boshqalar.
Iboralarning ba’zilari maqollarga o’xshagan ohangdor bo’ladi. Bunday ohangdorlik kishining xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga yordam beradi. Bunday ohangdor iboralar mazmunning ochiq ravshanligi, kishiga ta’sirchanligi bilan ko’zga tashlanib turadi: “borida chora-chora, yo’g’ida banda bechora”
Ba’zi iboralarning qofiyalari o’sha ibora misralarining oxirida kelsa, ba’zi iboralarning qofiyalari o’rtada – kesimdan ilgari keladi: “men bog’dan kelsam, u tog’dan keladi”, “men ashtdan gapirsam, u dashtdan gapiradi”. Ba’zan iboralar ichki qofiyalarga ega bo’ladi: “boyagi, boyagi boy xo’janing tayog’i”, “xalala xo’p, kunjara ko’p”
Iboraning tuzilishida eng muhim xususiyatlardan biri unli yoki undosh tovushlarning takrorlanib, kelishi va shu orqali jumlalarning ohangdor bo’lishidir. Masalan, “so’k oshiga surnay”, “kulini ko’kka sovurdi”, “tog’ni ursa talqon qiladi” va boshqalar.
Ko’p iboralar sintaktik qurilishi jihatidan birgina gapdan yoki qo’shma gaplardan tuziladi. Masalan: “uzatgan oyog’ini yig’maydi”, “oyog’i chiqib qolibdi-ku”, “ichidagining borini to’kib soldi” iboralari soda gapdan tuzilgan bo’lsa, “bodi kirib, shodi chiqadi”, “oq it kirib, qora it chiqadi”, “osmon qo’lida bo’lsa, tashlab yubora qolsin” kabi iboralar qo’shma gaplardan tuzilgan.
Xullas, iboralar xalqning ijodiy boyligidir. Yozuvchilarimiz, tanqidchilarimiz va publitsitlarimiz xalqimizning bu boy xazinasidan mamnuniyat bilan foydalanadilar. Xalqning bu iboralari turmush voqealarini, kishining xarakterini to’g’ri va haqqoniy aks ettirgani uchun, uzoq vaqt yashaydi va ishlatiladi.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin