9. G’azab, do’q: Xatdan o’chir o’g’limni xozir. (O).
Buyruq gaplar turli intonasiya bilan talaffuz etiladi. Kuchli hayajon, do’q, g’azab, qat’iy buyruq gaplarda intonasiya kuchli, maslahat, iltimos, gumon ma’nolari ifodalangan gaplarda oddiy, o’rtacha darajadabo’ladi.
Undov gaplar
Fikr kuchli his-hayajon bilan ifodalangan gap undov gap deyiladi.
Masalan: Men etim o’sganman, ox u etimlik. (G.G).
Darak, so’roq, buyruq gaplar ham mahsus intonasiya bilan aytilib, undov gapga o’xshab, so’zlovchining ichki his-hayajonini, voqeylikka bo’lgan turlicha munosabatlarni anglatishi ham mumkin. Ammo u turdagi gaplarda asosiy etakchi ma’no darak, so’roq, buyruq ma’nolaridir. Shuning uchun ham ular intinasiya bilan gapga aylanib ketmaydilar.
Undov gaplarda ichki his-hayajon, so’zlovchining voqelikka bo’lgan munosabati ifodalanadi. Shuningdek, undov gaplarning tuzilishida o’ziga hos struktura va Grammatik belgilar mavjud.
Undov gaplarning tuzilishi.
Undov gaplar quyidagi vositalar yordamida tuziladi:
1. Qanday, qaysi, qanaqa, qancha, necha, shuncha, shunday kabi emotsional kuchaytiruv ma’nosidagi olmoshlar:
Tun nega bu qadar uzun! (Ask.M.).
2. Undov so’zlar: E, baxtlarni balog’atga etkazgan ona! (X.O.).
3. Ana, mana yuklamalari: Ana tantana-yu, mana tantana!- dedi.(A.K.).
So’z, so’z birikmalar ham undov gap xosil qiladi. Eh, xo’rlik qursin! (O). Tavba! (A.K.). Astag’firulloh… (U). Barakalla Ortiq! Qoyilman, polvon inim.
4. Maxsus intonatsiya: Tamom! Endi nima bo’lsa bo’ldi! Endi buning gapiga qarang! (B.P.). Bu tipdagi gaplar shaklan darak, so’roq, buyruq gap bo’lsalar ham, mazmunan kishilarning ichki his-tuyg’ularini ifodalaydi va maxsus intonatsiya bilan aytiladi. Shu bois bunday gaplar undov gap sanaladi.
Undov gaplarning ma’no turlarui.
Undov gaplar quyidagi emotsional ma’nolarini ifodalaydi:
1. Taajjub: Ajab zamona ekan! (O). Tavba! (O).
2. Tashakkur va Rag’batlantirish. Otangga rahmat! (A.K.).
3. Xayratlanish: Sensan har narsadan mo’tabar aziz! (U).
4. Zavqlanish, shodlik mamnunlik: polvon nima! (O).
Judas oz, juda yaxshi! (B.P.).
5. Orzu-umid: Xudo baxtingni bersin, o’g’lim! (O).
6. Muxabbat: Uning ko’zi oldida Nuri! (O).
7. Achinish: Ey, o’zingni, xolatingni bilmagan Asrorqul! (A.K.).
8. Kinoya: Yangi kasb qulluq bo’lsin, boyvochcha! – dedi O’rmonjon. (A.K.).
9. G’azab, nafrat: Bu qanday maynabozchilik! (O).
Dostları ilə paylaş: |