Kirish bob. Davlat tushunchasi va uning paydo boʻlishi


II bob.Huquqning kelib chiqishi va paydo boʻlishi



Yüklə 65,46 Kb.
səhifə4/7
tarix02.06.2023
ölçüsü65,46 Kb.
#127675
1   2   3   4   5   6   7
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI

II bob.Huquqning kelib chiqishi va paydo boʻlishi.


2.1.Huquqning kelib chiqishiga oid nazariyalar.
Huquq paydo bо`lishining asosiy bosqichlari va о`ziga xos belgilari
Huquqning paydo bо`lishida asosan 3 ta bosqichni ajratib kо`rsatish mumkin.
Birinchi bosqich — xukuhning paydo bо`lish boskichi. U asosan ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot shakllari vujudga kelayotgan jamiyatga xosdir.
Ikkinchi bosqich — ushbu tartibga solish tizimi qoidalarining shakllanishi davri. Bu bosqich ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotning turli shakllari tо`liq о`rnatilgan jamiyatlarda mavjud edi.
Uchinchi bosqich — bir qator ilk davlatlarda huquqning yozma tarzda muayyan tizimga solinishi, ya`ni kodifikatsiyalashishidir.
Huquqning ilk funksiyalari
Huquqning ilk funksiyalari paydo bо`lishi tarixiy edi. Uning ijtimoiy ahamiyati katta. Bu ilk sinfiy jamiyatning dastlabki bosqichlarida huquq bajaradigan funksiyalarda kо`rinadi.
Birinchidan, huquq normal tashkiliy-mehnatni, jamiyatning ishlab chiqarish faoliyatini, normal iqtisodiy axborot ishlab chiqarishni, mahsulot iste`moli va ayirboshlashni tartibga solish funksiyasini bajaradi.
Ikkinchidan, huquq davlat tuzumini, jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, iqtisodiy hayotning tashkil etilishini, ma`lum sotsial guruhlarning hukmronligini, mafkura asoslarini, dehqon jamoalarining, jamiyatning boshqa a`zolarining hayoti, erkinligi, mulkini qо`riqlash funksiyasini bajaradi.
Uchinchidan, huquq jamiyatdagi qarama-qarshiliklarni, о`zboshimchaliklarni va boshqa sotsial ziddiyatlarni yumshatadi. Bu uning gumanistik funksiyasidir.
Tо`rtinchidan, huquq bir qator zaruriy prinsiplarni va yurish-turish qoidalarini, ruhiy va ahloq qoidalarini ijtimoiy ongga singdiradi. Bu uning mafkuraviy funksiyasidir.
Beshinchidan, huquq yosh avlodni, jamiyatning hayotiy maqsadlarini, sotsial hayot ideallarini, ahloqiy va huquqiy qadriyatlarni о`zlashtirishga tayyorlaydi. Bu uning tarbiyaviy funksiyasi bо`lib, juda muhim hisoblanadi.
Huquqning yana bir funksiyasi kо`plab munozaralarga sabab bо`lmokda. Bu yerda hukmron guruhlar hukmronligini, davlatning sinfiy zо`ravonlik, harbiy bosqinchilik va shunga о`xshash noqonuniy harakatlarini asoslash va ta`minlashda huquqdan foydshanish haqda gap boryapti. Bu funksiya huquq paydo bо`lishining muhim masalalaridan biri bо`lib, turli huquqiy nazariyalarda turlicha hal qilinadi. Shuni ta`kidlash lozimki, huquq kelib chiqishining dastlabki bosqichidayoq sinfiy zо`rlikni, davlatning majburlash funksiyasini ta`minlashga xizmat qilgan. Zо`rlik funksiyasini yuridik ifodalash huquq mavjudligining hayotiy voqeligidir. Lekin bu funksiya huquqning asosiy sotsial ahamiyati va vazifasi emas va funksiya ma`lum vaqtda, odatda jamiyatning ichki va tashqi hayotida favqulodda holat yuz bergandagina amalda bо`ladi.
Zо`rlik funksiyasining paydo bо`lishi — huquq tizimi va davlat hokimiyatining о`zaro munosabatidagi nomutanosiblik, obyektiv va subyektiv omillarning harakati natijasidir. Demak, huquqning «zо`rlik» funksiyasini xaspо`shlash kerak emas, shu bilan birga, uni huquqning asosiy funksiyasi deb qarash ham yaramaydi. Bunday holat huquqning ijtimoiy qimmatini aslo kamaytirmaydi. Yuqorida sanab о`tilganlar xuquqning doimiy amaldagi funksiyalaridir.

Yüklə 65,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin