Kirish I bob. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 108,86 Kb.
səhifə14/19
tarix20.04.2023
ölçüsü108,86 Kb.
#125718
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Tajriba-sinov ishlаri
“Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’shimcha mashqlardan foydalanish uslublari” mavzusida ishlashdan oldin Samarqand shahridagi 64-sonli orta umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilari: Allayorova N, D.Sulaymonova va Jakbarov Murodxonlar bilan mavzuga oid fikirlari hamda tajribalari bilan tanishdik. Jakbarov Jamolxon: “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish”
mavzusi bugungi kunda orta umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari oldida turgan muhim masalalardan biridir. Chunki Samarqand shahrida ta’lim olayotgan boshlang’ch sinf o’quvchilarining ona tili grammatikasi bo’yicha tushuncha va ko’nikmalari yetarli emasligi tufayli ularning oddiy matnlarni yozishdagi yoki ariza, tushuntirish xati, ishonchnoma kabi ish qoqozlarini yozishda, ayniqsa, og’zaki nutq ifodalashda ko’plab xato va kamchiliklarga yo’l qo’ymoqdalar. Oquychilar nutqida sheva elementlarining mavjudligi, so’zlarni buzib talaffuz qilishlari, nutqda o’rinsiz so’zlarni qo’llash yoki nutqda ruscha so’zlarni noo’rin qo’llash kabi xato va kamchiliklaridan ko’z yumib bo’lmaydi.
Biz bitiruv malakaviy ishimizni yozish jarayonida boshlang’ich sinif o’quvchilarining nazariy bilimlarini amalda bajarishni o’rgatishga doir usullar haqida batafsil to’xtaldik. Qanday usul va tajribalardan foydalanilsa samarali natijalarga erishish mumkin degan masala ustida ilmiy izlanishlar olib bordik. Ishlab chiqqan usullarimizni Samarqand shahridagi 64- umumta’lim maktabining 2-A – sinfida tajribadan o’tkazdik. Nazorat sinfi etib mazkur umumta’lim maktabning 2-B – sinfini tanladik. Ma’lum bir muddat o’tgach, har ikkala sinf o’quvchilari bilim saviyasini solishtirib ko’rdik. Bu boradagi fikr-mulohazalarimizni, xulosalarimizni, “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish”ning afzal tomonlari, ahamiyati va tajriba davomida erishgan yutuqlarimizni to’la yoritishga harakat qildik.
Biz tajriba-sinov jaroyonining boshida, o`rtasida va oxirida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili darslarida mavzuga oid qo’shimcha mashqlar bajarganlaridan so’ng bilim va ko’nikmalarining shakllanishi hamda o’sib borishini og’zaki savol-javob, tеst va yozma ishlar tarzida aniqlash usullari orqali tekshirib, nazoratdan o`tkazib bordik.
Tajriba-sinov o`tkazishdan oldingi har ikkala sinf o`quvchilarining ko`rsatkichlari tajriba-sinov o`rtasiga borib tajriba-sinov o`tkazayotgan 2 A -sinf o`quvchilarida o`sib borayotganini, ularda ro`y berayotgan o`zgarishlarni, rivojlanib borayotgan qobilyatlarini va o`zlashtirish ko`rsatkichlarini ko`rib, bu borada olib borayotgan ishlarimizni sidqidildan davom ettira boshladik. Tajriba- sinov yakuniga borib, nazoratga olgan 2 B- sinf o`quvchilariga qaraganda tajriba- sinov ishlarini olib borayotgan 2 A -sinf o`quvchilarida ijobiy o`zgarishlar ro`y berganining guvohi bo`ldik. Tajriba-sinov yakunida quyidagi samarali natijalarga erishdik:

  1. Og’zaki nutqlari rivojlantirildi;

  2. Lug’at boyliklari oshirildi;

  3. So’zlarni to’g’ri talaffuz qilish qobiliyatlari rivojlantirildi;

  4. Ona tili grammatikasiga oid bilim va ko’nikmalari shakllantirildi;

  5. Ona tili fanini boshqa fanlar bilan bog’lab o’rganish qobiliyatlari rivojlantirildi;

  6. O’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari rivojlantirildi;

  7. Tafakkur qilish qobiliyatlari rivojlantirildi;

  8. Dunyoqarashlari kеngaytirildi;

  9. O’z ona tilisiga bo’lgan mеhr-muhabbatlari oshirildi;

  10. Bilim va ko’nikmalarni egallashga bo’lgan qiziqishlari oshirildi;

  11. Mashg’ulotlar davomida faol ishtirok etish xususiyatlari rivojlantirildi;

  12. O’zlashtirish ko’rsatkichlarining oshirilishiga erishildi;

Tajriba – sinov sinfi hamda nazorat sinflari o`quvchilarining faoliyatlarini bir –biriga taqqoslab, tajriba-sinov natijasida erishilgan yutuqlarni quyidagicha shkala va diagrammalarda e`tiborimizga havola qilamiz:

    1. O`quvchilar davomati

Tajriba davri
Sinflar

Tajribadan oldin

Tajribadan so`ng


Yüklə 108,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin