REJA; 1.Ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni
2.Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va uning namoyon bo’lish shakllari
3.Ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari
KIRISH Mustaqil ishi mavzusining dolzarbligi. Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari yuksalib borar ekan, ana shu ehtiyojlarni qondirishning yagona yo‘li iqtisodiy o‘sishdir. Iqtisodiy o‘sish tufayligina ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Iqtisodiy o‘sish mamlakatning kuch-qudrati o‘sayotganini ko‘rsatadi. Mikroiqtisodiy o‘sish firma, korxona va ayrim sektor (tarmoq) miqyosidagi rivojlanishni ifoda etadi va ularda o‘sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Mikroiqtisodiy miqyosda tadbirkorlar o‘z oldilariga iqtisodiy o‘sish orqali maksimal darajada foyda olishni qo‘yadilar. Makroiqtisodiy o‘sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YAMM) ko‘payishini bildiradi. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishga erishishning optimal maqsadi barcha aholini hayot kechirishini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarishdir. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi, chunki har bir ishlovchiga to‘g’ri keladigan mahsulot miqdori, ya’ni mehnat unumdorligi avvalgicha qoladi. Ekstensiv o‘sishning afzalligi shundaki, u iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning eng oson yo‘li. Bunda tabiiy resurslarni tezda o‘zlashtirish hamda nisbatan tez fursatda ishsizlikni qisqartirish mumkin. Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom karimov istiqlolning ilk yillaridan odamlarning mulkdor bo’lishini kafolatlash , o’z aqli va salohiyati bilan mahsulot yarataman degan insonni qo’llab quvvatlash yo’lida kurashdi. Bunda, avvalo, bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi, uni jadal amalga oshirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga kirishildi . Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz g’oyalarini izchil davom ettirish yo’lida yangi strategik vazifalarni kun tartibiga qo’ydi. Xalqimiz bugun izchil va barqaror rivojlanayotgan , erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini barpo etish yo’lini avvalo, o’zi va oilasi uchun yanada barqaror va to’kin hayotga erishishning mustahkam zaminini yaratish uchun ter to’kib harakat qilmoqda.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda – ishchi kuchining ish-joyi bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biron –bir qonuniy daromad manbaiga egabo’lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Odatda jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko’ra ishlab chiqishadi.
Xalqaro tashkilotlarning bergan ta’rifiga binoan “ishsizshaxslar” deganda –ishga ega bo’lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun qo’shimcha shartla rtalab qilinadi.
O’zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko’ra, “Ishsizlar–16 yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi, haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo’lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o’tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassalarida ta’lim olayotganlar mustasno). Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan, ishga joylashishda ko’mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ulartomonidan ish qidiruvchi sifatida ro’yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi”.
Ishsiz shaxslar deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rt shart mavjud bo’lishi lozim: