Kirish mustaqil O’zbekistonning kirish mustaqil


O’quvchilar nutqini o’stirish tizimida sintaktik ishlar



Yüklə 78,17 Kb.
səhifə7/7
tarix25.11.2023
ölçüsü78,17 Kb.
#134529
1   2   3   4   5   6   7
Kirish mustaqil O’zbekistonning-fayllar.org

O’quvchilar nutqini o’stirish tizimida sintaktik ishlar.
So’z birikmasi ustida ishlash.
Tilde leksik (so’z), sintaktik ( so’z brikmasi va gap) va bog’lanishli nutq saviyalari ajraladi. Shu mazmunda so’z birikmasiga leksik saviyadan sintaktik saviyaga o’tish halqasi sifatida qarladi.
So’z birikmasi leksik – Grammatik birlik bo’lib , tugallangan fikr ifodalamaydi va bu bilan gapdan farqlanadi. So’z birikmasi nutqda gap chida ishlatiladi.Bolalarda so’z birikmasini o’rgatish fikr elementi ustida ishlash hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda so’z birikmasi ustida ishlashda quydagi mashq turlaridan foydalaniladi:

  1. Bosh so’zdan ergash so’zga savol berish, so’zlarni o’zoro bog’lanishini anuiqlash. Masalan, Anvarjon yaxshi o’qiydi. Kim (o’qiydi) ? – Anvarjon.(Anvarjon )nima qiladi ? - o’qiydi. Qnday (o’qiydi) ?- yaxshi. Yaxshi o’qiydi - soz brikmasi.


  2. Gapda so’zlarning o’zoro bog’lanishini chizmada ko’satish . Bu o’quvchilarni asta -sekin murakkab qurilmalarni tuzishga o’rgatadi.


  3. Matnda uchragan so’z birikmasining ma’nosini tushuntirish .


  4. Matnda yoki faoliyat jarayonida uuuchragan yangi so’z bilan so’z birikmasi tuzish. Mashqlarni bu turi so’zning ma’nosini chuqur tushinishga va undan o’z nutqida foydalanishga yordam beradi.


  5. So’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda so’z birikmasi tuzish. Otso’z turkumi o’tilganda ot va sifat bilan (jonajon Vatanim ) , ot va boshqa ot bilan( maktab bog’i); fe’l o’tilgan , ot va fe’l bilan ( kinoga bordi, maktabda bo’ldi , uydan keldi ) kabi so’z birikmalari tuziladi .


So’z birikmasida yo;lqo’yilgan xato gap tuzishda ham xatoga olib keladi , shuningb uchun uning oldini olish kerak.



Gap ustida ishlash .
Gap ustida ishlash o’quvchining nutqini o’stirishda muhim ahamiyatga ega . Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o’quvchilarn sintaktik jihatdan to’g’ri aniq gap tuzib , tugallangan fikr bildirishga o’rgatish hisoblanadi. Gap ( Grammatik jihatdan o’zoro bog’langan , tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo’lgan ) nutq birligi birligi bo’lib , aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Bosjhlang’ich sinf o’quvchilari uchun muhimi , birinchidan gap nutq birligidir. Shunday ekan , nutqqa oid mashqlarga qo’yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham talluqlidir; ikkkinchidan , gap Grammatik tomondan tuzilgan birlik,shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchars bog’liq bo’lib, bu jarayonda gap qurilishi , gapda so’zlarning bog’lanishi va gap turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan gap til va nutq birligi bo’lib , tugallangan mazmuni bildiradi. Binobarin , gapning mazmuniy asosi , mazmun otenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog’liqligi ustida ishlash ham zarur;
To’rtinchidan , gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega , shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning mazmun bilan bo’g’liqligini tushuntirish kerak.
Analiz yoki sintezning ustunligiga qarab gap ustida ishlash mashqlari ikki turga bo’linadi;

  1. Analitik mashqlar , ya’ni tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish;


  2. Sintetik mashqlar, ya’ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar.


O’quvchilar mustaqilligi va bilish jarayonining faolligi darajasiga ko’ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo’linadi:


  1. Namuna asopsidagi mashqlar;


  2. Konstruktiv mashqlar;


  3. Ijodiy mashqlar.


  1. Gap ustida ishlashning eng oddiy , boshlang’ich , shu bilan birga eng zaruriy shakli - namunani o’qish (yozish), intonatsiyasi , ifodalilgi ustida ishlash , gapni asosini va mazmunini tushuntirish , ba’zan esa gapni yodda saqlasjh, yodlash hisoblanadi.


Gapni o’qish va kuzatish nutq o’stirishga katta yordam beradi


  1. Savol asosida gap tuzish. Bunda berilgan savol javob ( gap tuzish) uchun asos bo’ladi va ‘namuna vazifasini bajaradi.Savolda uning asosiy mazmunigina emas balki, barchas so’zlari va sintaktik chizmasi ham beriladi, Masalan : (Bolalar bog’da nima terdilar )


3. Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi .Bunday mashqlar Grammatik tushuncha va qodalarga asoslanadi . Konstruktiv mashqlar turlariga quydagilar kiradi.


1) aralash berilgan so’zlardan gap tuzish yoki tartibsz berilgan gaplardan matn tuzish.
2) Nuqtalar qo’yilmagan, bosh harf yozilmagan matndan gaplarning chegarasini ajratish.
3)Berilgan soda gapni so’roqlar yordamida bosqichli yoyish mashqi.
4) Berilgan sintaktik chizma asosida gap tuzish.
5). Berilgan gapga o’xshash , masalan uyushiq egali yoki kesimli soda yoyiq gap tuzish.
6).Ikki - uch soda gapdan bitta uyushiq bo’lakli gap tuzish.
Ijodiy mashqlarda o’quvchilar o’zlari erkin gap tuzadilar.
Boshlang’ich sinflarda ijodiy mashqlarning quydagi turlaridan foydalaniladi. 1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi. 2.Narsa yoki sujetli rasm beriladi, o’quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar 3. Ikki -uchta tayanch so’zlar beriladi, o’quvchilar shu so’zlardan qatnashtirib gap tuzadilar .
O’quvchilar yozma nutqini o’stirishda diktant turlari va o’rni.
Diktant lotincha “dicto” so’zidan olingan bo’lib “ aytib bermoq “ , “aytib turmoq” , “ so’zlamoq ,gapirmoq” degan ma’nolarni bildiraditil ta’limida o’quvchilarning imlo savodxonligini oshirishda diktantning o’rni juda muhimdir. O’quvchilar diktant yozish jarayonida fonetika , leksikalogiya , so’z yasalishi ,marfologiya va sintaksisga oid bilimlarini xotiraga lib, amalda qo’llaydilar. Bundan tashqari, ular yo’l qo’ygan xato va ularni bartaraf etish uchun o’qituvchiga ham yordam beradi. O’quvchilar mavzularni qanchalik o’zlashtirganliklarini aniqlashda ham diktantning o’rni beqiyosdir.
Diktant dastlab shartli ravishda ikkiga bo’linadi. 1.Ta’limiy diktant . 2. Nazorat diktanti.
Talimiy diktantlar. Ta’limiy diktantnlar biror imlo (orfografiya 0 qoidasi bilan bog’liq bo’lgan fonetik , so’z yasalishi va morfologik mavzuni mustahkamlash , o’quvchini ongiga singdirish va uni yozuvda qo’llay lisgga o’rgatish uchun hizmat qiladi.
Ko’zlangan maqsadiga ko’ra diktantlar uch guruhga bo’linadi;
1)orfografik xarakterdagi ta’limiy diktantlar ;
2) nazariy bilimlarni mustahkamlaydigan ta’limiy diktantlar;
3) nutqni o’stirish xarakteridagi ta’limiy diktantlar.
Diktantlarning quyidagi turlari orqali yozma savodxonlik ustida ish olib boriladi;
1. Ta’kidiy diktant . 2. Izohli diktant. 4. Saylanma diktant .
5. Erkin diktant 6. Yoddan yozuv( o’z diktant) . 7. Ijodiy diktant Takidiy diktant . Bu diktant turi o’quvchilarni yozuvda so’zlarni xato yozishdan saqlaydi, imlo qoidalarini ongli o’zlashtirishga o’ziga xos o’rin tutadi.
Izohli diktant. Diktantning bu turida hzm imlosi qiyin so’zlarning orfografiyasini eslatish va ta’kidlash orqali yozdirish o’rinli bo’ladi. Izohlanayotgan so’z dktant yozilayotgandan so’ng izohlanadi. Izohli diktant orqali o’quvchilar bilimi ikki tomonlama aniqlanadi:
1.O’quvchilarning diktant yozishdagi savodxonligi o’rganiladi. Bunda o’rganilgan imlo va Grammatik qoidalarni qay darajada qo’llayotganliklari bilinadi.
2. O’quvchilar bilimiga doir nazariy kamchiliklar bilan bog’liq o’zlashtirish darajasi aniqlanadi.
3. Lug’at diktant. Bu diktant turini o’tkazish orqali o'quvchilar so'zlarni to'g'ri talafuz qilishga odatlanadilar ,o'rganilgan imlo qoidasi o'quvchilardan qanday o'zlashtirilayotgani darajasi aniqlanadi. O’quvchilar lug’atdan foydalanishda alifbo tartibini bilishlari katta ahamiyatga ega . Lug’at diktanti yozish uchun : 2- sinfda 8 so’z, 3-sinfda 10-12 so’z, 4-sinfda 12 - 15 so’z bo’lishi mumkin.
Saylanma diktant. Saylanma diktant o’rganilgan Grammatik va imlo qoidalarini mustahkamlashga va ularni amalda qo’lllashga yordam berish bilan birga o’quvchilar mavzuni qay darajada o’zlashtirganliklarini aniqlashga ham yordam beradi.
O’z diktant yoki yoddan yozuv. Dikytantning bu turi boshlang’ich sinflarning barchasida o’tkaziladi . O’z diktant o’tkazish uchun sinf o’quvchilarining saviyasiga mos kichik bir parcha (yoki biror to’rtlik) tanlanadi . Tanlanlangan matn yozuv taxtasiga yozib qo’yiladi . Matnni o’qituvchi o’qib beradi . Matndagi izoh talab etadigan so’zlar sharhlanib, imloga doir qoidalar takrorlanadi. Shundan so’ng matn 3-4 bolaga o’qitilgach, bir necha daqiqa vaqt beriladi. O’quvchilar matnni yodlab olganlaridan so’ng , matn berkitiladi. Ular yodlagan matnlarini mustaqilyozadilar. Keyin yozuv taxtasidagi matnochiladi. O’quvchilar yozgan matnlarini tekshiradilar va xatolarini to’g’irlaydilar.
Ijodiy diktant. Ijodiy diktant o’rganilayotgan qoidalarni o’zlashtirish va yozuvda o’rinli qo’llash malakalarini mustahkamlash bilan birga o’quvchilar og’zaki va yozma nutqini rivojlantirishga ijobiy ta’sir qiladi, ularda ijodkorlik kabi zaruriy malakalarni shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Diktantning bu turidan 1-4- sinflarda keng foydalaniladi.
Yozma nutqni rivojlantrishda o’quvchilarnning imloviy malakalarini oshirish va uning ahamiyati.
Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To’g’ri yozuv - maxsus nutq faoliyati ; yozuv ham murakkab harakat bo’lib , uning asosida nutq yotadi.Imloviy malaka nutq faoliyatining kamponenti sifatida gapni sintaktik jihatdan to’g’ri tuzish, so’zni uslubiy aniq qo;\’llashni ham o’z ichiga oladi.
Imloviy malaka murakkab malaka bo’lib , uzoq vaqt davom etadigan mashqlar jarayonida shakllanadi va so’zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik tarkibini aniqlash kabilarga asoslanadi.
O’quvchilarda to’gri yzuv malakasini shakllantirish Grammatik nazaryani va imlo qoidasini o’zlashtirishga asoslanadi . imlo qoidalari birgina so’z emas, balki umumiylik mavjud bo’lgan butun so’zlar guruhini yozilishini tartibga soladi. Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har bir so’zni yodda saqlash , xotirlashdan qutqaradi, qoidaga amal qilib, belgilangan me’yorga amalqilib butun so’z guruhini yozish imkonini yaratadi.
Imlo qoidalarini Grammatik, fonetik , so’z yasalishiga oid materiallarni ma’lum darajada bilmasdan turib o’zlashtirish mumkin emas.Grammatik nazarya imlo qoidalari uchun poydevor hisoblanadi. Shuning uchun boshlang’ich sinflarda imlo qoidasi shu qoidaga asos bo’ladigan Grammatik nazaryaga bog’liq holda o’tkaziladi.
Imlo qoidalari ustida ishlash - murakkab jarayon , qoidaning mohiyatini ochish, o’quvchilar qoida ifodasini o’rganib olishlari, qoidani yozuv tajribasiga tadbiq etishlari uning asosiy komponentlari hisoblanadi.
Qoidani bilib olishlari o’quvchilarda u haqda aniq tasavvurning mavjudligiga bog’liq. Qoida asosida hosil bo’lgan aniq tasavvur so’zlarda ifodalanadi.
Imloviy malaka ongli nutq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir . Faoliyat avtomatlashishi uchun uzoq vaqt davomida maqsadga qaratilgan mashqlar bajarib boriladi. Imlo qoidalariga oid mashqlarga ; 1) Grammatik - orfografik tahlil , 2)kochirib yozuv, 3)diktantlar , 4) leksik -grammatik tahlil 5) bayonlar kiradi.
Ona tili darslarida lug’at ustida ishlash va nutq o’stirishdagi ahamiyati.
Boshlang’ich sinf o’quv dasturida “ ona tili , o’qish bolalarning lug’atini boyitish , bog’lanishli nutqni o’stirish , adabiy – estetik taffakurni komol toptirish , nutq madanyatini shakllantirish , nutq ta’sirchanligini taminlashning muhim omilidir” deyiladi. Bu vazifalar Grammatik mavzularni o’rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish , mahsus lug’aviy- gammatik mashqlar orqali bajariladi.
Lug’at ishida so’zning ma’nosi , talaffuzi va imlosi e’tiborda turadi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o’quvchilar ulardan foudalana olishlariga erishish, o’zgalar nutqini anglashlarini taminlashdan iboratdir.
Tilning lug’at boyligini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so’zlar va ularning ma’nolari quydagicha tanishtiriladi.
1. O’quvchilarni notanish so’z va iboralar bilan tanishtirish.
2. Oquvchilarni so’zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish.
3. O’quvchilar tilida kam qo’llanadigan so’zlar ma’nosi ustida shlash.
4. Yangi paydo bo’lgan so’z ma’nolari ustida ishlash.
5. Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish.
Lug’at ustida ishlashda quydagi metodik usullardamn foydalaniladi;
1. So’z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko’chma ma’noli so’zlar va iboralar, paronim so’zlar , shakldosh so’zlar ma’nosi, imlosi , talaffuzini izohlashda qo’llaniladi.
2. so’zlarni kuzatish orqali ularning imlosini , ma’nosini va talaffuzini orgatish. B usul o’zakdosh so’zlarni o’rgatish , imlosi va talaffuzini o’rgatishda qo’llaniladi.
3. So’zlarni belgilariga ko’ra guruhlash usuli. Guruhlash aqliy faoliyat usuli bo’lib , u ona tili mashg’ulotlarida o’quvcjhilarning so’z boyligini oshirishda muhimdir. Bu so’zlarning anglanayotgan ma’nosi , turkumi , yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratishga imkon beradi.
Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo’llari.
Nutqiy xatolarga noto’g’ri ( noo’rin ) qo’llanilgan so’zlar , noto’g’ri tuzilgan gaplar , morfologik shakllarni noto’g’ri ishlatish kiradi. Boshlang’ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin , chunki ularni to’g’irlash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy berilgan ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali , muntazam ish olib boorish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish lozim.
Nutqy xatolar uch turga ajratiladi; lug’aviy - uslubiy , morfologik -uslubiy, sintaktik - uslubiy.
Lug’aviy uslubiy xatolarga quydagilar kiradi.
1.bir so’zni qayta -qayta ishlatish.
2. So’zning ma’nosini yoki ma’no qirasini tushunmaslik natjasida uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik.
3. Shevaga xos so’zlardan foydalanish.
Xatolarni to’g’irlash va ularning oldini olish tizimi.
1) nutqqa oid xatolarni o’quvchilar daftarida to’g’irlash;
2) sinf o’quvchilari uchun umumiy bo’lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash;
3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni toppish va tushuntirish uni tog’irlash.
4) yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan nutqiy xatolarning oldini olishga qaratilgan uslubiy mashqlar tizimi;
5) o’quvchilar tuzadigan matn leksikadan, ayrim sintaktik qurilmalardan foydalanishga tayyorlash maqsadida har bir hikoya , insho , bayondan oldin uni til jihatdan mashq qilish;
6) imkoni bo’lsa, Grammatik mavzu o’rganilayotganda , shu mavzu o’rganilayotganda , shu mavzu xatoning oldini olish uchun xizmat qilishini ko’rsatish - tushuntirish;
7) o’quvchilar o’zlari yozgan insho va bayonlarni o’zlari tekshirishga va ularni mustaqil takomillashtirishga maxsus o’rgatish.
O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishdagi muvaffaqiyat quydagi uch omilga bog’liq;
1) so’zga e’tibor bilan munosabatda bo’lish , o’quvchilarning ko’p mutolaa qilishi, atrofdagi kishilarning to’g’ri va ifodali nutqi, ya’ni nutq sharoiti;
2) bolalar nutq tajribasi qanday tashkil etilishi;
3) nutq o’stirishda o’qituvchining nutq nazaryasiga , grammaikaga, leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish ko’nikmasi .
Bishlang’ich sinflarda o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirishda interfaol usullardan foydalanish.
Interfaol metod - ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’quvchilar o’rtasidagi faolikni oshirish orqali ularning o’zoro harakati ta’siri ostida bilimlarnio’zlashtirishni kafolatlash , shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga hizmat qiladi.
Hamma o’quv materallari ham o’uvchilar uchun qizaqarli bo’lavermaydi. Bunday hollarda didaktik o’yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. O’quvchilar nutqini o’stirishda o’yinlarning o’rni beqiyosdir .O’yin orqali bolada sezgirlik , hozirjavoblik ,topqirlik , epchillik, tez fikrlay olish , analiz, sintez , ruhiy ko’tarinkilik , mashg’ulotga ishtiyoq va qiziqish kabi ko’plab sifatlar o’sadi va rivojlanadi. Ana shunday o’yinlarning ayrimlarini keltirib o’tamiz.


<< Hikoya >>
O’qituvchi xattaxtaga bir necha so’z yozib qo’yadi . o’quvchilar mustaqil ravishda shu so’zlar ishtirokida gap tuzadilar.
O’quvchilar hikoya tuzar ekanlar , ularning lug’at boyligi ortishi bilan birgalikda, gaplarni to’g’ri tuzish , tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish va mustaqil fikrlash malakalari shakllanadi.
O’quvchilarni vaqti -vaqti bilan rag’batlantirisho’quvchilarning o’ziga bo’lgan ishonchini ortiradi.
1- variant: Nafisa, soat, yomg’ir, kitob .
2- variant: Olma , kasal , o’rtoq ,Abduvali.
3- variant: Mushuk, bobo, poliz, non ,sichqon.

<< Noto’g’ri jumla >>
Bu o’yin suralar asosida o’tkaziladi . O’quvchini suratni tasvirlab berishiasosida suratga tegishli bo’lmagan jumlalarni ham ishlatadi. O’quvchilar ziyraklk bilan shu jumlalarni topishi lozim.
O’quvchilar bu o’yin davomida ziyraklik ,sinchkovlik bilan kuzatib turib o’qituvchining hikoyasini ham sinchikovlik bilan kuzatib turadilar. Har bir noto’g’ri jumlani topishi ularga o’ziga bo’lgan ishonchi va darsga bo’lgan qizizishini oortiradi.

<< Bo’lishi mumkin emas >>
Bu o’yinni o’tkazishda o’qituvchi matnni o’qiydi. O’quvchilar bo’lishi mumkin bo’lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim.
Hazil -mutoiba bilan o’tadigan biu o’yin o’quvchilardan ziyraklik , sinchikovlik va kuzatuvchanlikni talab etishi bilan birgalikda , ulardan atrofida sodir bo’layotgan voqea - hodisalarga befarq bo’lmaslikni ham talab etadi. Undan tashqariularning darsdan tashqari bo’lgan ilmiy omabop va ilmiy adabiyotlarga ham qiziqishini ortiradi va hikoya tinglash ko’nikmalarini shakllantiradi.
Bu o’yin bir necha marotaba o’tkazilgach , keyinroq o’quvchilarga shunday hikoyachalar yozishni topshirish ham mumkin .
Masalan; Dushanba dam olish kuni bo’lgani uchun Olim hayvonot bog’iga bordi . U hayvonot bog’ida suvda suzayotgan sherni , sayrayotgan baliqni va kattakon , bahaybat bulbulni ko’rdi.

<< Sirli so’z >>
O’qituvchi o’quvchilarga sirli katakchalarda bir hil so’z necha marta takroranganini topishni aytadi . Eng ko’p topgan o’quvchi g’olib bo’ladi. << Sirli so’z o’yini >> o’quvchilarga boshqotirmalarni hal etishdagi dastlabki bilimlarni beradi.
<>
O’qituvchi xattaxtaga ikki yoki undan ortiq so’zni yozadi . O’quvchilar o’qiganlaridan so’ng << tun >> deb buyruq beradi. Bolalar ko’zlarini yumib oladilarva o’zlarini uxlaganga soladilar. O’qituvchi bo’g’inlardan birortasini yoki harflardan birortasini almashtirib qo’yadi. << kun >>degan buyruqdan so’ng bolalar ko’zlarini ochadilarva qanday o’zgarish b’lganligini topadilar .
1- variant : Karima –Salima, Sobir- soat, oldi -qoldi.
2- variant : Bolalar- boliarilar, Sharif - sharf, son - kon.


<>
Bu o’yindan barcha darslarda qo’shimcha savollar berishda yoki turli ertaliklardan foydalanish mumkin.Baliqchalar shaklidagi qog’ozchalarga savollar yoziladi va bir chetiga temir qisqichlar qistiriladi. Qarmoq shaklidagi tayoqlarning uchiga ip bog’lanadi va ipning uchiga magnit toshchasi bog’lab qo’yiladi. Oquvchilar bu <> yordamida << baliqlar >> tutiladi va undagi savollarga javob beradi.
O’qituvchi didaktik o’yinlardan samarali foydalanishi o’quvchilar bilimini oshiradi va rivojlantirishida katta o’rin egallaydi.
Xulosa .

Millat taffakurini rivojlantiruvchi , ma’naviyat va mafkurani ko’rsatib turuvchi asosiy mezon - tildir. Ona tili talimidan asosiy maqsad nutq sanatini mukammal egallagan mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan , qiroat va muloqat madanyati rivojlangan ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdir . O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqiyotning demakratik - huquqiy , fuqorolik jamyati qurish yo’lidan dadil bormoqdaIqtisodiy , madaniy - ma’rifiy, xalq ta’limi sohasida islohatlarva yangilanish jarayonlari bosqichma – bosqich , izchillik bilan amalga oshirilmoqda . Zero , jamyatning taraqiyoti, uning rivojlangan mamlakatlardan munosib o’rin egalashi bugungi kunda talim olayotgan yoshlarning ma’naviy salohiyati , keng dunyo qarashi va keng ilmiy , mustaqil fikrlashiga bog’liq . Mustaqillik tufayli o’z ona tilimizni o’rganish va uning rivoji uchun hissa qo’shgan ajdodlarimiz merosini o’rganish va ularni omalashtirish yo’lida katta ishlar amalga oshirildi . Bugungi kunda yurtimizda ta’lim tarbiya sohasiga katta e’tibor berilmoqda . Albatta bu e’tiborning tub zaminida , Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash masalasi turibdi . Buning uchun eng avvalo ularga yaxshi ta’lim va tarbiya berish lozim . Ilm fan va texnika shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash muhim vazifa hisoblanadi . Buning uchun ularni eng avvalo o’z ona tilida ravon so’zlay olishi va og’zaki , yozma nutqi rivojlangan bo’lishi lozim . shu nuqtai nazardan boshlang’ich o’qiuvchilar zimmasiga masulyatli vazifa yuklanadi ya’ni ular ona tilimizning keng va o’ta qimmatli boyliklari bilan o’quvchilarni tanishtiradilar . Bunda o’qituvchidan chuqur bilim va saviya , zamon bilabn hamnafaslik ,zamonaviy bilimlarni egallagan bo’lishi va eng so’ngi o’quv texnikalaridan foydalana olishi lozim. Bizning bugungi kunda o’quvchilarga qanday ta’lim – tarbiya berishimiz yurtimiz kelajagini belgilab beruvchi muhim omillardan biridir . O’quvchilar chuqur bilim olishlari uchun eng avvalo og’zaki va yozma nutqlari o’sgan bo’lishi lozim . o’quvchilar nutqini o’stirishda boshlang’ich sinflarda o’qish va ona tili darslarining o’rni beqiyosdir . O’quvchilarning bilimini oshirishda yozma nutq muhim ahamiyatga ega . Yozma nutqni o’rgatish , rivojlantirish murakkab va izchillikni talab etadi . Yozma nutqni rivojlantirish uchun , barcha nutq turlarini rivojlantirish lozim Yozma nutq har bir inson hayotida muhim o’rinni egallaydi.


Shuning uchun ham o’quvchilar nutqini ostirishda o’qituvchi barcha qobilyati va malakalarini ishga solishi lozim .

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .


http://fayllar.org
Yüklə 78,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin