Kirish o`quvchilarni tarbiyalashda diktantning roli va ahamiyati. Diktant yozishga tayyorlash. Diktant va uning turlari. Xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash



Yüklə 73,41 Kb.
səhifə16/16
tarix15.02.2023
ölçüsü73,41 Kb.
#123394
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Diktont


Tanlab ko'chirish (Berilgan gaplardan yoki matndan muayyan bir so'z turkumini; ot va fe'ldan yoki ot va otdan, sifat va otdan tuzilgan so'z birikmalarini ko'chirish).


ONA TILI DARSLARIDA YOZMA SAVODXONLIKNI OSHIRISH Radjabova Komila Bahodirovna, Xalq ta’limi a’lochisi, Navoiy shahar 11-AFCHO‘IM o`qituvchisi Bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri o`quvchilarimizni yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimli, keng mushohadali, ijodkor va eng asosiysi, savodxon 454 qilib tarbiyalashdir. Bu vazifani bajarish uchun esa ona tili ta’limi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklatiladi. Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standartiga asosan, ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri hamda ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Shunday ekan, ona tili darslarida yozma nutq ko`nikmasini shakllantirish ancha murakkab jarayon bo`lib, unda savodxonlik, ijodiylik, fikrni aniq, qisqa va tushunarli tarzda bayon eta olish muhim jihat hisoblanadi.Yozma nutq savodxonligi o`quvchidan o`z fikr-qarashlarini tilning imloviy-grammatik qoidalariga, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda ifodalashni talab etadi. O‘qitish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat o‘quvchilar og`zaki tarzda chiroyli fikr yuritishadi, ammo fikrlarini yozma bayon etishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Buning tub sababi shuki, ularda yozma nutq kam rivojlangan. Yuqoridagi muammoning yechimini topish uchun quyidagicha ish tutmoq joiz : - darslarni AKT vositalari yordamida - slaydlar, videolavhalar namoyishi asosida tashkil etish; - dars jarayonida yopiq test savollariga yozma javob berish; - har bir darsning ma’lum bir vaqtida lug`at diktant o`tkazish; - “Husnixat daqiqasi” ni muntazam tashkil etib borish; - “Talaffuzi va imlosi qiyin bo`lgan so`zlar lug`ati” ni yaratish; - Hikoya matni, muhokama va tasviriy matnlar yaratish; - imlo qoidalariga aloqador test topshiriqlari to`plamini tayyorlash; - savodxon o`quvchilarni har bir dars davomida rag`batlantirish; Imlo me’yorlari, ya’ni to`g’ri yozish me’yorlari nutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon hisoblanadi. Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi asosidagi yozuv me’yorlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995yil 24-avgustda tasdiqlangan “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ga tayanadi. So`z va qo`shimchalarni to`g’ri yozish, qo`shib va ajratib yoziladigan so`z hamda so`z shakllarini bilish, bosh harflar bilan yozilishi kerak bo`lgan so`zlarni farqlash kabi imlo amallarini o`zlashtirmasdan turib yozma savodxonlikka erishish mumkin emas. Demak, ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishning asosiy omillaridan biri – o`quvchilarning imlo qoidalarini bilishi masalasidir. Imlo savodxonlikni tarkib toptirishda audiovosita orqali so`zlarni eshittirib, so‘ng yozdirish ham samarali usul hisoblanadi. Bu usul so`zning to`g’ri talaffuzi va imlosini eslab qolishga yordam beradi. Pedagogikada so`zning to`g’ri yozilishini eslab qolish usuli orqali ham imlo savodxonlik rivojlantiriladi. Bunda imlosi nisbatan murakkab bo`lgan so`zlar o`qituvchi tomonidan yozuv taxtasiga yozib qo`yiladi. O`quvchilar bir necha daqiqa davomida so`zlarni kuzatib, imlosini eslab qolishga harakat qilad ilar. Shundan so`ng yozuv taxtasidagi yozuvlar o`chiriladi, o`quvchilar xotiralari asosida so`zlarni daftarlariga yozadilar. O`zaro tekshirish usuli bilan so`zlarning imlosi o`rganiladi, xatosi bo`lsa tuzatiladi. Shuningdek, darsning ma’lum bir qismida lug ’at diktantlar yozdirish ham o`quvchilar savodxonligi oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, juda ko`p o`quvchilar x va h harflari qatnashgan so`zlar imlosida yanglishadilar. Bunday hollarda quyidagicha lug’at diktant yozdirish mumkin:Saxiy, sohil, hunar mehnat, mohir, xasis, shaxs, Buxoro, hayron, Hindiston, xushmuomala, hosil, baxt, kimxob, Muhayyo, mehribon, taxta, gunoh, xabar … O`quvchilar nazorat diktant yozish jarayonida ham yozuv tezligi, yozuv malakasi hamda imloviy savodxonlik dara jasi ko`nikmalariga ega bo`ladilar. Bugungi zamon talabiga muvofiq, nazorat diktantlarini elektron o`quv vositalari yordamida tashkil etish vaqt tejalishiga, qolaversa, savodxonlikni yuqori darajaga olib chiqishga yordam beradi. Buning uchun kompyuter ov oz qurilmasiga diktant matni o`quvchilarga tushunarli bo`lgan ravon talaffuz bilan ovozli yozib olinadi. Bolalarning yozuv tezligini hisobga olib, vaqt belgilash dasturi sozlanadi. Kompyuter ish stolida “Diktant dasturi” yorlig’i vositasida dastur ishga t ushiriladi. O`qituvchi dastur oynasidagi diktant mavzulari ro`yxatidan kerakli mavzuni tanlab beradi va shu zahotiyoq diktant yozishga kirishiladi. Diktantni yozdirish odatdagidek uch bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab matndagi gaplar o`qiladi, o`quvchi diqqat bilan tinglaydi. Shundan so`ng matn o`qiladi, o`quvchi yozadi. Yozib bo`lingach, matndagi gaplar o`qiladi, oquvchi yozganlarini tekshirib oladi. Nazorat diktanti kompyuter yordamida tekshiriladi. Buning uchun dasturning asboblar panelida joylashgan “Tekshirish” tugmasi bosiladi. O`quvchi yozgan diktant matnidagi xatolar qizil rang bilan belgilanadi , imloviy va ishoraviy xatolar soni matn ostida ko`rsatiladi. Shu natijaga ko`ra, o`quvchi yozgan diktant baholanadi. Eng qizig’i shundaki, ko`p xatoli klarga yo`l qo`ygan o`quvchilar nazorat ishini qayta topshirib, bir vaqtning o`zida xatolar ustida ham ishlaydilar. Bunday zamonaviy texnik vositalar asosida nazorat diktantlarining tashkil etilishi o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishlari yanada os hishiga xizmat qiladi. O`quvchi yoshlar savodxonligini yaxshilashda, ularning lug’at boyliklari kengayishida lug’atlar ustida ishlashning ahamiyati juda katta. Ona tili darslarida lug’at ustida ishlash o`quvchilar nutqini o`stirishga, savodxonligini o shirishga, so`z boyligini kengaytirishga qaratiladi. Bugungi kunda maktab ona tili darsliklariga o`quvchilarni lug’at bilan ishlashga o‘rgatuvchi leksikografik mashqlar ham kiritilgani quvonarli holdir. Bu mashqlarni bajarish davomida o`quvchi ona tilining lug’at boyligini o`rganadi, lug’at tarkibidagi so`zlarni to‘g’ri yozishga intiladi, yangiyangi so`zlar bilan tanishadi. 455 456 Xullas, ta’lim jarayonida yuqoridagi usullardan unumli foydalanish o`quvchilarning yozma savodxonliklarini oshiradi, bilimlarini mustahkamlaydi.
Yüklə 73,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin