1. Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so`zlarni aniqlash.
2. Xat boshidan yozish.
3. Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi.
4. Ko`plik qo`shimchalarini to`gri yozish.
5. Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish.
6. Chiroyli yozuv.
XULOSA;
Diktant O`quvchilarni yozma nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jixatdan sodda va tushunarli bo`lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Birinchi sinfda diktant yozishda mo`ljallangan matn to`rt - besh gapli bo`ladi. O`qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o`qiydi. Har bir so`zni diktovka qilib yozdiradi. Xar bir gap tugagandan so`ng takrorlab o`qiydi. O`quvchilarga yangi gap bosh xarflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo`yilishini ham o`rgatiladi.
O`qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi.
O`quvchilarni diktant yozishga tayyorlash, ular yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni oldini olish ustida muntazam ishlash odatlantirishning sharti hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. K.Qosimova va b. Ona tili metodikasi.Toshkent. Nosir. 2009 yil 2. 2 DTS. "Boshlang`ich ta`lim" 5-son 2005 yil.
3. M.Jumaniyozova. M.Tilavova Husnixat va uni o`qitish metodikasi. (Ma`ruza matnlari) Urganch 2005 yil.
4. K.Abdullaeva. Savod o`rgatish metodikasi. Toshkent "O`qituvchi" 2006 yil
5. onatili.uz
Nazorat diktant: Nazorat diktanti o`quvchilarning yaqinda yoki ilgari o`rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan bilimlarni o`quvchilar qay darajada o`zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Nazorat diktantlar asosan har chorak oxirida, ba’zan bilimlar o`rganilgandan so`ng ham o`tkazilib turiladi. Nazorat diktanti shunisi bilan muhimki, o`quvchilarning diktant yozish jarayonida yo`l qo1yilgan xatolari chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan nazorat diktantning ta’limiy ahamiyati katta.
ONA TILIDAN BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARNI NAZORAT QILISH
Bilimlarni o’zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o’quvchilar qanday o’zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi.
Tekshirish o’quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan qanchalik foydalanishini aniqlashni ta’minlaydi. Bu, o’z navbatida, o’quvchilarning yangi materialni o’rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo’llanilgan metod va usullarning samaradorligini baholashga, ish metodlariga ayrim o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish o’quvchilar uchun, birinchidan, to’g’ri shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o’z-o’zini tekshirishni o’stiradi.
Maktab tajribasida tekshirish og’zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi; bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq etiladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan bilim, ko’nikma, malakalar og’zaki va yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo’yiladi. Bunda o’quvchilarning grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so’zni va gapni tahlil qila olishlari, bilimni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. O’quvchilar yozma ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tekshirib boriladi. O’qituvchi 1-sinfda o’quvchilarning barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni tekshiradi. Boshqa sinflarda yangi mavzu o’rganilgan davrdagi yozma ishlarni tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tekshiradi.
Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, grammatik, so’z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, tekshiruv ko’chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir chorakda bir marta tekshiruv ishi o’tkaziladi. Bulardan tashqari, o’quv yili davomida bir necha martadan diktant, grammatik topshiriqli yozma ishlar, test, bayon va insho o’tkaziladi. Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: |