Diktantlar kuzatilgan natijani berish uchun uni tashkil etish va o`tkazishda ayrim talablarga rioya qilish zarur. 1. Kontrol ish ma`lum bir mavzu o`tilib , O`quvchilarda zarur malaka hosil bo`lgach, o`tkaziladi. Aks holda kontrol ish qiyinroq o`tkaziladi. 2. Kontrol ish tekshirilganda yaqinda o`rganilgan mavzular bilan bir qatorda ilgari o`rgatilganlar yuzasidan yo`l qo`yilgan xatolar ham hisobga olinadi. 3. Diktant uchun materiallar sifatida ma`lum bir mavzudagi bog`lanishli tekst ba`zan alohida gaplar olinadi. Har bir sinf uchun so`zlar soni quyidagicha belgilangan: 1-sinfda ikkinchi chorak oxirida 20 so`z, yil oxirida 40 so`z; 2-sinfda ikkinchi chorak oxirida 55 so`z, yil oxirida 65 so`z ; 3- sinfda ikkinchi chorak oxirida 75 so`z, yil oxirida 85 so`z; Diktant tekstining qiyinligi o`rtacha bo`lishi, ma`lum qadar imlosi o`rganilmagan so`zlar kiritilmasligi yaqinda o`tilgan mavzuga oid 2-6 so`z bo`lishi talab etiladi. Diktant teksti O`quvchilarning turli qoidalarga oid yo`l qo`ygan xatolarini aniqlash, taqqoslash imkoniyatini beradi. Tekstda ma`lum bir qoidaga oid nechta so`z bo`lishini bilgan O`qituvchiga O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolar hisobini olish, ular urtasidagi farqni aniqlash oson bo`ladi. 4. O`qituvchi diktant tekstini o`qib, ayrim tushunarsiz so`z va iboralarni yo`l-yo`lakay tushuntiradi, O`quvchilar yozmay, faqat tinglab esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qiladi. O`qituvchi yig`ik sodda gaplarni butunligicha, yoyik sodda gap va qo`shma gapni esa qismlarga bo`lib yana o`qiydi, O`quvchilar yozadilar. Gaplar qayta o`qilganda O`quvchilar yozganlarini tekshirib ko`radilar. Tekst diktovka bilan yozdirilgach, O`qituvchi tekstni yana bir marta sekin o`qiydi, O`quvchilar yozganlarini tekshiradilar. Masalan, 1-sinfda so`zlarni so`roq berish orqali bir-biridan farqlash; 2-3 sinflarda so`z turkumlarini, otlarning egalik qo`shimchalarini topib, shaxs-sonini aniqlash, qaysi kelishikda turlanganini farqlash, fe`llarning qaysi shaxs-sonda turlanganini, zamonini aniqlash, xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash. O`qituvchi o`z o`quvchilarining imlo va grammatikadan qay darajada malaka hosil qilganini aniqlash va bu malakani takomillashtirib borish uchun ularning yozma ishda yo`l qo`ygan xatolarini hisobga olib borishi zarur. O`qituvchi diktant natijalarini hisobga olib boradigan daftariga eng bo`sh o`zlashtiruvchi O`quvchilar uchun alohida varaq ajratib, ular yo`l qo`ygan xatolarni yozib boradi. Bu O`qituvchiga O`quvchilarning orfografik savodxonligi qanday o`sishini ko`zatib borishga, ayrim O`quvchilarga sinfda va uyda bajarish uchun shaxsiy vazifalar berishga differensial yordam uyushtirishga imkon beradi. O`quvchilar yozma ishlarida yo`l qo`ygan xatolarini tugrilash ustida o`zlari ham mustaqil ishlaydilar. Buning uchun ular xato yozgan so`zlarini tug`rilab ko`chirib yozish bilangina chegaralanmay, ularni hisobga oladilar. Oradan ma`lum vaqt o`tgach, O`qituvchi frontal suhbat vaqtida yoki O`quvchidan o`tilgan mavzuni so`rayotgan paytida zarur bo`lgan so`zlarni yozib berishini va qoidasini tushuntirishini so`raydi. Bu hildagi ish O`quvchilarni aktivlashtiradi. O`qituvchi chorak oxirida, yarim yilda, yil oxirida O`quvchilar ishida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni to`la analiz qilishi mumkin. U tipik xatolarni yozib borish va ularni O`quvchilar o`rgangan qoidalari asosida klassifikasiya qilish natijasida sinfdagi O`quvchilarning grammatika va imlodan o`zlashtirishi xaqida to`la tasavvurga ega bo`ladi. O`qituvchi O`quvchilar yo`l qo`yayotgan xatolarning sababini bilishi muhim ahamiyatga ega. Xatolarning kelib chiqish sabablari turlicha bo`lib, asosiylari qo`yidagilar hisoblanadi: