1. O`quvchi qoidani bilmaydi; 2. Qoidani biladi, lekin uni yozuvda qo`llay olmaydi; 3. Qoidalarni aralashtiradi; 4. Yozayotgan so`zlarini ma`nosini tushunmay xato qiladi; 5. ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi, yoki noto`g`ri talaffuz qiladi, yozish jarayonida o`zini tekshirib bora olmaydi. O`quvchilarning grammatik bilim va to`gri yozuv malakalarini hisobga olib, ona tilidan o`zlashtirishlari baholanadi. Boshlang`ich sinflarda bitta baho qo`yiladi, bunda O`quvchilarning savodli yozishi hal qiluvchi rol o`ynaydi. Ona tilidan bilim va malakalarini baholash me`yori I - IV sinflar rejasiga berilgan. O`quvchilar yo`l qo`ygan xatoning oldini olish va to`grilashda yozma ishlarni tahlil qilish darslari katta ahamiyatga ega. Bunday darsning ko`rilishi kontrol ishning xarakteriga ko`ra turlicha bo`ladi. Diktant tahlilida O`qituvchi bolalar diqqatini jamoa ishiga jalb etish uchun daftarlarni avval tarqatmaydi. Sinfda O`quvchilar yo`l qo`ygan tipik xatolar ustida ishlanadi. O`qituvchi doskada, boshqa o`quvchilar daftarlariga sinfdagi ko`p o`quvchi xatoga yo`l qo`ygan so`z, yokigaplarni yozadilar; U yoki bu so`zning qanday yozilishi, nima uchun shunday yozilishi aniqlanadi; To`g`ri yozuv qoidalari takrorlanadi. Tipik xatolar juda ko`p bo`lmaydi, shuning uchun O`qituvchi ular tahlilini tez tugatib, takrorlangan qoidaga oid so`z tanlash, shu so`zni qatnashtirib gap yoki so`z birikmasi to`zish va uni yozishni mashq qilishi yaxshi natija beradi. Darsning ikkinchi qismida O`quvchilarning individual xatolari tahlil qilinadi. O`qituvchi O`quvchilar daftarlarini tarqatadi. Ular O`qituvchi tomonidan togrilangan so`zlarni topadilar va daftarlariga yozadilar, ular ishtirokida gaplar tuzadilar va xokazo. Faqat bunday darslardagina emas, balki boshqa darslarda ham xatolar ustida izchil ravishda ishlab boriladi. Har bir dars, har bir O`quvchining javobi, har qaysi yozma ish O`quv predmetida berilgan bilimlarini o`zlashtirish darajasini ko`rsatib, O`qituvchi O`quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar, keyingi darslarda nimaga ko`proq e`tibor berish kerakligi haqida ma`lumot beradi. O`qituvchi alohida O`quvchi va butun sinf bilan olib boriladigan ishlarning aniq rejasini tuzish uchun sinf ishini diqqat bilan kuzatishi, og`zaki va yozma javoblarni to`g`ri baholab borishi, o`z daftarchasiga zarur ma`lumotlarni yozib borishi lozim. Grammatikadan - yozma grammatik tahlil, ma`lum sxema asosida gap bo`laklari, so`z turkumi yoki so`z tarkibi jihatidan tahlil qilib, gap