Kirish Reja: 1: Majburiy to’lovlarning mohiyati va ularning tasniflanishi 2: Majburiy to’lovlar auditini tashkil qilishning ahamyati 3: Majburiy to’lovlar auditini rejalashtirishir va tashkil etish 4


Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazish tartibi



Yüklə 100,36 Kb.
səhifə7/12
tarix24.11.2022
ölçüsü100,36 Kb.
#119834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi 4 audit KK

3. Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazish tartibi
Ijtimoiy sug‘upta va taʼminot fondlariga to‘lovlar hisoblanishi hamda to‘lanishini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda quyidagilar bajariladi:
har bir fond turi bo‘yicha va cug‘ypta turi bo‘yicha to‘lov (badal) hisoblash uchun qabul qilingan bazaning ishonchligini aniqlash;
tegishli fondlar bo‘yicha sug‘urta badallari stavkalarini qo‘llashning to‘g‘riligini tekshirish;
hisob-kitoblarni tekshirish;
cug‘upta badallarini hisoblash manbalarini tekshirish.
Moliyalashtirish manbaidan qatʼiy nazar barcha asoslar bo‘yicha xodimlar foydasiga hisoblangan, pul va (yoki) natura shakldagi to‘lovlarning barcha turlari ushbu fondlarga sug‘urta badallarini hisoblash uchun obʼekt bo‘lib hisoblanadi.
Sug‘urta badallarini hisoblash uchun qo‘llaniladigan bazaning ishonchliligini tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:
hisobot davrida hisoblangan va to‘langan mehnat haqi hamda boshqa to‘lovlar turlarini aniqlash;
haqiqatda cug‘urta badallari hisoblangan to‘lovlar turlarini, tegishli ijtimoiy cug‘ypta fondiga sug‘ypta badallari hisoblanmaydigan to‘lovlar ro‘yxatiga muvofiq ular hisoblanishi yoki hisoblanmasligi lozim bo‘lgan to‘lov turlari bilan taqqoslash;
tegishli fondlar bo‘yicha sug‘urta badallarining to‘liq to‘lanmagan (yoki oshiqcha to‘langan) miqdorini aniqlash.
Oldin hisoblanmasdan, korxona kassasidan berilgan har xil to‘lovlarni (moddiy yordam, mukofot) maxsus eʼtibor bilan tekshirish kerak.
So‘ngra hisoblangan va to‘langan cug‘ypta badallarining hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini aniqlash zarur. Bunda xodimlarga to‘langan to‘lovlarning cug‘ypta badallarini hisoblash moliyalashtirish manbasi hisobidan aks ettirilayotganligiga eʼtibor qaratiladi. Tekshiruv natijalari ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Tekshiruv yakunida auditor aniqlangan tafovutlarning hisobot ko‘rsatkichlariga (tannarx va moliyaviy natijaga, ijtimoiy sug‘urta va taʼminot bo‘yicha qarzlar miqdoriga), jiddiylik darajasini hisobga olgan holda, qanday taʼsir ko‘rsatishini aniqlaydi.
Auditor korxona mulki va xodimlarini sug‘urta qilish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, korxona xodimlarining nafaqa taʼminoti va tibbiy sug‘urtasi, maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar, shuningdek, uchinchi shaxslar mulkiy manfaatlariga keltirilgan zararlar uchun fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha qarzlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirishga mo‘ljallangan quyidagi schyotlarni tekshirib chiqadi:
6510 “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar”;
6520 “Davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar”.
6510 “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar” schyoti korxonaning mulki va xodimini sug‘urtalash bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
6520 “Davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar” schyoti maqsadli davlat jamg‘armalari oldidagi ajratmalar bo‘yicha qarzlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Sug‘urta to‘lovlari va davlatning maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar bo‘yicha qarz summalari sug‘urta va davlatning maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning kredit tomonida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Sug‘urta to‘lovlari va davlatning maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar bo‘yicha qarz summalarining to‘lanishi sug‘urta va davlatning maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning debet tomonida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Sug‘urta va davlatning maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) bo‘yicha analitik hisob sug‘urtachilar va alohida sug‘urta shartnomalari, shuningdek korxona to‘lovchi deb hisoblangan har bir davlatning maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha alohida yuritiladi.
Sug‘urta va davlatning maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishiga doir schyotlar korrespondensiyasi auditor tomonidan sinchiklab tekshirib chiqiladi:

Yüklə 100,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin