Kiritish-chiqarish kanallari va protesessorlar reja: Kiritish chiqarish tizimlarini tashkil etish. Kiritish-chiqarish boshqarish vositalari, kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlari. Kiritish-chiqarish modullari



Yüklə 76,38 Kb.
səhifə3/9
tarix25.11.2023
ölçüsü76,38 Kb.
#134688
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kiritish-chiqarish kanallari va protesessorlar

Elektrostatik digitayzerlarda kursor ostidagi to’rning elektrostatik potencialini lokal o’zgarishi qayd qilinadi, elektromagnitlarda esa kursor tur qabul qiladigan elektromagnit signalni nurlatadi. Elektromagnit digitayzer tashqi manbalar, masalan monitorlar yaratayotgan holaqitlarga sezgirdir.
Digitayzerni tanlahda birinchi navbatda ko’rsatish qurilmasining qulayligi va ishonchliligiga ishonch hosil qilish kerak. Kerakli o’lchamdagi ishchi maydomini tanlash kerak — u 6x8 dyuymdan 44x62 dyuymgacha oraliqda bo’ladi. Kursor koordinatalarini uzatishning kerakli aniqligini baholash va uni digitayzerning o’tkazish qobiliyati bilan taqqoslash kerak. Va nihoyat, hamma kerakli dasturli ta’minot va xususan, drayverlarning borligiga ishonch hosil qilish lozim.
Ko’rsatish qurilmasi 
Pero bitta, ikkita yoki uchta knopka bilan jixozlangan qurilmadir. Oddiy va pero uchini planshetga bosiladigan kuchlanishni aniqlaydigan perolar bor. Keyingi perolarni ko’pincha rassomlar ishlatadilar, negaki ular bosishning 256 ta gacha gradaciyasini qabul qila olishi mumkin (bosish darajasi chiziq qalinligiga, ranglar tusiga, ranglar palitrasiga ta’sir ko’rsatadi). Bunday imkoniyatlarni amalga oshirish uchun quyidagi dasturlar kerak: Adobe PhotoShope, Aldus PhotoStyler, Autodesk Animator Pro, Corel Draw va b.
Kursorlar kamroq, odatda murakkab ilovalarda ishlatiladi, ular to’rtta, sakkizta, o’n ikkita, o’n oltita klavishali bo’ladi. Standart ravishda ikkitadan to’rttagacha klavishalar ishlatiladi, qolganlari dasturilovalarda, masalan, AutoCad da dasturlashtiriladi. Kursor shakllari juda turlichadir, hattoki sichqoncha shakligacha bo’ladi. Kursorlar ham, perolar ham simli va simsiz bo’lishi mumkin. Oxirgi variant ishda qulaydir, lekin uning uchun batareyka bo’lishi va mos ravishda qo’shimcha xizmat ko’rsatish lozim bo’ladi.
Digitayzer asoslari qattiq va egiluvchan bo’lishi mumkin, keyingisi kam og’irlikda, tashishda ixcham va arzonroqdir.
Digitayzerlarga misollar: CalComp DrawingFlex 333641, 334841; GTCO Roil-up 2024R, 3036R, 3648R (hammasi egiluvchan); Cal Comp DrawingBoard 3400, Summa Grid, Kurta XLC, GTCO Super L22 (hammasi qattiq, katta formatli 1220x 1 524 mm gacha); CalComp Drawing Board III 34180, Hitachi Puma Pro, GTCO Ultima, Kurta XLP, Kurta XLT, SummaSketch III (hammasi qattiq, A3 formatli).


Yüklə 76,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin