Kiritish-chiqarish tizimlarining tashkil etilishi, kiritish-chiqarishni boshqarish vositalari, kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlari, kiritish-chiqarish modullari, portlar va ularining vazifalari Reja
Kiritish-chiqarish modullari, portlar va ularning vazifalari
Kalit so’zlar:Kiritish-chiqarish modullari, kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlarishina, standart, protokol.
1. Kiritish-chiqarish tizimlarining tashkil etilishi, kiritish-chiqarishni boshqarish vositalari, kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlari Zamonaviy kompyuter yoki kompyuter tizimi uchta asosiy tashkil etuvchilardan iborat:
- protsessor; xotira (asosiy va yordamchi xotira); ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, monitor, printer, modemlar).
Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi deganda – ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalarini (MKChQ), kompyuterning boshqa qurilmalari bilan qanday bog‘langanligi va ular o‘zaro qanday ma’lumotlar almashinishi tushuniladi.
Kompyuterning asosiy platasida – protsessorning mikrosxemasi, asosiy xotira modullari bo‘lgan DIMMlar uchun mo‘ljallangan ulanish nuqtalari va turli xil yordamchimikrosxemalar bilan birga – shinalar ham joylashgan bo‘ladi.
Kompyuter tizimlarida kiritish-chiqarish (input-output, I/O)qurilmalari - bu kompyuter kabi axborotni qayta ishlash tizimi va tashqi (ehtimol inson yoki boshqa ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi) tizimlar o’rtasidagi aloqa jarayonidir. I/O modullari kompyuter tizimiga bir tomoni ulangan bo’ladi va ikkinchi tomoni bir yoki bir nechta I/O moslamalariga ulangan bo’lishi mumkin. I/O modullari odatda bir yoki bir nechta tashqi qurilmalarni boshqarishi mumkin.
Umuman olganda I/O moduli – bu CPU va I/O qurilmalari o’rtasida