Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə1/18
tarix25.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#134727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
soliq oga


O'ZBЕKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI

AKTSIM fakulteti “Raqamli iqtisodiyot” yo`nalishi
4-bosqich 130-20-guruh talabasi Muydinov Ma`murjonning

“Soliq va soliqqa tortish“ (ma`ruza) fanidan



1-mustaqil ishi
Mavzu: Kichik biznes subyektlarini rag`batlantirishda
soliqlarning roli
(12-variant)

Bajardi: Ogabek Berdiqulov


Tekshirdi: Zuxurova Nargiza

TOSHKENT-2023




Kirish


I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI


RIVOJLANTIRISHNING BARQAROR IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDAGI ROLI.

    1. O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tutgan o‘rni va mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi

    2. KBXTni tashkil etish va kengaytirishning davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash mexanizmlari

    3. KBXTni qo‘llab-quvvatlashning jahon tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasi bilan taqqoslama tahlili.

XULOSA VA TAKLIFLAR. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o‘tilishi bilanoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlashdagi asosiy bo‘g‘in sifatida qaralib, kichik biznes subyektlarining mustaqil faoliyat yuritishiga, turli xil sohalardagi ahamiyatini oshirishga qaratilgan amaliy islohotlar, shuningdek, ularga o‘z faoliyatini kengaytirish hamda samarali olib borish uchun erkinliklar va shart- sharoit yaratib berishga qaratilgan keng ko‘lamli o‘zgartirishlar amalga oshirilmoqda. Chunki kichik biznes va tadbirkorlik iqtisodiyotning tez o‘zgarib turadigan bozor talablariga javob berishini ta‘minlaydigan zamonaviy tuzilmalarini shakllantirishda, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratishda, aholi daromadlarini oshirishda, mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulot darajasini oshirib, barqaror iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 22-dekabrida mamlakatimiz parlamenti - Oliy Majlisga taqdim etgan, taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo‘lgan 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomada ta‘kidlaganidek: ―Biz 2018-yilni Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab – quvvatlash yili, deb e‘lon qilgan ekanmiz, kelgusi yili faol tadbirkorlikni rivojlantirish e‘tiborimiz markazida bo‘ladi. Bu sohani qo‘llab – quvvatlash, biznes subyektlarini jadal va barqaror rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.‖1

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlashda alohida ahamiyatga ega. Xususan, kichik biznes subyektlarining rivojlanishiga keng yo‘l ochish iste‘mol bozorida tovar va xizmatlar taqchilligi hamda mablag‘ yetishmovchiligi sharoitida ko‘p sarmoya sarf qilmasdan, qisqa
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga MUROJAATNOMASI, 22-dekabr 2017-yil, ―O‘ZBEKISTON‖ NMIU, 2018
muddat ichida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Bu bilan jahon standartlari darajasiga muvofiq raqobatbardosh mahsulotlar bilan aholini ta‘minlashga imkon yaratiladi.
Respublikamizda mustaqilligining dastlabki yillaridanoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga katta ahamiyat qaratilgan, bo‘lib Birinchi Prezidentimiz I. Karimov tomonidan 2011 yilga ―Kichik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlik yili‖ dеb nom berilishi hamda ushbu yilga mo‘ljallangan Davlat dasturining ishlab chiqilishi kichik biznes subyektlarining mustaqil faoliyat olib borishlarini ta‘minlashda hamda rivojlanish yo‘llarini ochib berishda asosiy ulkan qadam bo‘ldi. Ushbu dastur asosan kichik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlik sоhаsi uchun sоliq vа bоshqа to‘lоvlаr bo‘yichа yanаdа qulаy shаrt-shаrоitlаr yarаtish, imtiyoz vа prеfеrеnsiyalаr bеrish, hisоbоtlаr tizimi hаmdа mоliya, sоliq vа stаtistikа оrgаnlаrigа hisоbоtlаr tоpshirish mехаnizmini tаkоmillаshtirish vа unifikаsiyalаsh kabi masalalarga oid chora-tadbirlarni o‘z ichiga oldi.2
Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi bosqichi hisoblangan bugungi kunda ham, kichik biznes subyektlarini rag‘batlantirish, faoliyat erkinligini ta‘minlovchi shart-sharoitlarni yaratib berishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat, Prеzidеntimiz tomonidan 2018-yilning nоmlanishi zаmiridа yuksаk mаqsаd vа mаrrаlаrgа erishishgа zаmin yarаtuvchi shаrt-shаrоitlаr, chоrа- tаdbirlаr, sа‘y-hаrakаtlаr mаjmui nаmоyon bo‘lаdi. Bu bоrаdа Prеzidеntimizning alohida to‘хtаlib, хususаn, fаоl tаdbirkоrlik dеgаn tushunchаning mаzmunigа аlоhidа izоh bеrib o‘tdi: ―Fаоl tаdbirkоrlik biznеs fаоliyatini innоvаtsiоn, ya‘ni zаmоnаviy yondаshuvlаr, ilg‘оr tехnоlоgiya vа bоshqаruv usullаri аsоsidа tаshkil etаdigаn iqtisоdiy yo‘nаlishdir‖ 3

Yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ko‘paygani hamda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda uning roli sezilarli darajada oshganida namoyon bo‘lmoqda.
2 O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili‖ Davlat dasturi to‘g‘risida‖gi PQ-1474-sonli qarori, 07.02.2011 y.
3 O‘z R Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga MUROJAATNOMASI tahlili ―O‘ZBEKISTON‖ NMIU, 2018
2000-yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 52,5 foizni, 2016-yilda 53%ni, 2017 – yilda esa 47,3%ni tashkil etdi.4 Ma‘lumki, bunday iqtisodiy o‘sish ko‘p jihatdan iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog‘liq.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo‘lgan mulkdorlar sinfini, ya‘ni o‘rta sinfni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Eng asosiysi kichik bines subyektlari uchun qulay soliq muhitini yaratishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. ―2018 - yilda soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz kechamiz. Chunki, islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi uchun budjet barqarorligi suv bilan havodek zarur.‖5
Hozirda respublikamizda kichik biznes subyektlarining yanada jadal
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarning yaratilishi mehnatga layoqatli aholini ish bilan bandligini ta‘minlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, kichik biznes subyektlari uchun soliq majburiyatlarining minimallashtirilishi ularning ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning barqarorlashishiga va o‘z faoliyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Shunga qaramasdan, mamlakatimizning barcha joylarida kichik biznes subyektlari jadal rivojlanib borayapti deb bo‘lmaydi. Bu holat kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish mexanizmini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

    1. Yüklə 4,05 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin