Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə15/18
tarix25.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#134727
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
soliq oga

1.3.1-jadval


Kichik biznesni soliqqa tortish bo‘yicha taqqoslama hisob-kitob jadvali25.



Маmlakat

YaIM
dagi ulushi,%



Foyda solig‘I stavkasi,%



Soliqqa tortishning maxsus tartibining mavjudligi

Kichik biznes uchun foyda slig‘i
stavkasi,%

Foyda solig‘ining umumiy soliqdagi ulushi,

АQSH

26,4

39,3

+

10-33

0,3

Irlandiya

29,9

12,5

+

10

0,8

Аvstraliya

31,5

30,0

+

15

0,5

Kipr

33,3

30

+

10

0,7

Kanada

33,9

36,1

+

18

0,5

Ispaniya

35,6

35

+

30

0,9

Buyuk
Britaniya

35,7

30

+

19

0,6

Portugaliya

37

27,5

+

15-20

0,5

Vengriya

39,1

18

+

15

0,8

Niderlandiya

39,3

31,5

+

29

0,9

Fransiya

43.8

35

+

15-23

0,4

Bеlgiya

35,9

28,7

+

24

0,7

Rossiya

28,2

24

+

6*

0,25

Singapur




17

+







Tаnlov bo‘yicha
o‘rtacha

34.5


26,7


+


18,6

0.63


O‘zbekiston

20.5

14

+

5*

0.357






25 Internet ma‘lumotlari.
Shu o‘rinda, xorijiy mamlakatlarda kichik biznes subyektlarini aniqlash mezonlari va soliqqa tortish tajribasiga to‘xtalib o‘tish lozim. Xususan, Rossiya Federatsiyasida mamlakat qonunchiligiga asosan o‘rtacha ishchilar soniga qarab aniqlanadi. Shuningdek, soddalashtirilgan soliq tizimiga o‘tishi uchun uchta asosiy mezon talablariga mos kelishi lozim. Ya‘ni, korxonaning 9 oylik daromadi miqdori 15 mln.rubldan yuqori bo‘lmasligi lozim, korxonada ishlovchilar soni 100 kishidan ko‘p bo‘lmasligi hamda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati 100 mln.rubldan yuqori bo‘lmasligi lozim.
Evropaning Germaniya, Frantsiya va Italiya kabi mamlakatlarida kichik biznes subyektlari mikrofirmalar, kichik va o‘rta korxonalarga bo‘linib, mezon sifatida ishchilarning ish bilan bandligi va yillik oborot ko‘rsatkichlari qo‘llanilib, pasaytirilgan stavkalarda foydasidan korporatsiya solig‘ini to‘laydilar.
Yaponiyada kichik biznes subyektlarini aniqlash mezoni faoliyat turlariga qarab ishchilar soni va yillik daromadi belgilangan bo‘lib, kichik biznes subyektlari amaldagi 30 foiz o‘rniga pasaytirilgan 22 foiz stavkada korporatsiya solig‘ini to‘laydilar. Pasaytirilgan stavkaning qo‘llanilishi uchun korxonaning ustav jamg‘armasi 100,0 mln.yenadan kam bo‘lishi va yillik daromad 8,0 mln.yenadan kam bo‘lishi lozim.
Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni taraqqiy qilishi raqobat muhitida
«yashab qolish» muammosi bilan bog‘liqdir. O‘tish davridagi bozor iqtisodiyoti zaif korxonalar bozordan chiqib ketishi va ular o‘rniga kuchli, sifat jihatidan yaxshiroq tuzilmalarning paydo bo‘lishidir. Kichik biznesni hayotiy sikli rivojlanish bosqichlarining almashinuvida va hatto uning bankrot bo‘lishida axborot asimmetriyasining ham roli kattadir. Chunki bozor, resurslar, moliyaviy holat va boshqalar haqidagi axborotlar-ning ishlab chiqish va xaridor, sotuvchi va xaridor, qarz oluvchi va beruvchi o‘rtasidagi notekis taqsimlanishi u yoki bu tomonning kasod bo‘lishiga, biznesini «o‘lishi»ga olib keladi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida umumiy olganda kichik biznesning YaIMdagi ulushi 67% dan oshadi.Yaponiyada jami band aholining deyarli 80%i,
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 70% i ushbu sektorda band. 1961-2001 yillar davomida AQSh da kichik biznesning mamlakat YaIM dagi ulushi 10% dan 52% gacha o‘sdi. Frantsiyada kichik firmalarga ishchilar soni 10-50 kishigacha bo‘lgan, o‘rta firmalarga esa 50-500 ishchisi bo‘lgan korxonalar tegishli bo‘ladi26.
Kichik biznesning iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidagi ulushi turli xorijiy
davlatlar ko`rsatkichlari bilan taqqoslanganda, Yaponiyada bu ko`rsatkich 78,0 foizni, Italiyada 71,0 foizni, Germaniyada 69,5 foizni, Buyuk Britaniyada 56,0 foizni, AQShda 54,0 foizni, Rossiyada 25,6 foizni tashkil etganligini ko`rishimiz mumkin, O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkich yuqori bo‘lib, 78,2%ni tashkil qiladi (1.3.2-rasm).

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin