Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə9/18
tarix25.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#134727
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
soliq oga

Birinchi yo’nalish - KBXT sub ‘yektlari uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish.Bu borada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi:

  • tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga ko‘proq erkinliklar berish;

  • davlat boshqaruv vazifalari va turli ruhsat berish me‘yorlarini qisqartirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish;

  • moliya-kredit hamda xomashyo resurslari, mahsulotlarga davlat buyurtmasidan foydalanishning bozor dastaklari va mexanizmlarini joriy etish;

  • mol yetkazib beruvchi korxonalar va barcha xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar, xaridorlar bilan kooperatsion aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash va h.k.

Prеzidеntimizning 2016-yil 5-оktyabrdаgi "Tаdbirkоrlik fаоliyatining jаdаl rivоjlаnishini tа‘minlаshgа, хususiy mulkni hаr tоmоnlаmа himоya qilishgа vа ishbilаrmоnlik muhitini sifаt jihаtidаn yaхshilаshgа dоir qo‘shimchа chоrа-tаdbirlаr to‘g‘risidа"gi PF-4848- sоnli fаrmоni muhim аhаmiyat kаsb etdi.
Mаzkur fаrmоnning qаbul qilinishi bilаn kichik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlikkа kеng erkinlik bеrish, ulаrning fаоliyatigа dаvlаt оrgаnlаrining аrаlаshuvini tubdаn qisqаrtish, huquqbuzаrliklаrning bаrvаqt оldi оlinishini tа‘minlаsh, ulаrning prоfilаktikаsi sаmаrаdоrligini оshirish vа huquqbuzаrliklаrgа yo‘l qo‘yilmаslik tаdbirkоrlik fаоliyatini yanаdа rivоjlаntirish sоhаsidа dаvlаt siyosаtining muhim ustuvоr yo‘nаlishi vа dаvlаt
оrgаnlаrining birinchi dаrаjаli vаzifаsi ekаni bеlgilаb bеrildi. SHu bоisdаn
tаdbirkоrlik fаоliyatini jаdаl rivоjlаntirish mаqsаdidа хususiy mulkni hаr tоmоnlаmа himоya qilish оrqаli ishbilаmоnlik muhitini sifаt jihаtidаn yangi bоsqichgа оlib chiqish yuzаsidаn kоmplеks chоrа-tаdbirlаr dаsturi ishlаb chiqildi.
Ikkinchi yo’nalish - KBXT sub ‘yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan me‘yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish.
Bu borada ham bir qator ishlar amalga oshirildi va bugungi kunda ham islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bevosita KBXT sohasiga taalluqli bo‘lgan qator me‘yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida‖gi Qonunning yangi tahririni tayyorlash, KBXT sub‘yektlari huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan yangi qonun hujjatlarini qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ―Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib qoidalari to‘g‘risida‖gi, ―Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida‖gi Qonun, ―Tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlanishini ta‘minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi Farmon, ―Tadbirkorlik faoliyati va xususiy mulkni yanada rivojlantirish, davlat mulki obyektlarini sotishni soddalashtirish va tezlatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi Farmon, ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmon, ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurudagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida‖gi Qaror, ―Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Qarorlarni qabul qilindi hamda ular yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Respublikada tadbirkorlikni tezroq oyoqqa turg'azish, rivojlantirish, jamiyatda o'ziga munosib o'rinni egallab olishi uchun zarur shart-sharoitlar
yaratildi va ularni yaxshilash davom etmoqda. Ulardan eng muhimi va boshqa shart-sharoitlar uchun asos hisoblanadigani me'yoriy-huquqiy bazadir. Bu baza yildan-yilga kengayib, mustahkamlanib, takomillashib, rivojlanib bormoqda.

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin