Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


KBXTni qo’llab-quvvatlashning jahon tajribasi va uni O’zbekiston Respublikasi bilan taqqoslama tahlili



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə13/18
tarix25.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#134727
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
soliq oga

KBXTni qo’llab-quvvatlashning jahon tajribasi va uni O’zbekiston Respublikasi bilan taqqoslama tahlili.


Kichik tadbirkorlikning mohiyati va iqtisodiyotdagi o‘rni juda keng qamrovlidir. Mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hukumat tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan yo‘limiz boshqa rivojlangan mamlakatlarning qonuniy hujjatlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa ko‘chirish bilan emas, balki ularning tajribasini atroflicha o‘rganilib, eng hayotiy va amaliy jihatlaridan foydalanilmoqda.
Jahon mamlakatlaridа kichik biznesni soliqqa tortish bo‘yicha yagona nazariya mavjud emas. Turli mamlakatlarda soliqqa tortishning maxsus tartibini qo‘llashdan har xil maqsadlar ko‘zlanadi, shu sababdan ham ularda soliqqa tortishning jihatlari bir-biridan farq qiladi. Jumladan, soliq to‘lash an‘analari, soliq to‘lovchilarining soliq va yuridik savodxonligi, soliq ma‘muriyati tomonidan nazorat qilish imkoniyatlari farqlanadi. Bularning barchasi kichik biznesni soliqqa tortishda turlicha yondashuvni talab qiladi.
Yevropa va Amerikada tashkilotlar asosan kichik va o‘rta biznes toifasiga mansub, odatda kichik biznes uchun qo‘shimcha imtiyozlar mavjud emas. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarni kamsitmaslik maqsadida kichik biznes uchun alohida soliq tizimi yoki qo‘shimcha imtiyozlar umuman qo‘llanilmaydi. Ushbu nuqtai-nazardan davlatlarni ikkita guruhga ajratish mumkin:

  1. Kichik biznes korxonalari tomonidan ayrim faoliyat turlari bo‘yicha soliqqa tortish bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar yoki soliqqa tortishning maxsus tizimi qo‘llaniladigan mamlakatlar: Rossiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Gretsiya, Ispaniya, Kanada, Meksika, Norvegiya, AQSh hamda Fransiya kiradi;

  2. Kichik biznesga nisbatan soliq siyosati olinadigan tushumlarning

miqdoridan kelib chiqib tashkil qilinadi va bu foyda solig‘ining pasaytirilgan
stavkasi qo‘llaniladigan mamlakatlar: Rossiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Gretsiya, Irlandiya, Ispaniya, Kanada, Kipr, Litva, Niderlandiya, Portugaliya, AQSh, Fransiya hamda MDH davlatlari kiradi;
Birinchi guruh mamlakatlari milliy manfaatlar nuqtai-nazaridan e‘tiborga molik faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes subyektlarni qo‘llab- quvvatlashga harakat qiladi va shu maqsadda maxsus soliq tizimini joriy qilishadi.
Маsalan, Gretsiyada quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha maxsus soliqqa tortish tartibi joriy qilingan. Gretsiyada soliq ko‘rsatilgan faoliyat turlari bo‘yicha yalpi daromaddan 20% stavka miqdorida (ko‘rsatilgan loyiha ishlari bo‘yicha foydadan 16,4% ) undiriladi.
YaIMda soliq daromadlari darajasi bo‘yicha yetakchi davlatlarda kichik biznes vа tаdbirkorlik sektorida soliq imtiyozlari, pasaytirilgan soliq stavkalari yoki soliqqa tortishning maxsus tartibi qo‘llanilmaydi (masalan, Shvetsiya, Daniya, Finlandiya, Fransiya).


Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin