Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə16/18
tarix25.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#134727
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
soliq oga

1.3.1-rasm. Dunyoning turli davlatlarida kichik biznesning iqtisodiyotda band bo‘lganlarning umumiy sonidagi ulushi.27
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kichik va o‘rta korxonalarning quyidagi asosiy shakllari keng tarqalgan:

  • Yakuniy mahsulot ishlab chiqaruvchi mustaqil kichik va o‘rta korxonalar;






26 В.Абатуров и др. Малый и средный бизнес в Узбекистане: современное состояние, проблемы и перспективы.Юкономическое обозрение.\\2000, №3 (13), стр.5.
27 Internet ma‘lumotlari.

  • Birlashmalar yoki kombinatlar tarkibidagi kichik va o‘rta korxonalar (ayrim detal va mexanizmlarni ishlab chiqaruvchi);

  • Bir qancha yirik korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi kichik va o‘rta korxonalar;

  • Innovatsion turdagi kichik va o‘rta korxonalar.

Xitoyda kichik va o‘rta korxonalarning rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshadi. Shaharlarda «shahar jamoa mulkchiligi korxona-lari», qishloq joylarida esa «qishloq korxonalari» tuziladi. Sanoat ish-lab chiqarishi o‘sishining umumiy hajmi davlat sanoati hamda yuqoridagi korxonalar o‘rtasida teng taqsimlanadi. «Shahar jamoa mulkchiligi» korxo-nalari keyingi o‘n yilliklarda 2 marta ko‘paydi va «yirik jamoa korxona-lari», «mayda jamoa korxonalari» ga bo‘lindi. «Qishloq korxonalarining» sanoat mahsuloti hajmi yildan-yilga o‘smoqda.
Kichik korxonalar faoliyatini boshqarib turish va ularga ta‘sir qilish bo‘yicha Yaponiyada yuksak tajribalar yig‘ilgan. Yaponiyada kichik biznesni tasniflashda ikkita mezondan foydalaniladi: nizom sarmoyasi va bandlar soni. Masalan, qayta ishlash va tog‘-kon sanoatida nizom sarmoyasi 100 mln. iena, ishchilar soni 300 gacha bo‘lgan,ulgurji savdoda mos ravishda 30 mln. iena va 100 kishigacha, chakana savdo va xizmatlar sohasida 10 mln. iena va 50 kishigacha ishchisi bo‘lgan subyektlar kichik hisoblanadi.
Ammo, ishchilar soni ko‘rsatkichi bilan birga har bir tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ko‘rsatkichlar ham ishlatilishi mumkin. Chakana savdoda 5 kishigacha, qayta ishlash va tog‘-kon sanoatida 20 kishigacha ishchisi bo‘lgan subyektlar «partsellyar» (juda mayda) korxonalar deyiladi.251949 yilda Yaponiyada «Milliy moliya korporatsiyasi» (MMK ta‘sis tashkil etildi. Uning asosiy majburiyatlari moliyaviy muassasalardan mablag‘lar olishda qiynalayotgan aholining keng qatlamiga kredit berish. Qoidaga ko‘ra MMK shaxsiy iste‘mol uchun emas, balki ishlab chiqarish faoliyati uchun kredit ajratadi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kichik va o‘rta korxona faoliyati uchun sharoitlar yaratish uch jabhada ifodalanadi:

  • Kichik va o‘rta korxonalarni tashkil qilish va rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus organning mavjudligi (Bolgariyada — Bolgariya industrial xo‘jalik assotsiatsiyasi va xo‘jalik tashabbuslari banki);

  • Kichik va o‘rta korxonalarni tashkil qilish asosan, xududiy boshqa-rish organlari tashabbusi bo‘yicha o‘z faoliyatlari sohasida amalga oshiriladi (Vengriyada, Polshada).

Bolgariyada kichik va o‘rta korxonalarni tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatish masalalari bilan Bolgariya Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan tekshiruvchi texnik iqtisodiy kengash shug‘ullanadi.
Quyidagi jadvalda biz ba‘zi mamlakatlarda kichik va o‘rta biznesning rivojlanganlik darajasini ko‘rib o‘tamiz:

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin