1.1.2-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotda band bo‘lganlar umumiy sonidagi ulushi11
Sanoat. Sanoatda kichik biznes sub`ektlari sonining yuqori sur`atlarda o`sishi, qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, yagona soliq to`lovi stavkalarining pasaytirilishi, resurslardan va ishlab chiqarish infratuzilmalaridan foydalanishga ruxsat berish shartlarining soddalashtirilishi hamda kichik biznes sub`ektlarini yirik kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarining kuchayishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 2000 yildagi 12,9 foizdan 2016 yilda 45,3 o`sdi (1.1.6-rasm).
1.1.3-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi12
2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 50654,5 mlrd.so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan (jami sanoat mahsulotlarining 45,3 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 16,4 foizga o`sgan.
So`nggi yillarda sanoatning asosiy tarmoqlarida, ayniqsa oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati hamda farmatsevtika sanoatida faoliyat yuritib kelayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining oshib borayotganligi va ular tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o`sish sur`atlari qayd etilayotganligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushini barqaror ravishda oshib borishini ta`minlashda asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilmoqda.
Shu o`rinda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF- 4609-son ―O`zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmoniga muvofiq, sanoatning sermehnat tarmoqlari bo`lmish oziq-ovqat sanoati,
yengil sanoat va qurilish materiallari sanoati tarmoqlarida kichik korxonalar xodimlarining o`rtacha yillik cheklangan soni 200 kishigacha oshirilganligi mazkur tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining ko`payishiga imkoniyat yaratib berayotganligini alohida qayd etish zarur.
2016 yilda hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Toshkent shahrida 71,0 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Namangan viloyatida bu ko`rsatkich 69,4 foizni va Samarqand viloyatida 60,1 foizni tashkil etgan. Mazkur ko`rsatkich bo`yicha o`rta darajada bo`lgan Jizzax, Andijon, Xorazm, Sirdaryo, Buxoro, Farg`ona va Surxondaryo viloyatlari 45-60 foiz oralig`idagi ko`rsatkichlarni qayd etgan. Toshkent viloyatida bu ko`rsatkich 34,0 foizni, Qashqadaryo viloyatida 27,0 foizni, Qoraqalpog`iston Respublikasida 26,6 foizni va Navoiy viloyatida 20,8 foizni tashkil etib, past darajani qayd etgan (1.1.2-jadval)13.
1.1.2-jadval
Dostları ilə paylaş: |