Kitobxonlik faoliyotini shakllantirish



Yüklə 49,5 Kb.
səhifə1/2
tarix01.05.2023
ölçüsü49,5 Kb.
#126211
  1   2
KITOBXONLIK FAOLIYOTINI SHAKLLANTIRISH


KITOBXONLIK FAOLIYOTINI SHAKLLANTIRISH

Bugun mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat hamda sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan bar- kamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi” qarori, yurtimizda inson ma’naviy taraqqiyotiga qo‘yil- gan poydevor bo‘ldi. Zero, har bir davlatning kuch-qudrati bilimli, zakovatli, ertangi kuniga ishona oladigan yoshlaridir. Qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yosh avlodni kitob o‘qishga, xususan, badiiy adabiyotlarni o‘qishga o‘rgatish, asosiysi, bilimli va baxtli qilishdan iborat.
Kitobxonlarni mustaqil o‘quv ehtiyoji va qobiliyatini shakllantirish – barchaning e’tiborini jalb etadigan muammolardan biri bo‘lib, ularni hal etishning ahamiyati barcha uchun shubhasizdir, yechish yo‘llarini esa ixtiyoriy savodli inson o‘z tajribasidan kelib chiqib taklif etishi mumkindir. Ammo bularning barchasi bunday holatlarda bo‘lgani kabi tadqiqotchining qiyinchiliklarini nafaqat yengillashtirmaydi, balki qiyinchiliklarni yanada og‘irlashtiradi ham: muammo odatiyga aylanadi, odatiy oson bo‘lib tuyuladi, ammo hal etilmaganligicha qoladi. Tadqiqotchi uchun ushbu “oson” odat inersiyasini yengib (jumladan, o‘zining ham) yechimni topishi uchun iroda kuchi, fikrlar jamlanganligi, ba’zan esa “sog‘lom aqlga qarshi”... - “murakkablashtirish”ga to‘g‘ri keladi. Bolani kitobga o‘rgatish jarayoni ko‘pgina manbalarda bir necha bor va yetarlicha bir xilda ifodalangan bo‘lganligida murakkablashtirish kerakmi?... Ikki misolni qiyoslaymiz:
“Ona o‘g‘liga kitob o‘qiyapti. O‘g‘li hali juda kichik. U o‘zi o‘qishni o‘rgangunigacha yillar o‘tadi. Ammo u onasi hikoya qilayotganiga qanday hayajon bilan quloq soladi, sehrli sahifalarga qanday qiziqish bilan nazar soladi. Ulkan mo‘jizali dunyo uning oldida namoyon bo‘ladi va bola sehrlangandek tinglaydi. Shu tariqa inson hayotiga kitob kirib keladi...”.
Biz tomonimizdan keltirilgan parcha I.Ye.Zilberman va V.D.Korkinning “Kitob do‘stlari” ("Druzya knigi") (201, b.3) risolasidan keltirildi. Risola kitobning ijtimoiy targ‘ibotchilari uchun mo‘ljallangan? Hikoyaning boshida emotsiyalarning konsentratsiyasi jurnalistik usuli bu yerda o‘rinli va agar haqiqat buzilmaganida: agar unda istalgan haqiqat singari ifodalanmaganida maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ammo haqiqat buzilganligini kim va qayerda isbotlagan? Aksincha, hech qayerda, hatto pedagogik OTM talabalari uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalarida nafaqat inkor etilmaydi, balki shubha ham tug‘dirmaydi, balki deyarli bir xil takrorlanadi: “Bolaning maktabdagi ta’limining birinchi yilining ikkinchi yarmidan uning hayotiga badiiy kitob kirib keladi – deb yozadi “Bolalar psixologiyasi” o‘quv qo‘llanmasida pedagogika fanlari doktori A.A.Lyublinskaya. – Bola uni kattalar qanday o‘qiyotganliklarini nafaqat tinglaydi, balki o‘zi ham o‘qiy boshlaydi. O‘qish texnikasidagi qiyinchiliklar yengib o‘tilishi bilanoq bolalar ular uchun yangi faoliyat turiga ko‘proq qiziqa boshlaydilar” (1., B.387). Olimning mazkur fikrini keltirib, muallif u yuzaki keltirib o‘tgan muammoning murakkablik darajasini yetarli anglamayotganligini umuman nazarda tutmadik.
Fikrlarni qiyoslash biz uchun qo‘llanmaning o‘quvchisi – bo‘lajak o‘qituvchi yoki boshlovchi tadqiqotchi mazkur mulohazani qanday idrok etishi darajasini ko‘rsatish uchun kerak edi, chunki uning oldiga hech qanday savollar qo‘yilmagan va unga hech qanday shubhalar bildirilmagan, kattalar o‘qib bergan asarlarni tinglashning yoki o‘qish texnikasini egallash natijasidagi ajralmas oqibati sifatida yuzaga keladigan o‘qishga qiziqishni shakllantirish jarayonini soddalashtirilgan idrok etish stereotipi muammoning odatiyligi bilan hosil bo‘lgan.
Faqatgina kitobshunoslik va “insonshunoslik” bo‘yicha o‘ta maxsus ishlarda, masalan psixikaning rivojlanishi, kitob falsafasi muammolari va san’atning ijtimoiy roli muammolarini o‘rganuvchi fundamental tadqiqotlarda mazkur holatda barchasi murakkabroq ekanligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi mulohazalar uchraydi va dalillar ta’kidlanadi. Masalan, L.Y.Bojovich va L.V.Blagonadejina muharrirligi ostidagi bolalar va o‘smirlarning motivatsion sohalarining eksperimantal tadqiqotlariga bag‘ishlangan to‘plamda: “Yangi ehtiyojning tug‘ilishi avtomatik ravishda amalga oshmaydi... Masalan, bola yaxshi o‘qishni o‘rganib olishi, ko‘pgina badiiy asarlarni bilishi va o‘qishga ham, o‘zining bilimlarini boyitishga ham ehtiyoj his qilmasligi mumkinligi”ni uchratamiz (34, b.14). Bu psixologlar tomonidan ta’kidlangan o‘ziga xos hodisadir.
Insonning kitob bilan o‘zaro munosabati jarayonining murakkabligi to‘g‘risidagi fikr V.N.Lyaxov tomonidan yanada yaqqol ifodalangan. “Kitob – ulkan miqyosdagi ijtimoiy faoliyatning mahsuli – deb yozadi u. – Insonning kitob bilan aloqasi ko‘p qirrali va murakkab.... Insonning kitob bilan muloqotida ong va ong ostining shunday chuqur qatlamlari jalb etiladiki, shunday murakkablikdagi aloqa va bog‘liqliklar yuzaga keladiki, ularning tahlili hamon fan tomonidan o‘rganilmagan” (212, b.4).
Kitobga muhabbat va mustaqil o‘qishga qiziqishning mohiyati to‘g‘risidagi ziddiyatli fikrlarni qiyoslashni erta va eng so‘nggi tadqiqotlarga murojaat etib davom ettirish ham mumkin, ammo ular kitobni inson hayotiga kiritish muammosi o‘rganilayotganida barchasi qanchalik “oson” va barchasi qanchalik “murakkab” ekanligi to‘g‘risidagi xulosa uchun mavjud asosga hech nima qo‘shimcha qilmaydi.
Shu bilan birga, avval ta’kidlanganidek, osonlik illyuziyalidir, bo‘lmasa muammo mavjud bo‘lmas edi. Murakkablik esa, bizning nuqtai nazarimizdan, zamonaviy fan “insonni o‘rganishning barcha mumkin bo‘lgan jihatlarini qamrab oluvchi..., ammo shubhasiz uni yaratish yo‘lida bo‘lgan” (23., b. 11) hali yagona va umumiy nazariyaga ega emasligi bilan tushuntiriladi.
Albatta, pedagogika insonni (jumladan, bolani) umuman tarbiya predmeti sifatida o‘rganadi, ammo uning asosiy maqsadini amalga oshirishning imkoniyatlari hali yetarli kuzatilmagan: har bir ma’lum vaziyatda – faoliyati nafaqat o‘rganilishi, baholanishi, qayta o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan ob’ektlarga, balki o‘ziga ham va o‘zi kabilar bilan optimal muloqotga yo‘naltirilgan shaxsni, individuallikni shakllantirish.
Ijtimoiy sub’ekt sifatida inson xulqini tartibga soluvchi, bolaning faoliyati boshqarishga imkon beruvchi tuzilma, mexanizm va omillarni belgilovchi qonuniyatlar ko‘pincha hamon pedagogikadan tashqarida – psixologiya va fiziologiya, biofizika, bioximiya va xulq-atvor genetikasi kabi fanlar sohasida qolmoqda hamda bu qator hollarda pedagoglarni ilmiy dalillar va isbotlarga emas, balki bolalar ta’limi va tarbiyasini empirik darajada, intuitiv taxminlarga tayanib qurishga majbur etadi. Bundan “bola-kitob-jamiyat” muammosini o‘rganishdagi qo‘shimcha qiyinchiliklarni tug‘diradi.
O‘quvchilarda mustaqil kitobxonlikni shakllantirishga bag‘ishlangan tadqiqotda kitob bizni “ijtimoiy inson”ni tarbiyalash va o‘z-o‘zini tarbiyalash vositasi sifatida qiziqtiradi, chunki u ma’lumotga ega kitobxonga so‘z san’ati orqali psixikasi va insonlar xulqining nozik nyuanslarini ochadi hamda shu tariqa boshqa insonlar hamda o‘z-o‘zining haqiqiy qadriyatini anglaydi.
Ammo mazkur qurolni egallash uchun, o‘quvchi pedagogning rahbarligida uning mazkur sifatida o‘rganishi, uni kitobxonga aynan o‘zi singari kitobxon bilan tanlangan muloqot qilish cheksiz to‘siqsiz imkoniyatini ochuvchi alohida faoliyat ob’kti sifatida o‘zlashtirishi kerak. Demak, yetti yoshdagi bola – bu individual shaxs bo‘lganligi sababli, kitoblarni muloqot vositasi sifatida o‘rganish, insoniyat tomonidan tarixiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan tajribaga ega bo‘lish imkoniyati sifatida kitobxonlik faoliyatini o‘zlashtirish, mazkur faoliyatni intellektual qobiliyatga aylantirish va muloqotning tanlovga asoslanganligi maqsadida kitobga ehtiyojni shakllantirish – bularning barchasi ta’lim bilan belgilangan va bizni qiziqtiruvchi mustaqil kitobxonlik sifatini shakllantiruvchi kitobxonlik tayyorgarligining pog‘onalaridir. Ammo ular buning yakuniy natijalarimi va agar ularning tashkiliy komponentlari hisoblansa, ular bir-biri bilan qanday bog‘langan?
Mazkur savollarga javob berish uchun, biz ma’lumotli yoki malakali katta kitobxonni tavsiflovchi va biz tadqiqotning maqsad hamda vazifalaridan kelib chiqib andoza sifatida qabul qilishimiz va to‘g‘ri deb hisoblashimiz mumkin bo‘lgan kitobxonlik faoliyati jarayonini modellashtirish metodiga murojaat etdik.
To‘g‘ri kitobxonlik faoliyati modelini tasavvur qilish va tahlil qilishdan avval, biz modellashtirish metodi 60-yillar boshlang‘ich ta’limi pedagogik muammolarini o‘rganish uchun biroz odatiy bo‘lmaganligi holatida murakkab jarayonlar va hodisalarni tadqiq etish uchun fanda (jumladan, tabiatshunoslikda) ko‘p yillardan beri qo‘llanilishini ta’kidlab o‘tamiz, shuning uchun ham zamonaviy tadqiqotchi turli modellar majmuiga va modellashtirishning nazariy-bilishga oid hamda metodologik funksiyalarini tushuntirishlariga ega bo‘ladi.
Shaxsni o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganish uchun, ayniqsa “tashqi va ichki faoliyat bir xil umumiy tuzilmaga ega bo‘lganligi” va zamonaviy psixologiya fanining muhim kashfiyotlaridan biri (39, b.104), shundan iboratligi sababli ko‘proq fikrlash modellari mos bo‘lib, ularni yaratishning asosi sifatida hissiy-ifodali namunalar xizmat qilishi bilan model “obrazli model” deb nomlanishi mumkin.
Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, “obrazli yoki xayoliy model”ni nafaqat bilishning maxsus vositasi sifatida, balki ilmiy-tadqiqot evristik fikrlashning o‘ziga xos shakli sifatida ham qarash mumkin bo‘lib, bizning tadqiqotimiz maqsadlari uchun bu juda muhim edi, chunki bizga o‘rganilayotgan muammoni yangi holatda ko‘rish zarur edi (48, b.207).
Mustaqil ta’lim masalalari bo‘yicha ishlarni (195, 206,222-231va b.q.), shuningdek o‘z ta’kidlashlariga ko‘ra hayotlarida kitob muhim ahamiya kasb etgan va hozirda ham muhim rol o‘ynaydigan insonlar biografiyalarini tahlil qilib (192-194, 198 , 201, 207, 239 va b.q.), olingan ma’lumotlarni turli yoshdagi kitobxonlarning (kichik o‘quvchilar, o‘smirlar, talabalar) xulqlarini bevosita kuzatishlar ma’lumotlari va o‘z-o‘zini kuzatish ma’lumotlari bilan qiyoslab, bizni qiziqtiruvchi hodisada 3 ta komponent: kitobga murojaat etishning shaxsiy mazmuni, maqsadga ustanovka bilan kitoblarni ko‘rib chiqish odati va qobiliyati va o‘qilganning mazmunini to‘laqonli o‘zlashtirish ahamiyatli rol o‘ynashi to‘g‘risidagi xulosaga keldik.
Mazkur komponentlardan har biri maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning murakkab tizim ostini ifodalashini tushunamiz, ammo tadqiqotning birinchi bosqichida bizni tizim ostilardan ko‘ra ko‘proq, ularning kitobxon faoliyati tizimidagi roli va o‘zaro aloqadorligi qiziqtirdi. Mazkur o‘zaro aloqadorlikni aniqlash ularning o‘zaro hamkorligini va tizimning ichki va tashqi ishlashining haqqoniyligini tasdiqlashi mumkin.
O‘z ichiga sanab o‘tilgan 3 ta komponentni kirituvchi, malakali katta kitobxon faoliyatining umumlashgan hissiy-ko‘rgazmali obrazi sifatidagi tizim modeli, uni konstruksiyalashdan so‘ng o‘ziga xos ideal tuzilmani ifodaladi. Biz uchun uning farqli xususiyati kitobxonlik faoliyati uchun mazkur tuzilmaning ixtiyoriy komponetlaridan biri boshlang‘ich hisoblanishi mumkinligi bo‘ldi, ammo komponentlar o‘rtasidagi aloqalar va bog‘liqliklar faqat qat’iy belgilangan izchillikda yuzaga keldi.
Modeldagi komponentlarning miqdoriga mos ravishda “boshlanish”, aloqadorlik va bog‘liqliklarning 3 varianti o‘rganildi.
Birinchi variant. O‘qituvchida kitobga murojaat etishning qat’iy belgilangan aniq, uning uchun yaqin maqsadi mavjud (ilmiy yoki amaliy). Mazkur holatda “o‘qishning shaxsiy mazmuni” komponenti boshlang‘ich sifatida xizmat qiladi va bog‘liqliklarning quyidagi bo‘g‘inini aks ettiradi: o‘qish maqsadidan – kitoblar olamiga kirish, bunda ko‘rib chiqish yo‘li bilan maqsadga ko‘proq javob beradigan (umuman yoki mazkur holatda – uyda, ta’lim muassasasida, kutubxonada, ekspeditsiyada) kitob tanlanadi, so‘ngra kitob mazmunida, agar maqsad haqiqatda kitobxonning muloqotga ehtiyojini ifodalasa, kitob tanlovi esa haqiqatda maqsadga muvofiq bo‘lsa, unda kitobxonning kelgusi faoliyati faqatgina kitobni o‘qish sifatiga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 49,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin