Kiyim asosiy uzellariga ishlov berish usullarini tashkil qilish va tokomillashtirish Reja


Koketkalarni asosiy detalga ulash



Yüklə 88,5 Kb.
səhifə5/6
tarix31.12.2021
ölçüsü88,5 Kb.
#112083
1   2   3   4   5   6
Kiyim asosiy uzellariga ishlov berish usullarini tashkil qilish

Koketkalarni asosiy detalga ulash.
Asosiy detalga koketkalar biriktirma choklar, bostirma choklar bilan ulanadi. Asosiy detallarda taxlamalar, bo'rtma choklar bo'lsa, oldin ularga ishlov berib olinadi.

19 - rasm. Koketkani yelim plyonka yordamida asosiy detalga biriktirish

Koketka asosiy detalga bostirma chok bilan ulanadigan bo'lsa, koketkani pastki qirqimini belgilangan chiziq bo'yicha bukib dazmollanadi, asosiy detalga qo'yib, belgilangan chiziq bo'ylab ko'klab baxyaqator yuritiladi.

Koketkani yelim plyonka yordamida yopishtirsa ham bo'ladi. Buning uchun koketkani bukish chizig'i bo'ylab teskari tomonga bukib dazmollanadi va buklangan tomonga yelim plyonka qo'yiladi. Koketka asosiy detaldagi belgilangan chiziq bo'ylab qo'yib dazmollanadi, keyin modelga muvofiq bezak baxyaqator yuritiladi. (19 -rasm)

Koketka asosiy detalga biriktirma chok (20 - a rasm) bilan ulanganda detallar o'ngini ichkariga qilib juftlanadi va koketka bo'ylab 0,7-1,5 sm chok bilan yuritiladi. Chokni koketka tomon yotqizib dazmollanadi.

Murakkab shaklli koketkalarning (20 - b rasm) pastki qirqimiga avralik gazlamadan koketka shaklida qirqib olingan qo'shimcha parcha qo'yib 0,5-0,7 sm ag'darma chok bilan tikib olinadi. Koketka pastki ziyi asosiy detaldan 0,2-0,3 sm ziy chiqarib, ko'klanadi va dazmollanadi. Koketka asosiy detalga oldindan belgilangan chiziq bo'ylab bostirib tikiladi.


.


Yüklə 88,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin