Mavzu: Namangan viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi
Mundarija Reja: Kirish:…………………………………………………………………….2
Namangan viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi……………………….8
“Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar…………………………17
3.Namangan viloyatining besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi…………25
4. Namangan viloyatining iqtisodiy jixatdan rivojlanishi…………………….32
Xulosa…………………………………………………………………….33
Foydalangan adabiyorlar…………………………………………………34
Namangan viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 11-martda tashkil etilgan (1960-yil 25-yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967-yil 18-dekabrda qayta tashkil etildi). Namangan viloyati respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shimoli-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoklari — Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, jan.-sharqsan Andijon, janubidan Fargʻona, shimoliy va shimoli-gʻarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7,44 ming km². Aholisi 2931,5 ming kishi (2021). Namangan viloyatida 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon), 8 shahar (Namangan, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Haqqulobod), 11 shaharcha (Sang,Jomashoʻy, Toshbuloq, Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod, Uychi, Oʻnhayot, Yangiqoʻrgʻon, Oqtosh, Chodak), 99 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Namangan shahri.