Pentium protsessorlari.
1992 yilning oktyabrida Intel beshinchi avlodning moslashuvchan kompyuterlari
ko‘pchilik o‘ylaganiday 586 emas, balki Pentium deb atalishini e’lon qildi. 586 deb
nomlanishi tabiy edi, biroq raqamli belgilashlar savdo markasi sifatida ro‘yxatga
olinmaganligi uchun, ularning raqobatchilari ko‘payib ketar edi va
ular ,,patentlanmaydigan“ nom bilan shunday mikrosxemalarni ishlab chiqishni
boshlab yuborar edi. 1993 yil martda birinchi Pentium protsessorlari,bir necha
oydan so‘ng ular asosida birinchi kompyuterlar chiqarila boshladi. Pentium Intel
firmasining oldingi protsessorlari bilan moslashuvchan bo‘lganligi bilan birga,
ulardan ko‘zga ko‘rinarli farq qiladi. Undagi bir hususuiyatni inqilobiy den
hisoblash mumkin. Pentium protsessorida ikkita konveyer bo‘lib, uning bir vaqtda
ukkita buyruqni bajarishiga imkon yaratadi (Barcha oldingi protsessorlar vaqtning
har bir momentida faqat bitta buyruqni bajara oladi).
Intel bu imkoniyatni superskalyar texnologiya deb atadi. Shu texnologiyaga asosan
Pentiumning samaradorligi protsessor bilan taqqoslaganda ko‘zga- ko‘rinarli oshdi .
486 standart mikrosxema bir buyruqni o‘rtacha ikki ichki taktda bajaradi, DХ2 va
DХ4 protsessorlarida esa chastotasini ikki marta oshirish natijasida bir taktda
bajaradi. Pentium protsessorida superskalyar texnologiyadan foydalanish natijasida
bir taktda ikkita buyruqni bajarish mumkin. Superskalyar arxitektura tushunchasi
odatda yuqori samaradorligi RISС-protsessorlari bilan bog‘liq. Pentium—
superskalyar deb ataluvchi, birinchi CISC (Complex Instruction Set Computer)
protsessorlaridir.U bitta korpusga biriktirilgan 486 ikki protserssoriga ekvivalent.
Pentium protsessorlarining xarakteristikalari.
Vujudga kelish sanasi
1993 yil, 22-mart (1-avlod), 1994 yil ,7 -
mart(2-avlod)
Maksimal takt chastotasi
60,66 MGts (1-avlod), 75, 90, 100, 120,
133, 150, 166, 200 MGts (2-avlod)
Chastotaning ko‘payish
karraligi
1x (1-avlod), 1,5x-3x (2-avlod)
Registrlarning razryadliligi
32
Malumotlarning tashqi
shinasining razryadliligi
64
Manzil shinasining razryadliligi
32
Manzillanayotgan xotira
4 Gbayt
Ichki kesh xotiraning o‘lchami
8 Kbayt (kodlar uchun),8 bayt ( ma’lumotlar
uchun)
Ichki kesh xotiraning tipi
Ikki betli, ikki yo‘nalishli ( ma’lumotlar
uchun)
Xotiraning qisqartirilgan
sikllari
Bor
Tranzistorlar miqdori
3,1mln va undan yuqori
Kristaldagi elementlar miqdori
0,8 mkm (60/66 MGts), 0,6mkm (75-
100MGts), 0,35 mkm(120 MGts va undan
yuqori)
Korpus
273-kontaktli RGA, 196-kontaktli
SPGA,qatlamli korpus
Soprotsessor
O‘rnatilgan
Energiya ta’minotining
pasayishi
CMM tizim,2-avlodda yaxshilangan
Ta’minot kuchlanishi
5 V(1-avlod), 3,465; 3,3; 3,1; va 2,9 V (2-
avlod)
Dostları ilə paylaş: |