Komplementar irsiylanish



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə4/5
tarix26.11.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#136089
1   2   3   4   5
Allel va allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’sirini tahlil qilish

Polimeriya. Allel bo‘lmagan genlarning polimer tipi komplementar va epistazdan tubdan farq qiladi. Agar komplementar irsiylanishda belgi asosiy, to‘ldiruvchi gen allellari ta’sirida paydo bo‘lsa, epistazda belgiga bir allel gen bevosita, ikkinchi allel bo‘lmagan gen bilvosita ta’sir qilsa, polimeriyada bir-biriga allel bo‘lmagan genlar bir yo‘nalishda belgiga ta’sir ko‘rsatib uni rivojlantiradilar. Polimeriyaga misol qilib bug‘doyda don rangini irsiylanishini ko‘rsatish joiz. Bug‘doyning qizil va oq donli navlari chatishtirilsa, F1 avlodda donning qizil rangi dominantlik qiladi. Birinchi avlod duragay o‘simliklar o‘zaro

12-rasm. Bug‘doy doni rangining irsiylanishi (kumulyativ polimeriya).
chatishtirilgan taqdirda, ulardan hosil bo‘lgan ikkinchi avlod duragaylarda 15/16 qizil, 1/16 oq donli bo‘ladi (12-rasm).
Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ polim e riyaga ajratiladi. Kumulyativ polimeriya miqdor belgilarni, nokumulyativ polimeriya esa sifat belgilarining irsiylanishini namoyon etadi. Yuqoridagi qizil va oq bug‘doy chatishtirishdan olingan natijalar kumulyativ polimeriyaga misoldir. Kumulyativ polimeriya irsiylanishda duragaylarning birinchi va ikkinchi avlodida belgilarning rivojlanish darajasi dominant genlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra duragay genotipda to‘rtta do- minant gen bo‘lgan taqdirda qizil, 3 ta dominant gen bo‘lsa och qizil, 2 ta dominant gen bo‘lsa pushti, 1 ta bo‘lsa och pushti rang li donlar rivojlanadi. Genotipda dominant genlar bo‘lmasa don oq rangli bo‘ladi.
Nokumulyativ polimeriyada dominant belgining rivojlanishi dominant genlar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Natijada genotipi 4,3,2,1 dominant genlardan iborat bo‘lgan individlar fenotip jihatdan o‘zaro o‘xshash bo‘ladi.
Pleyotropiya. Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri – pley o t ropiyada bir gen bir vaqtning ozida bir qancha belgilarning rivoj- lanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Misol tariqasida mutatsiya tufayli ayrim tovuqlarda patning jingalak ko‘rinishda bo‘lishini olamiz.

13-rasm.
Odatda bunday tovuqlarda patlari zich joylashmaydi va tana harorati past bo‘ladi. Natijada yurak urishi tezlashadi, hajmi or- tadi, ozuqaga talab ko‘payadi, tuxum qo‘yishi kamayadi. Shun- day qilib patni jingalak bo‘lishiga ta’sir etuvchi gen ayni vaqtda tovuqning boshqa belgi xossalariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Sichqonlarda yungning sariq rangini ifoda qiluvchi gen ayni vaqtda gomozigota holatda letal xususiyatga ega ekanligi ham pleyotropiyga misol bo‘ladi (13-rasm).

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin