“Kompyuter injiniring” fakulteti Kompyuter injiniringi yo’nalishi



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix25.11.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#134317
  1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ish Mavzu Pentium 4 da kesh xotirani tashkil etish-fayllar



O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar 
Vazirligi 
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
Axborottexnologiyalari universiteti 
Farg’ona filiali 
 
“Kompyuter injiniring” fakulteti 
Kompyuter injiniringi yo’nalishi 
 
“Kompyuterni tashkil etilishi” 
fanidan 
Mustaqil ish 
 
Mustaqil ish Mavzu: Pentium 4 da kesh xotirani tashkil etish
 
 
Guruh:712-21 
Topshirdi: Mamatyusupov X. 
Tekshirdi: Djalilov M. L. 
 
 
 
 
 
 
Farg’ona-2023 yil 
 


Mustaqil ish Mavzu: Pentium 4 da kesh xotirani tashkil etish 
 
Protsessorlar har doim xotiraga nisbatan tez ishlagan. Protsessorlar ham, xotira 
ham parallel ravishda takomillashtirilib kelinmoqda. Konveyerli va superskalyar 
arxitekturali, unumdorligi juda katta bo‘lgan protsessorlar ishlab chiqarilmoqda. 
Xotira qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar esa birinchi galda, uning hajmini 
oshirishga harakat qilmoqdalar, tezkorligini emas. Shuning uchun ham 
protsessorlar va xotiralarning ishlash tezliklari orasidagi farq yana ham 
kattalashmoqda. Tezliklarning bunday farqlari tufayli, protsessor xotiraga unga 
kerakli so‘zni o‘qib olish uchun murojaat qilganida, bir nechta mashina sikllarini 
bekor o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelayapti. Xotira protsessorga nisbatan 
qanchalik sekin ishlasa, shunchalik ko‘proq sikllar davomida protsessor uni kutib 
turishi kerak bo‘layapti. 
Bu muammoni hal qilishning bir nechta yo‘llari mavjud ekan. Shulardan biri, 
uncha katta bo‘lmagan hajmga ega, ammo nisbatan ancha tez ishlaydigan
protsessor bilan asosiy xotira orasida joylashgan xotiradan foydalanish ekan (2.6-
rasm). Bunday xotira 
kesh-xotira 
deb ataladi («cacher» - fransuz tilida «yashirish» 
degan so‘zni anglatadi). Kesh- xotirada dastur tomonidan ko‘p ishlatiladigan 
so‘zlar yoki asosiy xotiraning ma’lum bir qismi saqlanadi. Asosiy xotiraning bu 
qismi, o‘sha paytda ishlayotgan dastur tomonidan ko‘proq foydalanilishi mumkin 
bo‘lgan qismi bo‘ladi. Bu 
lokallik tamoili 
deb ataladi (rus tilida – принцип 
локальности).
Buyruqlar va ma’lumotlarni qanday saqlanishiga qarab kesh- xotiraning ikki xili 
mavjud. Buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda saqlanadigan kesh-xotira 
birlashtirilgan kesh-xotira 
deb ataladi (rus tilida - объединенная кэш-память). 
Buyruqlar alohida, ma’lumotlar alohida saqlanadigan kesh-xotira esa 
alohida 
ajratilgan kesh-xotira 
deb ataladi (rus tilida - разделенная кэш-память). Hozirgi 
kompyuterlarda ko‘proq alohida ajratilgan kesh-xotiradan foydalanilmoqda 
[16,17,28]. 


2.6-rasm. Kesh-xotira joylashgan o‘rni. 
Kesh-xotirani qo‘llashning – bir, ikki va uch sathli variantlari mavjud. 2.7-rasmda 
uch sathli kesh-xotiraga ega bo‘lgan tizim keltirilgan. Birinchi sath kesh-xotirasi 
(L1) markaziy protsessor ichida joylashgan bo‘lib, u buyruqlar uchun (L1-I) va 
ma’lumotlar uchun (L1-D) mo‘ljallangan odatda 16 dan 64 Kbayt gacha xajmga 
ega bo‘lgan alohida ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir. Protsessor yonida u bilan 
bitta blokda joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 
Mbayt gacha xajmga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan, buyruqlar ham, ma’lumotlar 
ham birgalikda saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat bo‘ladi. 
Uchinchi sath kesh-xotirasi protsessor joylashgan plataga o‘rnatilgan bo‘lib, u bir 
necha megabayt xajmga ega bo‘lgan statik tezkor xotira qurilmasidan 
(TXQ) 
iborat 
bo‘ladi (rus tilida – статическое оперативное запоминающее устройство - 
ОЗУ).
Statik TXQ dinamik TXQ dan ancha tez ishlaydi. Qoida bo‘yicha birinchi sath 
kesh-xotirasidagi barcha ma’lumotlar, ikkinchi sath kesh- xotirasida, ikkinchi sath 
kesh-xotirasining barcha ma’lumotlari esa, uchinchi sath kesh-xotirasida ham 
yozilgan bo‘ladi. Kesh-xotiraning bir necha xillari mavjud: to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
akslantiriluvchi kesh-xotira (rus tilida – кэш-память прямого отображения) va 
assotsativ kesh-xotira. 
Kesh-xotira — bu buferli, tez harakatlanadigan, foydalanuvchi uchun tegishli 
bo’lmagan xotira bo’lib, sekinroq harakatlanadigan eslab qoluvchi qurilmalarda 
saqlanayotgan ma’lumotlar ustidagi amallarni tezlashtirish uchun kompyuter 
tomonidan avtomatik ishlatiladi. Masalan, asosiy xotira bilan amallarni 
tezlashtirish uchun mikroprosessor ichida registrli kesh-xotira (birinchi darajali 


kesh-xotira) yoki mikroprosessor tashqarisida bosh platada (ikkinchi darajali kesh-
xotira) tashkil etiladi. Diskli xotira bilan amallarni tezlashtirish uchun elektron 
xotira yacheykalarida kesh-xotira tashkil etiladi.
Shuni inobatga olish kerakki, 256 Kbayt kesh-xotira borligi SHK unumdorligini 
taxminan 20 foizga oshiradi.
1. Videomonitor (displey) va videoadapter tipi.
2. Printerning borligi va tipi.
3. Ixcham-disklardagi CD-ROM yig’uvchilarning borligi va tipi.
4. Modemning borligi va tipi.
5. Multimediali audio- videovositalarning borligi va turlari.
6. Matematik soprotsessorning borligi.
KESH uchun qo’llanilayotgan xotira o’z berilganlarini saqlash uchun maydon, satr 
xolatini yorituvchi satr xolatini ko’rsatuvchi (bo’sh, bo’sh emas, to’ldirish uchun 
va x.k.) ga bo’linadi. Asosan keshni tashqil etishini ikki xil sxemasi mavjud: 
turidan turi ifodalash(direct morred), qaysiki xotira xar bir adresi keshlanadi faqat 
bitta qator bilan (bu xolda satr nomeri adresni kichik razryadlari bilan aniqlanadi 
va assotsativ bolangan-n tip (n-way associative)), qaysiki bitta yacheyka adresi bir 
nechta qator bilan keshlanishi. Assotsiativ kesh ancha yuqori.486 va undan yuqori 
protsessorlar yana 8 -16 kb xajmli ichki (Internal) KESHga ega. U bundan tashqari 
Rrimary (birinchi) yoki LI (Level 1- birinchi satr. U tashqi (Externol 1) dan 
tashqari ikklamchi yoki L2. Ko’pchilik mikrop-rotsessorlarda ichki KESH turidan 
yozish sxemasida, Pentium dan va yangi 486 (Intel R 24) va oxirgi DX4 - 100, 
AMD DX4 - 120, 5x 86) larda u qoldirilgan yozuvda ishlashi mumkin.
Ikkinchi xol sistema platadan maxsus yordamga muxtoj, bu yordam xotira va 
KESH o’rtasidagi moslikni taominlash uchun zarur. Pentium Rrr protsessori 
bundan tashqari tiqilgan ikkinchi satx KESH (256 yoki 512 kb xajmli) ga ega.
386 platalarida tashqi KESH bo’lib, xajmi 128 k bayt, 486 uchun 128,. . . 256 
gacha, Pentium uchun esa 256 . . . k bayt 386, 486 va Pentium dan oldingi 
platalarda KESH asinxron SRAM mikrosxemada yiilgan. Xozir oxirgi 
Komppyuterlarda konveyir KESH qo’llanilmokda. Ular RB SRAM mikrosxemada 
yiilgan. Uni ikkinchi nomi sinxron KESH deyiladi. Sinxron KESH larni asosiy 


xotira bilan birga qo’llanishi informatsiya almashinuvini taxminan 15% gacha 
tezlashtiradi. Lekin bu tezlanish faqat katta xajmdagi informatsiyalarni 
uzatishdagina sezilarli bo’ladi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin