“Kompyuter injiniring” fakulteti Kompyuter injiniringi yo’nalishi


Xotira modullarining quyidagi xillari mavjud



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix25.11.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#134317
1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ish Mavzu Pentium 4 da kesh xotirani tashkil etish-fayllar

Xotira modullarining quyidagi xillari mavjud:

SIMM (Single Inline Memory Module) – ulanish nuqtalari bir tomonda 
joylashtirilgan xotira modullari (rus tilida - модуль памяти с 
односторонним расположением выводов);

DIMM (Dual Inline Memory Module - ulanish nuqtalari ikki tomonda 
joylashtirilgan xotira modullari (rus tilida - модуль памяти с 
двухсторонним расположением выводов).
SIMM platalarda bir tomonda joylashtirilgan ulanish nuqtalariga 
(kontaktlarga) ega bo‘lib, bunday modullarda bir taktli siklda ma’lumotlarni 
uzatish tezligi 32 bitni tashkil qiladi.
2.8-rasm. Xotira modullari.
DIMM platalari esa ikki tomonda joylashgan, har birida 84 tadan, jami 168 
ta ulanish nuqtasiga ega. Ushbu xildagi modullarda bir taktli siklda 
ma’lumotlarni uzatish tezligi 64 bitni tashkil qiladi, ya’ni avvalgisidan ikki 
barobar tezkorroq.
Avvalgi SIMM va DIMM modullari tarkibida, har biri 256 Mbit (32 Mbayt) 
xajmga ega 8 ta mikrosxema o‘rnatilgan bo‘lar edi. Bitta xotira modulining 
umumiy xajmi 256 Mbayt ga teng bo‘lib, 1 Gbayt xotiraga ega bo‘lish uchun 
to‘rtta ana shunday modulni asosiy plataga o‘rnatish kerak bo‘lar edi. Keyinchalik 
esa hajmi ikki barobor katta bo‘lgan xotira modullari ham ishlab chiqarila 
boshlandi. 


Raqamli mantiqiy sathda xotiraning tuzilishi va uni tashkil qiluvchi asosiy 
qismlari. 
2.9 - 2.15 rasmlarda raqamli mantiqiy sathda xotiraning qanday 
tuzilganligini va u qanday tashkil tashkil etuvchi asosiy qismlardan iborat 
ekanligini ko‘rsatuvchi chizmalar keltirilgan. 2.9-rasmda tasvirlangan sxema SR-
ilgak (rus tilida – защелка) deb ataladi. U ikkita kirishga ega: S (Setting – 
o‘rnatish) va R (Resetting – olib tashlash). Unda doimo bir-biriga teskari 
qiymatlarni qabul qiluvchi ikkita chiqish signallari mavjud Q va 
.
2.9-rasm . SR-ilgak. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin