inverslamaydigan kirishga berilsa, u holda chiqishdagi signal kirish signali bilan bir xil
fazada bo„ladi.
Okda ikki qutbli (±3 V... ±20 V) kuchlanish manbai qo„llaniladi. Bu manbalarning
ikkinchi qutblari, odatda, kirish va chiqish signallari uchun umumiy shina bo„lib
hisoblanadi va ko„p hollarda Okga ulanmaydi.
Oklar o„z xususiyatlariga ko„ra ideal kuchaytirgichlarga yaqin. Oklar rivojlanishning
uch bosqichidan o„tdilar.
Birinchi bosqichda
universal Oklar ishlab chiqilgan. Birinchi avlod OKlari
n – p – n
turli tranzistorlar asosida uch kaskadli tuzilma sxemasi bo„yicha qurilgan bo„lib, ularda
yuklama sifatida rezistorlar qo„llanilgan. Bunday Oklarga K140UD1 va K140UD5
turdagi kuchaytirgichlar kiradi. Bu Oklarning asosiy kamchiligi uncha katta bo„lmagan
kuchaytirish koeffitsienti (
K
U
= 300†4000) va kichik kirish qarshiligi (
R
KIR
≈ 4 kOm)
edi.
Ikkinchi bosqich Oklarida bu kamchiliklar yo„qotilgan, chunki ular ikki kaskadli
sxemalardan tuzilgan. Tok bo„yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo„lgan
tarkibiy tranzistorlar qo„llash va yuklamadagi rezistorlarni
dinamik yuklamalarga
almashtirish yo„li bilan xarakteristikalarning yaxshilanishiga erishilgan. Barqaror tok
generatorlari dinamik yuklamalar bo„lib, ular o„zgaruvchan tokka nisbatan katta
qarshilik qiymatini ta‟minlaydilar. Ikkinchi avlod ba‟zi
Oklarida kirish kaskadi p – n
o„tish bilan boshqariladigan
n – kanalli Mtlar asosida differensial sxema bo„yicha
bajarilgan. Bu holat OK kirish qarshiligini oshirishga imkon berdi. Ikkinchi avlod
integral Oklariga K
U
= 45000 bo„lgan K140UD7 turdagi kuchaytirgich kiradi. Uning kamchiligi –
tezkorligining chegaralanganligi.
Uchinchi bosqich Oklari bir vaqtning o„zida
yuqori kirish qarshiligi, katta
kuchaytirish koeffitsienti va yuqori tezkorlikka ega. Bunday Oklarning o„ziga xosligi
shundaki, ularda tok bo„yicha juda katta kuchaytirish koeffitsienti (
β= 10
3
† 10
4
) ga ega
bo„lgan tranzistorlar qo„llanilgan. Uchinchi avlod integral Oklariga K140UD6
turdagi
kuchaytirgichlar kiradi. To„rtinchi avlod (maxsus) Oklarining ba‟zi parametrlari rekord
qiymatlarga ega. Ularga, masalan, kuchlanish bo„yicha juda katta kuchaytirish
koeffitsienti (
K
U
= 10
6
) ga ega bo„lgan K152UD5 turdagi, chiqish kuchlanishining
ortish tezligi yuqori (75 V/mksdankatta) bo„lgan K154UD2 turdagi va kichiki ste‟mol
toki (0,5 mAdankam) ga ega bo„lgan K140UD12 turdagi Oklar kiradi.
OKlarga inersiyasiz rezistiv (chiziqli) teskari aloqali zanjirlarning ulanishi.
(ОК) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo„ljallangan,
differensial kuchaytirish
prinsipiga asoslangan, kuchlanish bo„yicha katta kuchaytirish
koeffitsiyentiga ega bo„lgan (КU=104†106) integral o„zgarmas tok kuchaytirgichiga
aytiladi. Bunday amallarga qo„shish, ayirish, ko„paytirish, bo„lish,
integrallash,
differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar
analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko„paytirish, chastotani filtrlash,
generatsiyalash, signallarni barqarorlashda qo„llanilib kelmoqda.
Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA
zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni)
bajaradilar.
Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi.
OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi ko„rsatilgan bo„lib, uning
tarkibidagi
ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi tahrirlovchi elementlar
ko„rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi ko„rsatilgan. Sxemada kuchlanish
manbaiga ulanish elektrodlaridan tashqari, kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik
ACHX ko„rinishini shakllantiruvchi chastotani korreksiyalovchi elektrodlar ham
ko„rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: