Nazariy qism
Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta
ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir
hil turdagi
axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi
model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir
hil turdagi (kitoblarni) obyektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar
yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar
saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil
qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib
aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat
ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.
TOPSHIRIQ
“SAMTUIT “ ma’lumotlar bazasi uchun jadval yaratish.
Jadval yaratish uchun avvalo uni chaqirish
lozim create table kalit
so’z yordamida chaqirib olamiz. Bizga shart bo’yicha
“SAMTUIT” nomli
jadval so’ralgan.
Biz unga tegishli integer turdagi character turdagi ma’lumotlarni
kiritamiz.
Pastda create table degan yozuv chiqdi chunki jadval yaratildi.
Jadval yaratilganini yana bir bor tekshirish uchun
select * from
SAMTUIT kalit so’zidan foydalaniladi.
Jadval hosil bo’li endi unga ma’lumotlar kiritilishi kerak.
Ma’lumotlar kiritish uchun esa
insert into SAMTUIT values kalit
so’zidan foydalanamiz va unga
int turdagi char turdagi
ma’lumotlarimizni kiritamiz.
Jadvalimizga ma’lumot kirilganligini tekshirish uchun yana select *
from SAMTUIT kalit so’zidan foydalaniladi.
Keyingi ma’lumotlarni ham yana insert into SAMTUIT values kalit
so’zi ichiga ma’lumotlar yoziladi. Bu holat istagancha
davom ettirilishi
mumkin.