KOMPYUTER TARMOQLARI
Telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semestr
2- Ma'ruza
2.1. Kompyuter
tarmoqlarining
standart
texnologiyalari. Simli va simsiz tarmoq
texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3,
802.11, 802.15, 802.16) standartlari
2.2. Mobil
tarmoqlarining
standartlari,
zamonaviy
tarmoqni
loyihalash
dasturlari
2.1. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va simsiz
tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16)
standartlari
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga
bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir.
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi
jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintakaviy va lokal (maxalliy)
tarmoqlar farqlanadi.
Qo’llaniladigan dasturiy ta`minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki xil
asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko’pgina
foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo’lgan bosh komp`yuter resurslarini
taqdim etishga mo’ljallangan. U ‘fayl-server’ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning
asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki
ma`lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy
turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko’p bo’lishi kerak,
chunki undan ko’pgina komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl -
serverlar
bo’lishi
mumkin.
Tarmoqdan
foydalanuvchilarning
birgalikda
foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab o’tish
mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server
resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat
beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy
qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server orasidan
murojaat qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta
bo’lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta`minoti
resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni qaytaishlash
va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga mo’ljallangan. “Klient-
server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo’linmadan iborat: Serverning dasturiy
ta`minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta`minoti. Bu tizimlar ishi
quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining komp`yuterida
bajariladi va umumiy kirish komp`yuterida ishlaydigan dastur - serverga so’rov
jo’natiladi. Ma`lumotlarning asosiy kismini qayta ishlash kuchli server tomonidan
amalga oshiriladi, foydalanuvchi komp`yuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari
yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10
Gigabayt va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida
klient-server arxitekturasi (ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni
saqlash va qayta ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari,
elektron pochta serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining
mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob
olish uchun so’rash imkonini beradi.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar
tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar
kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni
territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish
mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy)
tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan
abonentlarni birlashtiradi.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda,
radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki
iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni
birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni
birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror
korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi
mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani
tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan,
ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin ravishda
birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini
bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta
imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy
abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi
adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng
so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar
bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy
tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Bunday tamoyillar asosida kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalarini
tavsiflash mumkin (2.1.-rasm).
2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi
Dostları ilə paylaş: |