global tarmoqlar vaqtning har momentida faqat bitta analog shakldagi
so’zlashuvchi uzatishga qodir bo’lgan tonal chastota kanallari asosida qurilgan.
Global kompyuter tarmoqlari rivojlanishi ko’p
jihatdan Telefon tarmoqlari
rivojlanishiga bog’liq bo’ldi. 60-yillar oxiridan telefon tarmoqlarida ovozni
raqamli ko’rinishda uzatish keyinchalik ATS va foydalanuvchilarni ulovchi, bir
vaqtda o’nlab va yuzlab so’zlashuvlarni uzata oluvchi yuqori tezlikli raqamli
kanallar paydo bo’lishiga olib kelgan. Birlamchi, ya’ni asos tarmoqlar uchun
plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous
Digital Hierarchy, PDH), ishlab
chiqildi.
Avvaliga PDH texnologiyasi 140 Мbit/s tezlikda ishlagan. Lekin 80-yillarda
sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) paydo bo’ldi va
raqamli kanallar tezligi diapazonini 10 Gbit/s tezlikkacha kengaytirdi, spectral
multiplekslash texnologiyasi (Dese Wave Division Multiplexing, DWDM) esa –
yuzlab gigabitdan xatto sekundiga bir necha terabitgacha.
Hozirda global tarmoqlar ko’rsatilayotgan servislar xilma-xilligi va sifati
bo’yicha ancha keyin yaralgan bo’lsada bu borada uzoq vaqt peshqadam bo’lgan
lokal tarmoqlar bilan raqobalasha oladilar.
Lokal tarmoqlar
Lokal tarmoqlar (Local Area Networks, LAN) – katta bo’lmagan hududda,
odatda 1-2 km radius atrofida, joylashgan kompyuterlar birlashmasidir. Umumiy
olganda lokal tarmoq bir tashkilotga tegishli bo’lgan kommunikatsiya tizimidir.
Hisoblash texnikasi foydalanuvchilarining ehtiyojlari ortib bordi. Ularni endi
o’z kompyuterlarida boshqalardan uzilgan holda
ishlash qoniqtirmay qoldi, ular
boshqa bo’limdagi foydalanuvchilar bilan avtomat rejimda kompyuter
ma’lumotlarini almashishni istashardi. Shunday qilib tashkilotning ichki lokal
tarmoqlari vujudga keldi.
Avvaliga kompyuterlar bir-biri bilan standart bo’lmagan dasturiy-apparat
vositalari yordamida ulangan. Aloqa liniyasida o’z ma’lumotni taqdim etish usuli,
o’ziga xos kabeldan foydalaniluvchi turli xildagi ulash qurilmalari faqatgina qaysi
modeldagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan bo’lsa, shu turdagi
kompyuterlarni ulashi mumkin bo’lgan, masalan PDP-11 mini-kompyuterini IBM
360 meynfreymi bilan yoki "NAIRI" kompyuterlarini "DNEPR"kompyuterlari
bilan.
80-yillar o’rtalarida lokal tarmoqlardagi holat keskin o’zgara boshladi.
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishning standart texnologiyalari tasdiqlandi -
Ethernet, Arcnet, Token Ring, Token Bus, biroz keyinroq esa - FDDI.
Ularning
paydo bo’lishiga shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi katta turtki bo’ldi. ShK lokal
tarmoqlarda nafaqat mijoz kompyuterlar sifatida, balki ma’lumotlarni saqlash va
qayta ishlash markazlari, ya’ni tarmoq serverlari sifatda avvalgi mini-kompyuterlar
va meynfreymlarni siqib chiqara boshladi.
90-yillar oxirida klassik Ethernet 10 Mbit/s, Fast Ethernet 100 Mbit/s va
Gigabit Ethernet 1000 Mbit/s ni o’z ichiga olgan Ethernet oilasi lokal
texnologiyalarining lideri ekani yaqqol namoyon bo’ldi.
Ma’lumotlar jo‘natish usullaridagi yaqinlashuv, optik-tola aloqa liniyalari
bo‘yicha ma’lumot jo‘natishning raqamli platformasida o‘tkaziladi. Raqamli
kanallarning yuqori sifati, global kompyuter tarmoqlari protokollariga bo‘lgan
talablarni o‘zgartirdi. Global tarmoqlarning frame
relay va ATM kabi yangi
texnologiyalari paydo bo‘ldi. Bu tarmoqlarda bitlarning yedirilishi shunchalik
kamligi uchraydiki, hatto xato paketni yo‘qotish va uni yo‘qotish bilan bog‘liq
barcha muammolarni esa, frame relay va ATM tarmoqlari tarkibiga bevosita
kirmaydigan yuqori darajadagi dasturiy ta’minotga qayta topshirish samaraliroqligi
tahmin qilinyapti.
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga, IP protokolining ustuvorligi
katta hissa qo‘shdi. Bu protokol bugungi kunda lokal va global tarmoqlar
texnologiyalaridan ustun bo’lib Ethernet, Token Ring, ATM, frame relay- turli
quyi tarmoqlardan bitta tarkibiy tarmoq yaratish uchun ishlatilib kelinmoqda.
Tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan 90-yillar kompyuter global
tarmoqlari, o‘z xizmat to‘plamlarini kengaytirdi va bu borada lokal tarmoqlarga
yetib oldilar. Multimediya nomini olgan barcha ma’lumotlar – surat, videofilm,
ovoz va boshqalar kabi real vaqtda foydalanuvchiga katta hajmdagi ma’lumotlarni
yetkazib berish bilan bog‘liq ishlarni bajaruvchi xizmatlarni yaratish imkoni
tug‘ildi. Yaqqol misol - bu asosan Internetga ma’lumotlarni jo‘natuvchi bo‘lib
qolgan World Wide Web gipertekst ma’lumot xizmatidir.
Lokal va global tarmoqlar yaqinlashuvi ko‘rinishlaridan biri, lokal va global
tarmoqlar orasidagi oraliq holatni egallovchi katta shahar masshtabidagi
tarmoqlarning paydo bo‘lishi hisoblanadi. Shahar tarmoqlari
yoki megapolislar
tarmog‘i (Metropolitan Area NetWorks, MAN) yirik shahar hududiga xizmat
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. MAN turidagi zamonaviy tarmoqlar, o‘z
mijozlariga har xil turdagi kommunikatsiya vositalari, shu jumladan ofis ATSlarini
birlashtirish imkonini beruvchi xizmatlar xilma xilligi bilan ajralib turadi.
2.2-rasmda lokal hisoblash tarmoqlari (LAN), shahar (MAN) va global
tarmoqlar (WAN) uchun ishlatiladigan alternativ kirish texnologiyalari orasidagi
raqobatning asosiy qismlari ko‘rsatilgan.
2.2.-rasm. Simsiz va mobil texnologiyalari konvergensiyasi
Kabel tarmoqlari bo‘yicha Internetga kengpolosali kirish va Wi-Fi birikmasi,
hamda PSTN mis simlari bazasida DSLdan foydalanish, infratuzilmani- uyda,
ofisda, jamoat xotspotlari aeroport, vokzal, mehmonxona, restoran, kafe va boshqa
joylarda Internetga simsiz ulanish bilan ta’minladi.
3-avlod tarmoqlari (3G) Internetga
xohlagan joydan ulanish uchun, Wide
Area Networks(WAN) tarmoqlarini yaratish imkonini beradi va an’anaviy ovoz
xizmatlari takliflarini kengaytiradi.
Mobil va o‘tkazish tarmoqlari konvergensiyasi jarayoni, yuqori hisoblash
quvvati bo‘lgan va o‘rtacha narxda Internetga chiqish uchun simsiz texnologiyalar
to‘plamiga ega bo‘lgan mobil telefonlar va KPK, noutbuk kabi boshlang‘ich
iste’molchilar uchun portative vositalarni rivojlantirish bilan kuzatildi.
Internet orqali ovozli telefoniya (VoIP) an’anaviy telefoniya bilan
raqobatlasha boshladi.
Internetga kengpolosali ulanish, qayd etilgan an’anaviy telefon aloqasiga
raqobatchi xizmat hisoblanadi. Simsiz kengpolosali ulanish (WBA) texnologiyalari
mobil tarmoqlari bilan xususiy va jamoat binolarida, hamda,
shahar tarmoqlari
darajasida raqobatlashadilar.
Dostları ilə paylaş: