Kremniyli bulutlar kenja sinfi, silicispongia Bu kengja sinf o‘z ichiga agglyutinlangan yoki sekretsion kremniyli skeletli va skeletsiz bulutlarni o‘z ichiga oladi.Kremniyli bulutlar kengja sinfi spikulasining shakli va skelet panjarasining tuzilishiga qarab 4-6 ta turkumga bo‘linadi.
T rixonida turkumi, yoki Hexacitellida- yakka hamda koloniya holda yashovchi uch o‘qli – 6 nurli spikuladan tuzilgan. Hamma o‘qlari bir –biriga nisbatan perpendikulyar joylashgan. Bu diktional panjara deyiladi. Bu panjaralar qo‘shimcha bo‘limlar bilan murakkablashgan. Zamonaviy triaksonidlar suvi normal sho‘rlikdagi havzalarda hayot kechiradi. Dengiz tubida yopishib yoki erkin yotgan holda yashaydi (500 –1000m). Kembriy davridan to hozirgacha yashaydi.
2-rasm. Trixonida (R?, V-Q). a — Ventnculites (K;); 6— Etheridgea (K2); v — Coeloptychium (K); Tetraxonida turkumiga yakka va koloniya holda yashovchi, to‘rt o‘qli – to‘rt nurli yoki bir o‘qli ikki nurli spikulasi bo‘lgan bulutlar kiradi. Ularda spikulalar litistid panjaralar hosil qiladi. Bunday panjarali bulutlar tosh bulutlar guruxiga kiradi. Ular ham boshqa bulutlar kabi suvning sho‘rligi normal bo‘lgan, 600m gacha chuqurlikda yashaydi. Bentos (yopishib yashovchi, burg‘ilovchi) hayot kechiradi (ilionidae). Kembriydan hozirgacha maʼlum.
6
3-rasm. Tetraxonida (R? V-Q). a -b; Astyfospongia (Og‘-S): g- ye — Siphonia (K2). Ohakli bulutlar kenja sinfi Caleispongia. B u kenja sinf spikulalari bir o‘qli, uch o‘qli – uch nurli, to‘rt o‘qli- to‘rt nurli bo‘lgan yakka va koloniya holda yashovchi bulutlarni o‘z ichiga oladi. Ular sho‘rligi normal havzalarda 0 – 30 m dan 200 m gacha chuqurlikda, yaʼni sublitoral zonada yashaydi. Yopishib oluvchi bentos. S?- D davridan hozirgi davrgacha maʼlum.
4-rasm. Calcispongia (S?, D-Q). b- Monotheies (K); v - Stellispongia (R?, T-K); g, d - Peronidella (T-K):