Rux keklarini vels pechda kuydirish Velslanayotgan xom-ashyoning qanaqaligidan qat’iy nazar, velslash pechini shartli ravishda bir necha zonaga bo‘lish mumkin. Birinchi zona – shixtani qizdirish va quritish – uzunligi velslash pechi shixta yuklanish tomonidan 12-17 metrhisoblanadi. Bu zonada erkin va gidratlar ko‘rinishida bog‘langan namlik yo‘qotiladi va shixta kimyoviy reaksiyalar boshlanadigan haroratgacha qizdiriladi.
Ikkinchi zona – sulfatlarning qaytarilishi – pechning 17 metridan 25 metrigacha joylashadi. Mana shu zonada sulfatlarning 94,3 %i parchalanadi. Bundan tashqari bu zonada ruxning 20-21% bug‘lanadi. 30% atrofidagi uch valentli temir, ikki valentli holgacha, 13% esa metallik holatigacha qaytariladi.
Uchinchi zona – ruxning bug‘lanish zonasi – pechning 25 metridan 40 metrigacha joylashgan. Bu zonada rux oksidining intensiv qaytarilishi kechadi va 70%gacha rux bug‘lanadi. Tajribalar ko‘rsatishicha, ruxning bug‘lanish intensivligi, ruxning shixtadagi konsentratsiyasiga emas, birinichi o‘rinda – shixta haroratiga bog‘liq.
To‘rtinchi zona – klinkerning shakllanishi zonasi hisoblanib, pechning 40-50 metrida joylashgan bo‘ladi. Klinker shakllanishi zonasida bug‘lanish jarayonlari sekin-asta to‘xtaydi va Fe ning qaytarilishi davom etadi. Bu zonada, sarflanayotgan O ning 70% atrofidagi qismi S ning yonishi uchun sarflanadi.
Rux birikmalarining ta’siri
SHixtani qizdirish va quritish zonasi oxirida karbonatlar dissotsiyasi kuzatiladi. Rux karbonatining parchalanishi 1400S boshlanadi,4400S da esa jarayon tugaydi:
ZnCO2 = ZnO + CO2 – 59,84 kDj/mol (1)