Konserva mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va ovqatlik qimmati



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə15/66
tarix25.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#134487
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66
maruza

Qaymoq
Qaymoq separatorlar yordamida sutni qaymoq va yog‘siz sutga ajratish jarayonida olinadi.
Sut 45—50°C gacha qizdirilib separatsiyalanadi, chunki yuqori harorat sutning qovushqoqligi pasayishini ta’minlaydi. Separator ish rejimini va sutning haroratini o‘zgartirib turli yog‘lilikka ega bo‘lgan qaymoqlarni olish mumkin.
Iste’mol qilish uchun 10, 20 va 35% li yog‘lilikka ega bo‘lgan pasterizatsiya qilingan qaymoqlar ishlab chiqariladi. Bu xil qaymoqlar oq, oq-qo‘ng‘ir tusli, shirin, pasterizatsiya hidi va ta’mi sezilib turadigan, bir xil konsistensiyali bo‘ladi.
Qaymoqning tarkibida yog‘dan tashqari 2,5—3,4% oqsil, 3,0—4,2% laktoza, 0,4—0,6% mineral moddalar ham mavjud. Qaymoqning tarkibida yog‘ miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, boshqa tarkibiy qismlari shunchalik kam bo‘ladi (11-jadval).
Qaymoqning asosiy qismi smetana va sariyog‘ ishlab chiqarishga, yog‘liligi 10% va 20% bo‘lgan qaymoq esa bevosita iste’molga yuboriladi. Qaymoqni kuvlash vaqtida ko‘pik hosil qilish hisobiga hajmining ortishi xususiyatidan qandolatchilik sanoatida foydalaniladi.

10, 20 va 35% li qaymoqning tarkibi



%
,
g
£

Oqsil, %

Kislota, %

Laktoza,
%

Suv, %

Harorati,
°C

10

3,1

19

4,4

81,9

10

20

2,8

18

3,8

72,8

10

35

2,4

17

3,2

58,9

10

Qaymoq sarg‘ish-oq rangda bo‘lishi kerak. Konsistensiyasi bir jinsli, yog‘ va oqsil qumoqlarisiz, ta’mi biroz shirinroq, pasterizatsiyalanish ta’miga ega, toza bo‘lishi kerak. Aniq sezilib turgan yem-xashak, achchiq, kuygan, mog‘orlagan va boshqa ta’mlarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin