12-Mavzu: Yuvinish xonalari va cho'milish xavzalarini bolalar salomatligiga mosligi
Bolalar tabiat qo‘ynida, oromgoxlarda mazza qilib dam oladigan mavsum ham keldi, ular orziqib kutgan yozgi ta’til kunlarini maroqli va qiziqarli o‘tishiga albatta, biz kattalar mas’ulmiz. Cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning aksariyati xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslikdan ro‘y beradi. Shuning uchun bolalarimizga xavfsizlik qoidalarini har doim o‘rgatib borishimiz zarur. Cho‘milish, suvda suzish doimo ayrim xavf-xatar bilan bog‘liq, lekin buning oldini olish mumkin.
Buxoro shaxridagi “Atlantis pool” suzish havzasida ko‘l, kanal, anhor, soy, sun’iy suv havzalari va gidroinshootlar atrofida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan havzalarda cho‘milish qoidasi––salomatlik va xavfsizlik garovi mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda shahar sanitariya va epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, mahallalar, tibbiyot birlashmasi hamda xalq ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari qatnashdilar. Amaliy seminardan maqsad – avvalo noxush holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarimizda cho‘milish qoida va ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, ruxsat etilmagan joyda cho‘milmaslik, notanish joylarda sho‘ng‘ish, oqimga qarshi suzish juda xavfli.
[metaslider id=2874 cssclass=»»]
Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi komandiri, podpolkovnik Gʻ. Safoyev shaxsiy tarkib tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar, hududda yuz bergan noxush voqealar xususida tushuncha berdi. Seminar qatnashchilariga g‘avvoslar kiyimi namoyishi amaliy tarzda ko‘rsatilib, ochiq havzalarda cho‘milish qoidalari mavzusida kinofilm namoyish etildi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan g‘avvoslarning shartli ravishda suvda cho‘kaytgan bolani qutqarish hattiharakati namoyish qilindi. Ishtirokchilarga “Cho‘milish qoidalariga rioya qilish” bo‘yicha materiallar, bukletlar tarqatildi.
Dostları ilə paylaş: |