Smorodina (qorag’at). Rangi bo’yicha smorodina qora, qizil va oq rangli bo’ladi. Shulardan eng qimmatlisi va ko’p tarqalgan qora smorodina hisoblanadi.
Smorodina (qorag’at). Rangi bo’yicha smorodina qora, qizil va oq rangli bo’ladi. Shulardan eng qimmatlisi va ko’p tarqalgan qora smorodina hisoblanadi.
Qora smorodina tarkibida qand (5—11%), organik kislotalar (2—4%), pektin moddalari (1,0—2,5%), oshlovchi moddalar (0,3—0,5%) va vitaminlar bo’ladi. Hech bir meva askorbin kislotasi (C vitamini) miqdori bo’yicha qora smorodina bilan tenglasha olmaydi. Qora smorodinada C vitamini 200—400 mg % ni tashkil etib, uning shifobaxshlik xususiyatini ta’minlaydi.
Qizil va oq smorodina ozuqaviy qiymati bo’yicha qora smorodinadan pastroq, ulardan sharbat va vino mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Кrijovnik Mevalarning shakli dumaloq, chuzinchoq, o’lchami bo’yicha mayda, urta va yirikroq bo’ladi. Кrijovnikdan murabbo, marmelad, sharbat kabi mahsulotlar tayyorlashda foydalaniladi. Кrijovnik mevasi tarkibida 10% gacha qand, 0,6—1,6% pektin moddalari, 2% gacha organik kislotalar, 20—50 mg % gacha S vitamini va boshqa vitaminlar bor.
Qulupnay. Mevasining shakli konussimon - chuziq, rangi to’qbinafsha qizil, mevasi yertutdan maydaroq bo’ladi. Qulupnay yoqimli xushbo’y hidga ega ekanligi bilan boshqa rezavor mevalardan ajralib turadi va undan yuqori sifatli murabbo tayyorlash mumkin.

Malina. Malina xonaki (bog’da ekiladigan) va yovvoyi holda o’sadi. Rangi bo’yicha malina asosan qizil, sariq va qora rangli bo’ladi. Bog’da o’sadigan malina mevasi tarkibida qand (10% gacha), organik kislotalar (2% gacha), pektin moddalari va vitaminlar (C, B1, B2, PP, karotin) bo’ladi. Malina ho’l meva sifatida iste’mol qilinadi va undan murabbo, jele, sharbatlar tayyorlanadi. Malinadan tayyorlangan murabbo va qiyomlarni shamollaganda dori sifatida foydalanish mumkin.