Lipidlar (yun.lipos — yogʻ) — barcha tirik hujayralar tarkibida boʻladigan yogʻsimon moddalar. Tirik organizm hayot faoliyatida L. muhim ahamiyatga ega. L. biologik membrananing asosiy komponentlaridan biri boʻlib, hujayralarning oʻtkazuvchanligiga, koʻpgina fermentlarning faolligiga taʼsir koʻrsatadi, nerv impulsini uzatishda, muskullar qisqarishida, hujjatlararo kontaktlarni yuzaga keltirishda va immunokimeviy jarayenlarda qat-nashadi. L.ning yana bir funksiyasi energiya rezervi, hayvon va oʻsimliklarda suv qochiruvchi himoya va termoizolyasiya qoplamasi hosil qilish, shuningdek, turli organlarni mexanik taʼsirlardan saqlashdan iborat.
Koʻpchilik L. yuqori yogʻ kislotalari, spirtlar yoki aldegidlarning hosilalaridir. Kimyoviy tarkibiga koʻra, L. bir necha sinfga boʻlinadi. Oddiy L. yogʻ kislotalari (yoki aldegidlar) va spirtlar qoldigʻidan tarkib topgan moddalardan iborat. Bularga yegʻlar (triglitseridlar va boshqa tabiiy glitseridlar), mum (yogʻ kislotalari va yogʻ spirtlari efirlari) va diol L. (yogʻ kislotalari va etilenglikol yoki b. ikki atomli spirtlar efirlari) kiradi. Murakkab L. ortofosfat kislota hosilalari (fosfolipidlar) hamda qand qoldiqlari (glikolipidlar)dan tarkib toptan moddalardan iborat. Murakkab L. molekulalarida koʻp atomli spirtlar — glitserin (glitserin-fosfatidlar) yoki sfingozin (sfingolipidlar) ham boʻladi. Koʻpchilik L. sirt faol moddalar hisoblanadi. L. organizmda lipazalar taʼsirida fermentativ gidrolizga uchraydi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan yogʻ kislotalar (adenozintrifosfat kislotalar — ATF) va koferment A bilan taʼsirlashib faollashadi, soʻngra oksidlanadi. KoʻpchilikL. hujayralarda oqsillar bilan kompleks murakkab moddalar (lipoproteidlar) holida boʻladi.
Lipidlar ekstraksiya usuli bilan olinadi. Oziq-ovqat sifatida, tibbiyotda kasallarni davolashda xdmda turli sanoat tarmoqlarida ishlatiladi
Lipidlar ularning har ikkala tuzilishi va funktsiyalari juda xilma-xil. Lipitlar oilasini tashkil etadigan bu turli xil birikmalar suvda erimagani uchun shu qadar guruhlangan. Ular boshqa organik erituvchilar, masalan, eter, aseton va boshqa lipidlarda ham eriydi. Lipidlar tirik organizmlarda turli xil muhim funktsiyalarni bajaradi. Ular kimyoviy xabarchilar sifatida harakat qilishadi, qimmatbaho energiya manbai bo'lib xizmat qiladi, izolyatsiyani ta'minlaydi va membranalarning asosiy tarkibiy qismidir. Asosiy lipid guruhlari tarkibiga kiradiyog'lar, fosfolipidlar, steroidlar, vamumlar.
Lipidlar, birikmalar sinfi sifatida suvda erimaydi, lekin boshqa organik erituvchilarda eriydi. Bunday erituvchilarga misollar: aseton va eter.