yig'ish - vujud tomonidan zahiradagi ozuqa moddalari sifatida foydalaniladi.
himoya qilish - tananing issiqlikni saqlab qolishiga (issiqlik izolatsiyasi, ya'ni hipotermiyadan himoya qilish) va hayvonlarning va o'simliklarning organlarini zararli ta'sirlardan (amortizatsiyaning) ta'siridan himoya qilish.
gormonal (tartibga solish) - tananing fiziologik vazifalarini tartibga solishda ishtirok etish, chunki Ba'zi lipidlar gormonlardir.
tizimli - hujayra ichidagi tuzilmalar, to'qimalar va organlarning bir qismidir.
suv manbai (1 g yog '1.07 g suv hosil bo'lganda).
Efirlar, oddiy efirlar Ikki molekula spirtdan bir molekula suv ajralishi natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarga efir deyiladi.
Efirlarning umumiy formulasi R – O – R|, efirlar molekulasidagi radikal R| ning xususiyatiga qarab uch hilga bo’linadi :
Agar ikkala radikal ham (R va R|) uglevodorod radikallaridan (alifatik radikallar) tuzilgan bo’lsa oddiy efirlar deyiladi.
Agar R| - anorganik kislotalar qoldig’I : - NO2- – nitrat, NO – nitrit, SO3H – sulfat, PO3H2 – fosfat kislota qoldig’I va boshqalar bo’lsa, anorganik kislotalarning murakkab efirlari deyiladi.
Agar R| - organik kislotalar qoldig’I bo’lsa, organik kislotalarning murakkab efirlari deyiladi.
Oddiy efirlar : uglevodorod radikallari o’zaro bir – biri bilan kislorod atomi orqali bog’langan organik birikmalarga oddiy efirlar deyiladi.
Odiy efirlarni H – O – H suvdagi ikkita vodorod atomlariga bir xil yoki har xil alifatik radikallarning almashinishidan hosil bo’lgan maxsulotlar deb qarash mumkin.
Agar radikallar bir xil bo’lsa , oddiy efirlarni umumiy formulasi R-O-R, agar har xil bo’lsa R –O –R| boladi.
Masalan : CH3 – O –CH3 – dimetil efir, CH3 – O – C2H5 metil etil efir deyiladi.
Oddiy efirlarni nomlashda harakterli qo’shimcha bo’lmaydi.
Oddiy efirlarning nomlari uni hosil qiladigan radikallarning nomlardan tuziladi. Bunda birinchi bo’lib oddiy radikal nomlanadi.
Masalan :
Agar oddiy efirlardan har ikkala radikal ham bir xil bo’lsa, “di” old qo’shimchasini qo’shish shart emas :
oddiy efirlar bir xil sondagi uglerod atomlari bo’lgan bir atomli spirtlar bilan izomer bo’ladi :
Olinishi : oddiy efirlar tabiatda uchramaydi. Ular faqat sun’iy usulda olinadi. Oddiy efirlarni olishni eng qulay usullaridan spirtlarni konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida digidratatsiyalab olinadi :
Galogen alkillarga alkogolyatlarni ta’sir ettirib olinadi :
Galogen alkillarga kumush oksidi ta’sir ettirib ham oddiy efir olinadi :
2C2H5Cl +Ag2O →C2H5 –O –C2H5 + 2AgCl↓